Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Acyclovir SD 200 mg No 20 tab.
Acyclovir SD 200 mg No 20 tab.
Ishlab chiqaruvchi: Sharq Darmon, OOO
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    3 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari acyclovir sd 200 mg no 20 tab.
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    200 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    har bir tabletkada: faol modda: atsiklovir - 200 mg yoki 400 mg; yordamchi moddalari: mikrokristallik sellyuloza, povidon K-30, natriy kraxmal glikolyati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati. 10 tadan tabletkadan PVX dan tayyorlangan konturli yacheykali o‘ramda. Konturli o‘ramlar qo‘llanma bilan birga karton qutiga joylanadi.
  • Qo'llanilishi
    Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan teri va shilliq qavatlar infeksiyalarini, shuningdek ikkilamchi, jumladan genital gerpesni davolash;
    Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan qaytalanuvchi infeksiyalarning zo‘rayishini oldini olish, normal immun holatdagi bemorlarda;
    Immunodefitsitli bemorlarda Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarning oldini olish;
    Immunodefitsiti og‘ir bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash tarkibida: OIV-infeksiyada (OITS bosqichi, erta klinik namoyonlar va to‘liq klinik manzara) va suyak iligi transplantatsiyasidan o‘tgan bemorlarda;
    Varicella zoster virusi (suvchechak, shuningdek, Herpes zoster - toshmali temiratki) bilan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarni davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     Atsiklovir va valatsiklovirga yuqori sezuvchanlik. 
  • Qo'llash usuli
    - Terini va shilliq qavatlarning Herpes simplex 1 yoki 2 turi bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolashda kattalar va 2 yoshdan katta bolalarga – kuniga 5 marta 200 mg dan 5 kun davomida, kunduz kuni 4 soatlik va tunda 8 soatlik interval bilan (zarur bo‘lsa, davolash kursi uzaytirilishi mumkin). - Herpes simplex 1 yoki 2 turi bilan chaqirilgan infeksiyalarning qaytalanishini oldini olish va kasallik qaytalanganda – har 6 soatda 200 mg dan kuniga 4 marta. Profilaktik davolash davomiyligi xavf davri davomiyligiga bog‘liq. - Varicella zoster bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolashda kattalarga kuniga 5 marta 800 mg dan, kunduz kuni har 4 soatda va tunda 8 soatlik interval bilan buyuriladi. Davolash davomiyligi – 7 kun. Immuniteti yetarli bemorlarda suvchechakni davolash toshma paydo bo‘lganidan 24 soat ichida boshlanishi kerak. - Immuniteti susaygan (masalan, suyak iligi transplantatsiyasidan keyin) yoki ichakdan so‘rilish buzilgan bemorlarda asiklovirni tomir ichiga yuborish afzal. Bolalar. - Immuniteti susaygan bolalarda gerpetik infeksiyani davolash va gerpesning oldini olishda ikki yoshdan katta bolalarga kattalar uchun tavsiya etilgan dozalardan foydalanish kerak. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar dozasining yarmi buyuriladi. - Suvchechakni davolash: 6 yosh va undan katta bolalar: asiklovir 800 mg dan kuniga 4 marta, 2-5 yosh – 400 mg dan kuniga 4 marta, 2 yoshgacha – 200 mg dan kuniga 4 marta. Davolash 5 kun davom ettiriladi. Doza aniqroq bo‘lishi mumkin – tana vazniga 20 mg/kg (lekin 800 mg dan ko‘p emas) asiklovir kuniga 4 marta. - Immuniteti yetarli bolalarda toshmali gerpesni davolash natijalari haqida ma’lumot yo‘q. Qariyalar. Qariyalarda buyrak funksiyasi buzilishi ehtimoli hisobga olinishi kerak, shuning uchun doza mos ravishda tuzatilishi lozim. Yuqori peroral dozalarda asiklovir qabul qilayotgan qariyalarda yetarli gidratatsiya saqlanishi kerak. Buyrak yetishmovchiligida dozalash. - Oddiy gerpes infeksiyasini davolashda buyrak funksiyasi og‘ir buzilgan (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) bemorlarda doza tuzatish tavsiya etiladi: asiklovir 200 mg dan kuniga 2 marta, taxminan 12 soatlik interval bilan. - Toshmali gerpesni davolashda og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) bemorlarga asiklovir 800 mg dan kuniga 2 marta, taxminan 12 soatlik interval bilan, o‘rtacha buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi 10-25 ml/min) esa asiklovir 800 mg dan kuniga 3 marta, taxminan 8 soatlik interval bilan buyuriladi. Organ ko‘chirib o‘tkazishda profilaktik davolash 6 hafta davomida olib boriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qon tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anemiya, leyopeniya, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – anafilaksiya, toshma (krapivnitsa), Kvinke shishi. Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; juda kam hollarda – qo‘zg‘alish, ongning chalkashligi, tremor, ataksiya, dizartiya, gallyutsinatsiyalar, psixotik simptomlar, tutqanoq, uyquchanlik, ensefalopatiya, koma. Nafas olish organlari tomonidan: kam hollarda – nafas qisishi. Ovqat hazm qilish trakti va gepatobiliar yo‘llar tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i; kam hollarda – bilirubin va jigar fermentlari darajasining qaytariluvchi oshishi; juda kam hollarda – gepatit, sariqlik. Terining va uning qo‘shimchalari tomonidan: tez-tez – qichishish, toshma (shu jumladan fotosensibilizatsiya). Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak kolikasi, kristalluriya. Boshqalar: charchoqlik, isitma.
  • Farmakologik xususiyatlari
     Virusga qarshi preparat, atsiklik purin nukleozidining sintetik analogi, gerpes viruslariga nisbatan yuqori selektiv ta'sirga ega.

    Virus bilan zararlangan hujayralarda virusli timidinkinaza ta'sirida atsiklovirning ketma-ket monofosfat, difosfat va trifosfat shakllariga aylanish reaksiyalari sodir bo'ladi.

    Atsiklovir trifosfat virus DNK zanjiriga qo'shiladi va uning sintezini virus DNK-polimerazasini raqobatli inhibitsiyalash orqali bloklaydi. In vitro atsiklovir oddiy gerpes virusi - Herpes simplex I va II tiplari, Varicella zoster virusiga nisbatan samarali; Epsteyn-Barr virusini inhibitsiyalash uchun esa yuqoriroq kontsentratsiyalar talab qilinadi.

    In vivo atsiklovir, birinchi navbatda, Herpes simplex tomonidan chaqirilgan virusli infeksiyalarda terapevtik va profilaktik jihatdan samaralidir. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Sintomlari: bosh og‘rig‘i, nevrologik buzilishlar, nafas qisishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, buyrak yetishmovchiligi, holsizlik, tutqanoq, koma. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnara
    ico ico ico ico ico
    Заказала Ацикловир SD 200 мг, все пришло в целости и сохранности. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка, все понравилось! Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico