-
Tavsif
Paket ichidagisi — deyarli oqdan to yashil rangsimon sarg‘ish tusli, o‘ziga xos hidli (limon va asal) kukun va granulalar aralashmasi. Yolg‘iz pushti rangli granulalarning mavjudligiga yo‘l qo‘yiladi.
Kukun eritilgandan keyingi eritmaning tavsifi — rangsiz yoki sarg‘ish tusli, biroz loyqa, o‘ziga xos hidli (limon va asal) eritma. Sariq rangli erimagan zarrachalarning mavjudligiga yo‘l qo‘yiladi.
-
Tarkibi
Ta'sir qiluvchi moddalari:
paratsetamol - 360 mg,
askorbin kislotasi - 300 mg,
kaltsiy glyukonat monogidrat - 100 mg,
rimantadin gidroxlorid - 50 mg,
rutozid trigidrat (rutozidga hisoblaganda) - 20 mg,
loratadin - 3 mg;
yordamchi moddalari:
aspartam - 30 mg,
gipromelloza - 10 mg,
kremniy dioksid kolloid - 20 mg,
laktoza monogidrat - 4086 mg,
oziq-ovqat aromatizatori (limon va asal) - 21 mg.
-
Qo'llanilishi
A grippi davolash, «sovuq» kasalliklar, gripp va O‘RVI simptomatik davolash, ular yuqori harorat, titroq, burun bitishi, tomoq og‘rig‘i, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, bosh og‘rig‘i bilan kechadi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi bir yoki bir nechta komponentlarga yuqori sezuvchanlik; me'da-ichak trakti (MICH) ning eroziyali-yarali shikastlanishlari zo'rayish bosqichida; me'da-ichak qon ketishlari; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprothrombinemiya; portal gipertenziya; K vitamini yetishmovchiligi; buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik, emizish davri; qalqonsimon bez kasalliklari, buyrak va jigar (o'tkir glomerulonefrit, o'tkir piyelonefrit, o'tkir gepatit yoki ushbu organlarning surunkali kasalliklarining zo'rayishi)ning o'tkir kasalliklari; surunkali alkogolizm; giperkalsemiya, yaqqol giperkalsiuriya, nefrourolitiaz, sarkoidoz, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilish (aritmiyalar rivojlanish xavfi); laktazaga toqat qilmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi; fenilketonuriya.
18 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Epilepsiya, serebral ateroskleroz, qandli diabet, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, gemoxromatoz, sideroblast anemiya, talassemiya, giperoaksaluriya, buyrak tosh kasalligi, degidratatsiya, elektrolit buzilishlari (giperkalsemiya rivojlanish xavfi), diareya, malabsorbsion sindrom, kalsiyli nefrourolitiaz (anamnezda), giperkalsiuriya holatlarida qo'llash cheklangan.
Arterial gipertenziyali keksalar (preparat tarkibidagi rimantadin hisobiga gemorragik insult rivojlanish xavfi oshadi).
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali.
Bitta paket tarkibini yarim stakan (100 ml) qaynatilgan iliq suvda eritish. Eritilgandan so‘ng darhol iste’mol qilish. Iste’mol qilishdan oldin eritmani aralashtirish.
Kattalarga: ovqatdan keyin 1 paketdan kuniga 2-3 marta qabul qilish. Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval — 4-6 soat. Davolash kursi 3-5 kun, kasallik simptomlari yo‘qolguncha. AnviMakS® ni 5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun ichida simptomlar yengillashmasa, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ehtimoliy nojo‘ya nojo‘ya reaktsiyalar tarkibiga kiruvchi komponentlarga muvofiq ko‘rsatilgan.
Markaziy asab tizimi tomonidan: oshgan qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, tremor, giperkineziya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yuzga qon "to‘lqinlari".
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining zararlanishi, dispepsiya, og‘iz shilliq qavati qurishi, ishtahaning yo‘qligi, qorin shishishi (meteorizm), ich ketishi (diareya).
Siydik ajratish tizimi tomonidan: o‘rtacha pollakiuriya.
Qon hosil bo‘lish organlari tomonidan: qon ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi.
Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish, anafilaktik shok, teri toshmasi, qichishish, eshakemi.
Teri tomonidan: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va o‘tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz pustulez.
Boshqalar: oshqozon osti bezi insulyar apparati funksiyasining susayishi (giperglikemiya, glyukozuriya).
Postregistratsion qo‘llash tajribasi
AnviMak® preparatini qo‘llash davomida angionevrotik shish, hushdan ketish oldi holati, isitma holati, arterial bosimning pasayishi, eshakemi, teri qichishishi, eritema, eshitish buzilishi, tomoq og‘rig‘i holatlari tasvirlangan.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, darhol shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, virusga qarshi, interferonogen, isitmani tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, antigistamin va angioprotektor ta’siriga ega.
Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga solishda ishtirok etadi, kapillyarlarning normal o‘tkazuvchanligiga, qonni ivishiga, to‘qimalarning regeneratsiyasiga yordam beradi, organizmning immun reaksiyalari rivojlanishida ijobiy rol o‘ynaydi, S vitamini yetishmovchiligini to‘ldiradi.
