Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-ACC in'ektsiyasi 300 mg/3 ml No 10
ACC in'ektsiyasi 300 mg/3 ml No 10
Ishlab chiqaruvchi: Sandoz GmbH
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari acc in'ektsiyasi 300 mg/3 ml no 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    300 mg / 3ml
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta ampula tarkibida faol modda - atsetiltsistein 300 mg, yordamchi moddalardan dinatriy edetat, natriy gidroksidi 10% eritma, askorbin kislotasi, in'ektsiya uchun suv mavjud.
  • Qo'llanilishi
    Ingalatsion va tomir ichiga qo‘llanadi – bronx va o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklarida, balg‘am hosil bo‘lishi va chiqarilishi buzilishi bilan kechadigan holatlarda
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik - 6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi - buyrak yetishmovchiligi - jigar yetishmovchiligi
  • Qo'llash usuli
    Vnutriven terapiya reanimatsion bemorlar uchun mo‘ljallangan va faqat dori vositasini peroral qabul qilish imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Kattalar uchun 1 ampula vnutriven 1-2 marta kuniga (bu 300-600 mg atsetiltsisteinga teng) Bolalar uchun 6 yoshdan 14 yoshgacha ½ ampula vnutriven 1-2 marta kuniga (bu 150-300 mg atsetiltsisteinga teng). Ampula tarkibi izotonik natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi bilan 1:1 nisbatda suyultiriladi. Preparatni infuziya ko‘rinishida yuborish afzal. Vnutriven in'ektsiyani sekin (taxminan 5 daqiqa davomida) o‘tkazish kerak. Ingalatsion terapiya Ingalatsiyani kompressorli ingalyator yordamida o‘tkazish tavsiya etiladi. Kattalar 1 ampula tarkibini kuniga ikki marta nafas orqali qabul qiladilar (bu 600 mg atsetiltsisteinga teng). Bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ½ ampula tarkibini 1-2 marta kuniga nafas orqali qabul qiladilar (bu 150-300 mg atsetiltsisteinga teng). Preparatni qo‘llash davomiyligini davolovchi shifokor kasallik turi va og‘irlik darajasiga qarab belgilaydi. Surunkali bronxit va mukovistsidozda uzoq muddatli davolash mumkin, imkon bo‘lsa, infeksiya profilaktikasi uchun peroral shakllarga o‘tish kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar quyidagi uchrashish tezligi shkalasi bo‘yicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); kamdan-kam (≥1/1000, <1/100); kam (≥1/10000, <1/1000), juda kam ( <1/10000), alohida xabarlarni o‘z ichiga oladi Kam - allergik reaksiyalar (qichishish, toshma, ekzantema, teri toshmasi, Kvinke shishi, anafilaktik reaksiya) - taxikardiya va arterial gipotenziya - bosh og‘rig‘i, isitma - stomatit, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i - trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi - qon ketishlar Juda kam - nafas olishda qiyinchilik, bronxospazm - anafilaktik shok Bronxospazmga oid xabarlar asosan bronxial tizim reaktivligi yuqori bo‘lgan, bronxial astma bilan bog‘liq bemorlarga taalluqli.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Atsetiltsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Atsetiltsistein nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta’sirga ega. U mukopolisaxarid zanjirlar orasidagi disulfid bog‘larni uzadi va (irinli balg‘amda) DNK zanjirlariga depolimerizatsion ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu mexanizmlar tufayli balg‘amning quyuqligi kamayadi. Atsetiltsisteinning muqobil mexanizmi uning reaktiv sulfgidril guruhi kimyoviy radikallarni bog‘lab, ularni zararsizlantirish qobiliyatiga asoslanadi. Atsetiltsistein glyutation sintezini oshirishga yordam beradi, bu esa zaharli moddalarni detoksikatsiya qilish uchun muhimdir. Bu uning paratsetamol bilan zaharlanishda antidot ta’sirini tushuntiradi. Profilaktik qo‘llanilganda, u bakterial infeksiyalarning zo‘rayish chastotasi va og‘irligiga nisbatan himoya ta’sir ko‘rsatadi, bu surunkali bronxit va mukovissidoz bilan kasallangan bemorlarda aniqlangan.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    ACCning sekretolitik ta’siri yetarli suyuqlik qabul qilinishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. ACCni shifokor tayinlovisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga azotli birikmalar qo‘shimcha to‘planishi sababli ACC buyurilmasligi kerak. Atsetiltsistein qabul qilish bilan bog‘liq kamdan-kam uchraydigan og‘ir teri reaksiyalari, masalan, Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi rivojlanishi haqida xabarlar mavjud. Teri va shilliq qavatlarda o‘zgarishlar paydo bo‘lsa, atsetiltsistein qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Atsetiltsistein bronxial astma va anamnezida me’da yarasi bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyot choralariga rioya qilish lozim. Bitta ampula 21,26 mmol (489 mg) natriy saqlaydi. Bu preparat natriy miqdori past (kam tuzli dieta) bo‘lgan bemorlarga buyurilganda inobatga olinishi kerak. 

    Homiladorlik
    ACC tavsiya etilmaydi, chunki homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tajribasi yo‘q.


    Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
    Dorining avtomobil va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Asetilsistein va yo‘talga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksi kamayishi natijasida xavfli sekretor dimlanishga olib kelishi mumkin. Shu sababli bunday kombinatsiyalangan terapiya varianti ayniqsa aniq tashxis asosida amalga oshirilishi kerak. Tetrasiklin xlorid alohida va kamida ikki soatlik vaqt oralig‘i bilan yuborilishi lozim. Asetilsistein yoki boshqa mukolitik preparatlarni bir vaqtda qo‘llash natijasida antibiotiklarning (yarim sintetik penisillinlar, tetrasiklinlar, sefalosporinlar va aminoglikozidlar) inaktivatsiyasi haqidagi xabarlar faqat laboratoriya tajribalariga asoslangan bo‘lib, ularda muhim moddalar bevosita aralashtirilgan. Shunga qaramay, xavfsizlik nuqtai nazaridan peroral antibiotiklar alohida va kamida ikki soatlik vaqt oralig‘i bilan yuborilishi kerak. Nitrogleserin (glitserin trinitrat) va asetilsistein bir vaqtda yuborilganda uning tomir kengaytiruvchi ta’siri va trombotsitlar agregatsiyasiga tormozlovchi ta’siri kuchayishi kuzatilgan. Ushbu ma’lumotlarning klinik ahamiyati hali aniqlanmagan. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, помогло быстро справиться с болезнью. Спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilorom
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico