-
Tarkibi
1 ml tarkibida:
Faol modda: temir(III) gidroksid saxaroza kompleksi (temir (III) hisobida 20 mg);
Yordamchi modda: natriy gidroksid pH 10,5-11,1 gacha; inyektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Tavsifi: cho‘kmasiz, shaffof, qizg‘ishdan qizg‘ish-jigarrang ranggacha bo‘lgan eritma, ta’mi shirin.
-
Qo'llanilishi
· temir tanqisligi holatlari (jumladan, temir tanqisligi va o'tkir postgemorragik anemiya) bemorlarda temirni tezda to'ldirish zarur bo'lganda;
· og'iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlarini ko'tara olmaydigan bemorlarda;
· temir preparatlarini og'iz orqali qabul qilish mumkin bo'lmagan me'da-ichak trakti kasalliklarida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni qo‘llash quyidagi hollarda kontraindikasiyalangan:
· anemiya temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq emas;
· temir ortiqchaligi (gemosideroz, gemoxromatoz) yoki uning utilizatsiyasi jarayonining buzilishi belgilari mavjud;
· AviFer preparatiga yoki uning nofaol komponentlariga yuqori sezuvchanlik mavjud;
· fruktozani o‘zlashtira olmaslik va glyukoza/galaktoza so‘rilishining buzilishi sindromi yoki saxaroza/izomaltaza yetishmovchiligi;
Ehtiyotkorlik bilan
Bronxial astma, ekzema, polivalent allergiya, boshqa parenteral temir preparatlariga allergik reaksiyalar (allergik reaksiyalar rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq (qarang «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limi)). Shuningdek, temir preparatlarini jigar yetishmovchiligi, qandli diabet (qarang «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limi), o‘tkir infeksion kasalliklar va qonda temirni bog‘lash qobiliyati past va/yoki foliy kislotasi yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, 18 yoshgacha bo‘lganlarda (xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi sababli) ehtiyotkorlik talab etiladi.
-
Qo'llash usuli
Faqatgina vena ichiga yuborish uchun!
Kiritish:
Avifer faqat vena ichiga (sekin oqimda yoki tomchilab), shuningdek, dializ tizimining venoz qismiga yuboriladi va mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan. Preparatning to‘liq (kumulative) terapevtik dozasini bir martada yuborish mumkin emas.
Birinchi terapevtik doza yuborilishidan oldin test-doza yuborilishi kerak. Agar kuzatuv davrida toqat qilmaslik holatlari yuzaga kelsa, preparat yuborilishini darhol to‘xtatish kerak. Ampula ochilishidan oldin cho‘kma va shikastlanishlar mavjudligini tekshirish zarur. Faqat cho‘kmadan xoli jigarrang rangli eritma qo‘llashga ruxsat etiladi.
Tomchilab yuborish:
Avifer preparatini tomchilab infuziya shaklida yuborish afzal, bu arterial bosimning keskin pasayishi va eritmaning vena atrofidagi to‘qimalarga tushish xavfini kamaytiradi. Infuziya oldidan Avifer preparatini 0,9% natriy xlorid eritmasida 1:20 nisbatda suyultirish kerak, ya’ni 1 ml in'ektsion eritma (20 mg temir) 20 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida.
Olingan eritma quyidagi tezlikda yuboriladi:
100 mg temir kamida 15 daqiqa davomida
200 mg temir 30 daqiqa davomida
300 mg temir 1,5 soat davomida
400 mg temir 2,5 soat davomida
500 mg temir 3,5 soat davomida
Preparatning birinchi terapevtik dozasi tomchilab yuborilishidan oldin test-doza yuborilishi kerak: 1 ml preparat (20 mg) temir kattalar va tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga, va tana vazni 14 kg dan kam bo‘lgan bolalarga kunlik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 15 daqiqa davomida yuboriladi. Nojo‘ya hodisalar bo‘lmasa, qolgan eritma tavsiya etilgan tezlikda yuboriladi.
Oqimda yuborish:
Avifer preparatini suyultirilmagan eritma shaklida vena ichiga sekin yuborish ham mumkin, tezligi (norma) 1 ml Avifer preparati (20 mg temir) bir daqiqada (masalan, 5 ml Avifer preparati (100 mg temir) 5 daqiqa davomida yuboriladi). Preparatning maksimal hajmi bir in'ektsiyada 10 ml Avifer preparati (200 mg temir) dan oshmasligi kerak. In'ektsiyadan so‘ng bemorning qo‘lini bir muddat to‘g‘ri holatda ushlab turish kerak.
Avifer preparatining birinchi terapevtik dozasi oqimda yuborilishidan oldin test-doza yuborilishi kerak: 1 ml Avifer preparati (20 mg temir) kattalar va tana vazni 14 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga, va tana vazni 14 kg dan kam bo‘lgan bolalarga kunlik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 1-2 daqiqa davomida yuboriladi. Keyingi 15 daqiqa kuzatuvda nojo‘ya hodisalar bo‘lmasa, qolgan eritma tavsiya etilgan tezlikda yuboriladi.
Dializ tizimiga yuborish:
Avifer preparatini dializ tizimining venoz qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish mumkin, vena ichiga in'ektsiya uchun belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda.
Dozani hisoblash:
Doza organizmdagi umumiy temir tanqisligiga muvofiq individual tarzda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Umumiy temir tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) x (Hb normalda - Hb bemorda) (g/l) x 0,24* + depoda temir (mg).
Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lgan bemorlar uchun: Hb normalda=130 g/l, depoda temir miqdori = 15 mg/kg tana vazni.
Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bemorlar uchun: Hb normalda=150 g/l, depoda temir miqdori = 500 mg.
0,24 koeffitsienti = 0,0034 x 0,07 x 1000 (gemoglobinda temir miqdori=0,34%; qon hajmi = tana vaznining 7%; 1000 koeffitsient = "g" ni "mg" ga o‘tkazish).
Keyin organizmdagi temir tanqisligini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan Avifer preparatining kumulative (kurs) dozasini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash kerak:
Preparatning umumiy hajmi (ml da) = Umumiy temir tanqisligi (mg) / 20 mg/ml
Standart doza:
Kattalar, shu jumladan qariyalar (65 yoshdan katta): 5-10 ml Avifer preparati (100-200 mg temir) haftasiga 1-3 marta Hb ko‘rsatkichiga qarab.
Bolalar: bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha faqat cheklangan ma’lumotlar mavjud. Zarurat tug‘ilganda, 1-3 marta haftasiga Hb ko‘rsatkichiga qarab, tana vazniga 0,15 ml Avifer preparati (3 mg temir) dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yuborish tavsiya etiladi.
Maksimal toqat qilinadigan bir martalik doza (kattalar, shu jumladan qariyalar (65 yoshdan katta):
Oqimda yuborish uchun: 10 ml Avifer preparati (200 mg temir), yuborish davomiyligi kamida 10 daqiqa.
Tomchilab yuborish uchun: ko‘rsatmalarga qarab bir martalik doza 500 mg temirgacha yetishi mumkin. Maksimal ruxsat etilgan bir martalik doza 7 mg temir/kg tana vazniga va haftasiga bir marta yuboriladi, lekin 500 mg temirdan oshmasligi kerak.
Agar umumiy terapevtik doza maksimal ruxsat etilgan bir martalik dozadan oshsa, preparatni bo‘lib-bo‘lib yuborish tavsiya etiladi.
Qon yo‘qotilishi yoki autologik qon topshirilgandan so‘ng temir miqdorini to‘ldirish uchun doza hisoblash:
Temir tanqisligini qoplash uchun zarur bo‘lgan Avifer preparati doza quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Agar yo‘qotilgan qon miqdori ma’lum bo‘lsa: vena ichiga 200 mg temir (= 10 ml Avifer preparati) yuborilishi 1 birlik qon quyish (= 400 ml, gemoglobin 150 g/l) bilan bir xil gemoglobin oshishiga olib keladi. Qoplash uchun zarur bo‘lgan temir miqdori (mg) = yo‘qotilgan qon birliklari soni x 200 yoki zarur Avifer preparati hajmi (ml) = yo‘qotilgan qon birliklari soni x 10.
Gemoglobin darajasi pasayganda:
agar temir depolarini to‘ldirish talab qilinmasa, oldingi formula bo‘yicha hisoblang.
Qoplash uchun zarur bo‘lgan temir miqdori [mg] = tana vazni [kg] x 0,24 x (Hb normalda - bemor Hb darajasi) (g/l),
Masalan: tana vazni 60 kg, Hb tanqisligi = 10 g/l => zarur temir miqdori 150 mg => zarur Avifer preparati hajmi = 7,5 ml.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Hozirgi vaqtda AviFer preparatini yuborish bilan vaqtinchalik va mumkin bo‘lgan sababli bog‘liq quyidagi nojo‘ya hodisalar ma’lum. Barcha simptomlar juda kam uchragan (uchrash chastotasi 0,01% dan kam va 0,001% ga teng yoki undan ko‘p).
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, paresteziya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini sezish, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, kollaptoid holatlar, issiqlik hissi, yuzga qon "to‘lqini" kelishi, periferik shishlar.
Nafas olish organlari tomonidan: bronxospazm, nafas qisishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ta’m buzilishi, og‘izda "metall" ta’mi, qorin sohasida tarqalgan og‘riq, epigastral sohada og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Teri qoplamlari tomonidan: eritema, teri qichishishi, toshma, pigmentatsiya buzilishi, terlashning kuchayishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, bo‘g‘imlarning shishishi, mialgiya, oyoq-qo‘llarda og‘riq.
Immun tizimi tomonidan: allergik, anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan yuzning angionevrotik shishi, hiqildoq shishi.