Kalsiy glyukonat, kalsiy ionlari manbai sifatida, gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (ORVI)da gemorragik jarayonlarni keltirib chiqaruvchi tomirlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini oshishining rivojlanishini oldini oladi, antiallergik ta’sir ko‘rsatadi (mexanizmi noaniq).
Rimantadin gripp A virusiga nisbatan virusga qarshi faollikka ega. Gripp A virusining M2-kanallarini bloklab, uning hujayraga kirishi va ribonukleoproteidni ajratib chiqarishini buzadi, shu bilan viruslarning replikatsiyasining muhim bosqichini inhibe qiladi. Alfa va gamma interferonlar ishlab chiqarilishini induktsiya qiladi. B virusidan kelib chiqqan grippda rimantadin antitoksik ta’sir ko‘rsatadi.
Rutozid angioprotektor hisoblanadi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shish va yallig‘lanishni kamaytiradi, tomir devorini mustahkamlaydi. Eritrotsitlarning agregatsiyasini to‘xtatadi va ularning deformatsiya darajasini oshiradi.
Loratadin — H1-gistamin retseptorlari blokatori, gistamin ajralishi bilan bog‘liq to‘qimalar shishining rivojlanishini oldini oladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Qo‘llash davomiyligi — 5 kundan oshmasligi kerak.
Metastaz beruvchi o‘smalar mavjud bo‘lsa qo‘llanilmaydi.
Qon ko‘rsatkichlarini laborator nazorat qilish zarur.
Etanol iste’mol qilishga moyil shaxslarga preparat bilan davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi, chunki paratsetamol jigarni shikastlovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Transport vositalarini va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Nojo‘ya ta’sirlar (bosh aylanishi, uyquchanlik) rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, davolash davrida transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: qabul qilinganidan keyingi dastlabki 24 soat ichida — terining oqarishi, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, epigastral sohada og‘riq; glyukoza almashinuvining buzilishi, metabolik atsidoz (shu jumladan laktoatsidoz), gipokaliemiya, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i, hamroh surunkali kasalliklarning kuchayishi. Jigar funksiyasi buzilishining simptomlari dozani oshirib yuborilgandan keyin 12-48 soat o‘tib paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir dozani oshirib yuborishda — jigar yetishmovchiligi progresiv ensefalopatiya, koma bilan; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tubular nekroz bilan (shu jumladan jigar og‘ir zararlanishi bo‘lmaganda ham).
Dozani oshirib yuborish chegarasi keksa bemorlarda, ayrim dori vositalarini (masalan, jigar mikrosomal fermentlari induktorlarini), spirtli ichimliklarni qabul qilayotgan yoki ozib ketgan bemorlarda pasayishi mumkin.
Davolash: SH-guruh donorlarini va glyutation sintezi prekursorlarini — metioninni dozani oshirib yuborilgandan keyin 8-9 soat ichida va atsetilsisteinni — 8 soat ichida yuborish. Oshqozonni yuvish, simptomatik terapiya. Qo‘shimcha terapevtik chora-tadbirlar (metionin, atsetilsistein keyingi yuborilishi) zarurati qonda paratsetamol konsentratsiyasiga, shuningdek, uni qabul qilgandan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq holda aniqlanadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Paratsetamol urikozurik dori vositalarining samaradorligini pasaytiradi. Paratsetamolning yuqori dozalarda birga qo‘llanilishi antikoagulyant dori vositalarining ta’sirini oshiradi. Jigar mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar), etanol va gepatotoksik dori vositalari gidroksillangan faol metabolitlar ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa hatto kichik dozada ham og‘ir intoksikatsiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanilganda paratsetamolning so‘rilish tezligi oshishi mumkin. Barbituratlarni uzoq muddat qo‘llash paratsetamolning samaradorligini pasaytiradi. Mikrosomal oksidlanish inhibitörlari gepatotoksik ta’sir xavfini kamaytiradi.
Rimantadin kofeinning qo‘zg‘atuvchi ta’sirini kuchaytiradi. Simetidin rimantadinning klirensini 18 % ga kamaytiradi.
Askorbin kislotasi qonda benzil penisillin konsentratsiyasini oshiradi. Ichakda temir preparatlari so‘rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentli temirga aylantiradi); deferoksamin bilan birga qo‘llanilganda temir chiqarilishini oshirishi mumkin. Salitsilatlar va qisqa ta’sirli sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarning chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiya ko‘rsatadigan dori vositalarining (shu jumladan alkaloidlar) chiqarilishini oshiradi. Qonda og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar konsentratsiyasini pasaytiradi. Umumiy etanol klirensini oshiradi, bu esa o‘z navbatida organizmda askorbin kislotasi konsentratsiyasini kamaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda izoprenalinning xronotrop ta’sirini kamaytiradi. Barbituratlar va primidon askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Fenotiazin hosilalari bo‘lgan antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning kanalchali reabsorbtsiyasining terapevtik ta’sirini kamaytiradi.
Loratadin. CYP3A4 va CYP2D6 inhibitörlari loratadinning qondagi konsentratsiyasini oshiradi.