Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish, diareya; juda kam - gepatit, sariqlik, ayrim hollarda - qorin sohasida og'riq. Qon hosil bo'lish tizimi tomonidan: kamdan-kam - jigar fermentlari faolligining o'tkinchi va ahamiyatsiz oshishi, siydikda mochevina va kreatinin miqdorining biroz oshishi, gipierbilirubinemiya; juda kam - leyopeniya, eritropeniya, anemiya, trombotsitopeniya. Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; juda kam - qo'zg'aluvchanlik, ongning chalkashishi, tremor, ataksiya, dizartriya, gallyutsinatsiyalar, psixotik simptomlar, tutqanoq, uyquchanlik, ensefalopatiya, koma. Odatda bu nojo'ya ta'sirlar buyrak yetishmovchiligi bo'lgan yoki boshqa qo'zg'atuvchi omillar mavjud bo'lgan bemorlarda kuzatilgan va asosan qaytuvchan bo'lgan. Nafas olish tizimi tomonidan: kamdan-kam - nafas qisishi. Allergik reaksiyalar: anafilaktik reaksiyalar, teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi. Teri va teri osti yog' qavati tomonidan: tez-tez - qichishish, eshakemi, toshma, shu jumladan sensibilizatsiya, kamdan-kam - alopesiya, sochlarning tez va diffuz to'kilishi (bunday alopesiya turi turli kasalliklarda va ko'plab dori vositalari bilan davolashda kuzatiladi, uning asiklovir qabul qilinishi bilan bog'liqligi aniqlanmagan); juda kam - Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi. Boshqalar: tez-tez - charchoq, isitma; kamdan-kam - periferik shishlar, ko'rishning buzilishi, limfadenopatiya, miyalgiya, holsizlik.