Boshqalar: asteniya, ko‘krakda og‘riq, ko‘krakda og‘irlik hissi, holsizlik, teri qoplamlarining oqarishi, noqulaylik hissi, tana haroratining ko‘tarilishi, titroq.
Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va shish (ayniqsa preparat ekstravazal tushganda). Flebit, kuydiruvchi hissi, gematoma.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Anti-anemik vosita. Bu sferoidal temir-uglevod nanotanachalardan iborat kolloid eritma hisoblanadi. Har bir zarrachaning yadrosida (markazida) temir (III) gidroksid joylashgan. Yadro atrofida saxaroza qobig‘i mavjud bo‘lib, u temir (III) gidroksidni barqarorlashtiradi, biofaol temirni sekin chiqaradi va hosil bo‘lgan zarrachalarni kolloid eritmada saqlaydi. Natijada taxminan 43 kD molekulyar massaga ega kompleks hosil bo‘ladi, shuning uchun u buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin emas. Ushbu kompleksdagi temir (III) tabiiy ferritin bilan o‘xshash tuzilmalar bilan bog‘langan.
Preparatning faol moddasini – temir (III) gidroksid saxaroza kompleksi organizmga tushganda retikuloendotelial tizimda temir va saxarozaga dissotsiyalanadi. Temir saxaratining barqarorligi transferinga nisbatan past bo‘lgani uchun, temir transferin foydasiga raqobatli almashinuvi kuzatiladi. Natijada 24 soat ichida taxminan 31 mg temir tashiladi. Temirning politsiklik gidroksidi jigar mitoxondriyasining apoferritini bilan protein ligand bilan kompleks hosil qilgandan so‘ng qisman ferritin ko‘rinishida saqlanadi. Gemoglobin temir (II) saqlovchi dori vositalari bilan davolashga nisbatan tezroq va ishonchliroq oshadi. 100 mg temir (III) yuborilishi gemoglobin miqdorini 2-3% ga, homiladorlik davrida esa 2% ga oshiradi. Preparatning toksikligi juda past. Terapevtik indeksi 30 (200/7) ga teng.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Avifer faqat anemiya tashxisi mos laboratoriya ma'lumotlari (masalan, qon zardobidagi ferritin yoki gemoglobin va gematokrit, eritrotsitlar va ularning parametrlari – eritrotsitlarning o'rtacha hajmi yoki eritrotsitdagi o'rtacha gemoglobin) bilan tasdiqlangan bemorlarga buyurilishi kerak. Avifer preparatini yuborish tezligini qat'iy rioya qilish lozim (preparat tez yuborilganda arterial bosim pasayishi mumkin). Avifer preparatini yuborish vaqtida gemodinamik parametrlarni nazorat qilish zarur. Temir preparatlarini tomir ichiga yuborish allergik yoki anafilaktoid reaksiyalarni chaqirishi mumkin, bu hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin. Bronxial astma, ekzema, atopik kasalliklar, polivalent allergiya, boshqa temir preparatlariga allergik reaksiyalari bo'lgan bemorlar, shuningdek, qon zardobining past temir bog'lash qobiliyatiga ega va/yoki foliy kislotasi yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar allergik yoki anafilaktoid reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqori (qarang «Ehtiyotkorlik bilan» bo‘limi). Preparatning tomir atrofidagi sohalarga tushishidan saqlanish kerak, chunki tomirdan tashqariga chiqishi to‘qimalarning nekroziga va teri qoplamining jigarrang rangga bo‘yalishiga olib keladi. Ushbu asorat rivojlangan taqdirda, (agar igna hali tomirda bo‘lsa) biroz miqdorda 0,9% natriy xlorid eritmasini yuborish tavsiya etiladi. Temirni tez chiqarish va uning atrof to‘qimalarga yanada kirib borishini oldini olish uchun in'ektsiya joyiga geparin saqlovchi preparatlar (gel yoki mazni yengil harakatlar bilan, ishqalamasdan) surtilishi tavsiya etiladi. Cho‘kma mavjud bo‘lsa, preparatni yuborish mumkin emas. Avifer preparatida saxaroza mavjud. Bu holat qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda hisobga olinishi kerak. Preparatni tomchilab yuborishda ko‘rsatilgan holatlarga qarab maksimal bir martalik doza 500 mg temirga yetishi mumkin, bu 8,5 g saxaroza (0,7 XE) ga to‘g‘ri keladi. Temir ko‘pchilik mikroorganizmlarning o‘sishini rag‘batlantirganligi sababli, temir preparatlari o‘tkir bakterial infeksiyalar rivojlanganda bekor qilinishi kerak. Preparatning transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Preparatning transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Avifer homiladorlikning I trimestrida qo‘llash mumkin emas. II va III trimestrda preparat faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa buyuriladi.
Emizish davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish yoki preparatni bekor qilish tavsiya etiladi.