-
Tarkibi
Bitta tabletkada faol modda - etamzilat 250 mg, yordamchi moddalardan makkajo‘xori kraxmali, laktoza, povidon, magniy stearati, limon kislotasi anhidrid mavjud.
-
Qo'llanilishi
- Otorinolaringologiya, ginekologiya, akusherlik, urologiya, stomatologiya, oftalmologiya va plastik jarrohlikda jarrohlik amaliyotlari vaqtida va undan keyin qon ketishlarni oldini olish va to‘xtatish - Turli etiologiya va lokalizatsiyadagi kapillyar qon ketishlarni oldini olish va to‘xtatish: gematuriya, metrorragiyalar, birlamchi menoragiyalar, bachadondan tashqari kontratseptivlardan foydalanuvchi ayollarda menoragiyalar, burundan qon ketish, milklarning qonashi
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning faol moddasiga – etamzilatga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik - anamnezda natriy sulfitga yuqori sezuvchanlik - bolalarda gemoblastoz (limfatik va miyeloid leykoz, osteosarkoma) - o'tkir porfiriya
-
Qo'llash usuli
Kattalarda qo‘llash Kattalarda optimal sutkalik doza 10-20 mg/kg ni tashkil etadi, 3-4 marta qabul qilishga bo‘linadi. Ko‘pchilik hollarda bir martalik doza 250-500 mg (1-2 tabletka) ni 3-4 marta sutkada (maksimal sutkalik doza – 1000-2000 mg) tashkil etadi. Og‘ir hollarda bir martalik doza 750 mg (3 tabletka) gacha oshirilishi mumkin, 3-4 marta sutkada (maksimal sutkalik doza – 3000 mg). Menoragiyada bir tabletka 3-4 marta sutkada buyuriladi, shunda sutkalik doza 750-1000 mg ni tashkil etadi, kutilayotgan hayz ko‘rishning beshinchi kunidan boshlab keyingi siklning beshinchi kunigacha; davolash davomiyligini shifokor kompleks davolash samaradorligiga qarab belgilaydi. Operatsiyadan keyingi davrda 250-500 mg (1-2 tabletka) har 6 soatda qon ketish xavfi yo‘qolguncha buyuriladi. Pediatriyada (6 yoshdan katta bolalar) Sutkalik doza tana vazniga 10-15 mg/kg ni tashkil etadi, 3-4 marta qabul qilishga bo‘linadi. Preparatni qo‘llash davomiyligi qon yo‘qotish miqdoriga bog‘liq va barcha toifadagi bemorlarda qon ketish to‘xtagan paytdan boshlab 3 kundan 14 kungacha davom etadi. Tabletkalarni ovqat paytida yoki ovqatdan keyin qabul qilish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi o‘tkinchi va yengil ifodalangan nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi mumkin - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi - yuzning giperemiyasi - o‘tkinchi teri toshmalari - ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq - oyoqlarda paresteziyalar
-
Farmakologik xususiyatlari
Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng etamzilat tez va deyarli to'liq oshqozon-ichak traktidan so'riladi. 50 mg qabul qilingandan so'ng plazmadagi cho'qqi konsentratsiyasi 15 mkg/ml ni tashkil etadi, bu qabul qilingandan 4 soat o'tgach erishiladi. Etamzilatning yarim chiqarilish davri taxminan 3,7 soatni tashkil etadi. Kiritilgan dozaning 63-80% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Etamzilat platsentar to'siqdan o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Ditsinon gemostatik hisoblanadi. Uning gemostatik ta'siri gemostazning birinchi bosqichini tezlashtirishga – endoteliy va trombotsitlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni stimulyatsiya qilishga asoslanadi. Ditsinon endoteliyani himoya qiladi, trombotsitlarning shikastlangan tomir devorlariga, ayniqsa kapillyarlarga yopishishini oshiradi, kapillyar devorlarining o'tkazuvchanligini kamaytiradi, prostaglandinlarning biosintezini ingibitsiya qiladi, ular esa dezagregatsiya va vazodilatatsiyani chaqiradi va natijada kapillyarlarning o'tkazuvchanligini oshiradi. Preparat ta'siri natijasida qon ketish vaqti sezilarli darajada qisqaradi va qon yo'qotilishi kamayadi. Ditsinon tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarga ega emas. U fibrinolizga ham, normal qon ivish mexanizmiga ham ta'sir ko'rsatmaydi, shuning uchun trombogen ta'sirga ega emas. Ditsinon gialuronidaza va gistamin ta'sirini ham ingibitsiya qiladi, bu orqali turli kasalliklarda, masalan, yallig'lanishlarda kapillyarlarning oshgan o'tkazuvchanligini kamaytiradi. Ditsinon tug'ilganda past vaznga ega bo'lgan chaqaloqlarda miya ichidagi qon ketish tezligini sezilarli darajada kamaytiradi. Preparat qabul qilgan onalarning bolalarida miya qon quyilishi tezligi, preparat qabul qilmagan onalarning bolalariga nisbatan ancha past bo'lgan.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ushbu dori vositasini tromboz yoki tromboemboliyaning anamnezida bo‘lishi yoki dori vositalariga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ditsinon tarkibida sulfitlar mavjudligi sababli, uni bronxial astma va allergiyasi bo‘lgan bemorlarga yuborishda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Davolashni boshlashdan oldin, preparat trombotsitopeniyasi bo‘lgan bemorlarda samarasiz ekanligini inobatga olish zarur. Bolalarda, Ditsinon o‘tkir limfoblast va mieloblast leykoz hamda osteosarkomda qon ketishini oldini olish uchun buyurilganda, ahvolning og‘irlashuvi kuzatilganligi sababli, ba’zi mualliflar preparatni bu holatlarda qo‘llashni kontraindikatsiyalangan deb hisoblaydilar. Homiladorlik va laktatsiya Preparatni homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Ditsinonni homiladorlikda faqat individual hollarda, zarur deb hisoblanganda, onaga bo‘lgan potentsial foyda bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin. Davolash davomida onalar emizishni to‘xtatishlari kerak. Dori vositasining transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri xususiyatlari Preparat avtomobil boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.