-
Tarkibi
Tabletkalar - 1 tab.:
Faol moddalari: paratsetamol - 250,00 mg; xlorfenamin maleat - 3,00 mg; askorbin kislotasi - 50,00 mg;
Yordamchi moddalari: natriy gidrokarbonat, limon kislotasi, sorbitol, povidon, natriy saxarinat, natriy karbonat, makrogol, kremniy dioksid, mevali aromatizator (aromatik mevali qo'shimcha «Qizil mevalar»).
10 ta tabletkadan plastik qutida; 1, 2, 4 yoki 6 ta tabletkadan Al/Al striplarda.
1, 3, 5, 6, 10, 15, 20 ta striptan karton qutida foydalanish bo'yicha yo'riqnoma bilan birga.
1 ta qutidan ichki bo'linmaga ega karton qutida foydalanish bo'yicha yo'riqnoma bilan birga.
-
Qo'llanilishi
Infeksion-yallig'lanish kasalliklari (ORVI, gripp), yuqori harorat, titroq, bosh og'rig'i, bo'g'im va mushaklardagi og'riqlar, burun bitishi va tomoq hamda burun bo'shliqlarida og'riq bilan kechuvchi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Paratsetamol, askorbin kislotasi, xlorfenaminga yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Eroziv-yarali oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari (kuchayish bosqichida). Og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi. Alkogolizm. Yopiq burchakli glaukoma. Fenilketonuriya. Prostata bezining giperplaziyasi. Bolalar yoshi (14 yoshgacha). Homiladorlik va laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan: Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tug'ma gipyerbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), virusli gepatit, alkogolli gepatit, keksalik yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali. 3 dan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2 marta 1/2 tabletka; 5 dan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2 marta 1 tabletka; 10 dan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2-3 marta 1 tabletka. Tabletkani to'liq bir stakan (200 ml) iliq suvda (50-60 °S) eritib, hosil bo'lgan eritmani darhol ichish kerak. Preparatni ovqatlar orasida qabul qilish ma'qul. Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 8 soat bo'lishi kerak. Shifokor bilan maslahatlashmasdan qabul qilish davomiyligi og'riq qoldiruvchi sifatida tayinlanganda 5 kundan, isitmani tushiruvchi sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi.
Nerv tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bosh og'rig'i, charchoq hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq.
Endokrin tizimi tomonidan: ayrim hollarda - gipoglikemiya (hatto koma rivojlanishigacha).
Qon yaratuvchi tizim tomonidan: ayrim hollarda - anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan bemorlarda); juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Allergik reaksiyalar: ayrim hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi.
Boshqalar: gipervitaminoz, almashinuv buzilishi, issiqlik hissi, og'iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siydik tutilishi, uyquchanlik.
Barcha nojo'ya ta'sirlar haqida bemor shifokorga xabar berishi kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Paratsetamol analgetik va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega; bosh og'rig'i va boshqa turdagi og'riqlarni bartaraf etadi, yuqori haroratni pasaytiradi.
Askorbin kislotasi (vitamin S) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, organizmning qarshiligini oshiradi.
Xlorfenamin - N1-gistamin retseptorlari blokatori, antiallergik ta'sirga ega, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi, burun bitishi, aksirish, ko'z yoshlanishi, qichishish va ko'z qizarishini kamaytiradi.