-
Tarkibi
faol moddalari: askorbin kislotasi (vitamin C), rutozid; 1 tabletkada 100% modda hisobida askorbin kislotasi (vitamin C) 50 mg, rutozid trigidrat 100% suvdan holi modda hisobida 50 mg yordamchi moddalari: shakar, kartoshka kraxmal, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearat, talk.
-
Qo'llanilishi
Rutozid va askorbin kislotasi yetishmovchiligi. Tomirlar o‘tkazuvchanligi oshishi bilan kechadigan kasalliklarni kompleks davolash tarkibida. Shamollash kasalliklari profilaktikasi va gripp simptomlarini kamaytirish uchun. Immunitetni oshirish uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Qonning yuqori ivuvchanligi, tromboflebitlar, trombozlarga moyillik. Podagra, siydik-tosh kasalligi urat toshlari hosil bo‘lishi bilan, sistinuriya, gipokaliemiya va giperkaltsiemiya, oksalaturiya. Qandli diabet. Buyraklarning og‘ir kasalliklari. Sulfanilamidlar yoki aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo‘llash. Fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi.
-
Qo'llash usuli
Preparatni ovqatdan keyin og‘iz orqali qabul qilish kerak. Tabletkalarni butun holda, oz miqdorda suv bilan ichib yuborish kerak. Davolash maqsadida kattalarga kuniga 1 tabletka 2-3 marta; 3 yoshdan boshlab bolalarga kuniga 1 tabletka 2 marta buyuriladi. Profilaktik vosita sifatida preparatni qabul qilish tavsiya etiladi: kattalar uchun – kuniga 1 tabletka 2 marta, 3 yoshdan boshlab bolalarga – kuniga 1 tabletka. Davolash kursining davomiyligi – 3-4 hafta (kasallik xususiyati va davolash samaradorligiga qarab).
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, charchoq hissi, uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – uyqu buzilishi, markaziy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligining oshishi. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siydikning kislotalanishi, xavf guruhi bemorlarida dozasi 1 g/kun dan oshganda giperoaksalaturiya; uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – buyrak glomerulyar apparatining shikastlanishi, siydik chiqarish yo‘llarida urat va oksalat toshlarining hosil bo‘lishi, buyrak yetishmovchiligi. Askorbin kislotasining 600 mg/kun dan ortiq dozasi diuretik ta’sirga ega. Qon tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – trombotsitoz, gipertrombinemiya, tromb hosil bo‘lishi, eritrotsitopeniya, neyrofil leykotsitoz, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan ayrim shaxslarda gemolitik anemiya. Modda almashinuvi tomonidan: gipervitaminoz C, to‘qimalar trofikasi yomonlashuvi, uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – oshqozon osti bezi insulyar apparati funksiyasining susayishi (giperglikemiya, glyukozuriya) va glikogen sintezi, natriy va suyuqlikning ushlanishi, rux va mis almashinuvining buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – miokard distrofiyasi, arterial bosimning oshishi, mikroangiopatiyalar rivojlanishi. Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda – ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatining tirnash xususiyati, qizish, oshqozon spazmlari, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, jumladan, teri giperemiyasi, toshma, ekzema, qichishish, Kvinke shishi, eshakemi, anafilaktik shok, nafas olish gipersensitivlik reaksiyalari.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan dori vositasi, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlar effektlari bilan bog‘liq. Rutozid (vitamin P) askorbin kislotani degidroaskorbin kislotaga aylanishiga yordam beradi va oxirgisining diketogulon kislotaga keyingi aylanishini oldini oladi. Shuning uchun rutozidning ko‘pchilik effektlari askorbin kislotaning bilvosita ta’siriga bog‘liq. Rutozid askorbin kislotasi bilan birga kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradi, hujayra devorini mustahkamlaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi effektga ega (shu jumladan, gialuronidaza faolligini bostirish hisobiga), antioksidant xususiyatlarga ega, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, rutozidga quyidagi effektlar xos: qon plazmasining suyuq qismining ekssudatsiyasini va qon hujayralarining tomir devori orqali diapedazini kamaytirish; o‘t haydovchi va yengil antigipertenziv effektlar. Surunkali venoz yetishmovchilikda rutozid shish va og‘riq sindromlarini, trofik buzilishlarni, paresteziya va tutqanoqni kamaytiradi yoki yo‘qolishiga olib keladi. Radiatsion terapiya (tsistit, enteroproktit, disfagiya, teri eritemasi) nojo‘ya ta’sirlarining og‘irligini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, diabetik retinopatiya rivojlanishini sekinlashtiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini ishqorli ichimlik, yangi meva yoki sabzavot sharbatlari bilan bir vaqtda qabul qilish askorbin kislotasining so‘rilishini kamaytiradi. Askorbin kislotasining so‘rilishi ichak diskineziyasi, enteritlar va axiliya holatida buzilishi mumkin. Askorbin kislotasi temirning so‘rilishini oshirganligi sababli, uni yuqori dozalarda qo‘llash gemoxromatoz, talassemiya, politsitemiya, leykoz va sideroblast anemiyasi bo‘lgan bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Organizmda temir miqdori yuqori bo‘lgan bemorlarga preparatni minimal dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi. Askorbin kislotasini glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar, buyrak kasalliklari tarixi bo‘lgan bemorlarni davolashda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Askorbin kislotasining yuqori dozalari uzoq muddat qo‘llanganda buyrak faoliyati, arterial bosim darajasi, oshqozon osti bezi faoliyatini nazorat qilish lozim. Buyrak tosh kasalligida askorbin kislotasining sutkalik dozasi 1 g dan oshmasligi kerak. Qon ivish qobiliyati oshgan bemorlarga preparatning yuqori dozalari buyurilmasligi kerak. Askorbin kislotasi yengil stimulyatsion ta’sir ko‘rsatganligi sababli, preparatni kun oxirida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Dori vositasi tarkibida askorbin kislotasi mavjudligi sababli, u bir qator laborator testlar natijalarini o‘zgartirishi mumkin (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa o‘zaro ta’sir turlari» bo‘limi). Preparat tarkibida shakar mavjud, bu esa qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.