Dorilarning o'zaro ta'siri
Flukonazolni varfarin bilan qo‘llashda protrombin vaqti 12% ga oshgani kuzatilgan. Shu munosabat bilan, preparatni kumarinli antikoagulyantlar bilan birga qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Bir vaqtda qo‘llanganda flukonazol peroral gipoglikemik preparatlar – sul’fonilmochevina hosilalari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) ning T1/2 ni oshiradi. Flukonazol va peroral gipoglikemik preparatlarni birga buyurish mumkin, biroq gipoglikemiya rivojlanish ehtimoli hisobga olinishi lozim.
Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo‘llash fenitoin konsentratsiyasining klinik ahamiyatli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, ushbu preparatlarni birga qo‘llash zarur bo‘lsa, fenitoin konsentratsiyasini monitoring qilish va uning dozasini plazmadagi terapevtik konsentratsiyani ta’minlash maqsadida tuzatish lozim.
Flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qo‘llashda “konsentratsiya-vaqt” (AUC) ostidagi maydon 25% ga kamayadi va flukonazolning plazmadan T1/2 si 20% ga qisqaradi. Shu sababli, rifampitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda flukonazol dozasini oshirish tavsiya etiladi.
Flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda qonda siklosporin konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki flukonazol va siklosporin birga qo‘llanganda, buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda flukonazolni 200 mg/kun dozada qabul qilish siklosporinning plazmadagi konsentratsiyasining sekin oshishiga olib keladi.
Teofillin yuqori dozada qabul qilayotgan yoki teofillin intoksikatsiyasi rivojlanish ehtimoli bo‘lgan bemorlar teofillin dozasi oshib ketishining erta belgilari aniqlanishi uchun kuzatuvda bo‘lishi lozim, chunki flukonazolni bir vaqtda qabul qilish teofillinning plazmadan o‘rtacha klirens tezligini kamaytiradi.
Flukonazol va terfenadin yoki tsizapridni bir vaqtda qo‘llashda yurak tomonidan nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan qorinchalarning taxikardiyasi paroksizmlari ("piruet" tipidagi aritmiyalar) holatlari tasvirlangan.
Flukonazol va rifabutin o‘zaro ta’siri haqida xabarlar mavjud bo‘lib, bu rifabutinning zardobdagi darajasining oshishi bilan kechadi. Flukonazol va rifabutinni birga qo‘llashda uveit rivojlanish holatlari tasvirlangan. Rifabutin va flukonazolni birga qabul qilayotgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish zarur.
Flukonazol va zidovudin birga qo‘llanganda zidovudinning plazmadagi konsentratsiyasi oshadi, bu esa uning metabolitga aylanishining kamayishi bilan bog‘liq.
Flukonazolni midazolam bilan birga qo‘llashda psixomotor effektlar xavfi, takrolimus bilan birga qo‘llashda esa nefrotoksiklik xavfi oshadi.
Flukonazolni tsizaprid, rifabutin yoki sitoxrom R450 tizimi orqali metabolizatsiyalanadigan boshqa preparatlar bilan birga qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Davolash kliniko-gematologik remissiya paydo bo‘lguncha davom ettirilishi kerak, chunki uni erta to‘xtatish relapslarga olib keladi.