Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Grippga qarshi bolalar № 5
Grippga qarshi bolalar № 5
Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    2 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari grippga qarshi bolalar № 5
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    ta’sir qiluvchi moddalar: atsetaminofen, askorbin kislotasi, Xlorfenamin; 1 paket tarkibida atsetaminofen 160 mg, askorbin kislotasi 50 mg, xlorfeniramin maleat 1 mg Yordamchi moddalar: limon kislotasi, kremniy dioksid, kremniy dioksid kolloid, natriy digidrat, makkajo‘xori kraxmali, qandolat shakari, saxaroza, titan dioksid (E 171), kalsiy fosfat, maxsus qizil AS (E 129), malina aromatizatori.
  • Qo'llanilishi
    2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga gripp, O‘RVI va shamollash kasalliklarida tana haroratini pasaytirish, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riq, rinoreya, aksirish, ko‘zdan yosh oqishi va yuqori nafas yo‘llari va burun bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining yallig‘lanishining boshqa simptomlarini bartaraf etish uchun buyuriladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yoki antigistamin vositalarga yuqori sezuvchanlik; jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari (> 9 ball Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha) va/yoki buyraklar, alkogolizm, tug‘ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; tug‘ma gipyerbilirubinemiyalar (Jilber sindromi jumladan), gemopoez buzilishlari, qon kasalliklari, yaqqol leykopegiya, anemiya, trombozlarga moyillik; yurak o‘tkazuvchanligining og‘ir buzilishlari, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, siydik pufagi bo‘ynining obstruksiyasi, piloroduodenal obstruksiya; tromboz, tromboflebit; qandli diabetning og‘ir shakllari, glaukoma; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi zo‘rayish bosqichida; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. MAO (MAO) ingibitorlari bilan birga va MAO ingibitorlari bekor qilingandan keyin 2 hafta davomida qo‘llanilmasin. MAO ingibitorlarini antigistamin vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki markaziy asab tizimini qo‘shimcha susaytirish ehtimoli bor. Ular antigistaminlarning antixolinergik ta’sirini uzaytirishi va kuchaytirishi mumkin.
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat’i nazar, paket tarkibini oldindan issiq (qaynoq) suv stakanida eritib qabul qilinadi. Kukunni eritish uchun tavsiya etiladigan suv miqdori odatda bola bir marta ichadigan hajmga to‘g‘ri keladi (100-200 ml). 2-5 yoshli bolalar uchun bir martalik doza 1 paket tarkibi, 6-12 yoshli bolalar uchun 2 paket tarkibi. Zarur bo‘lsa, har 4-6 soatda qabul qilishni takrorlash mumkin, lekin sutkada 4 paketdan oshmasligi kerak. Shifokor bilan maslahatlashmasdan maksimal qo‘llash muddati - 3 kun. Keyingi qo‘llash faqat shifokor nazorati ostida mumkin. Bolalar. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanilmaydi. 2-5 yoshli bolalarga preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bolalar uchun maksimal doza sutkada 100 mg/kg yoki 4000 mg gacha.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ko‘pchilik hollarda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin: Qon yaratuvchi tizim tomonidan: anemiyalar, gemolitik anemiya (agar bemorda glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lsa), trombotsitopeniya yoki agranulotsitoz, trombotsitopenik purpura, leyopeniya. Nafas olish tizimi tomonidan: asetilsalisil kislotasi va boshqa YOKVlarga sezgir bemorlarda bronxospazm. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘iz qurishi, epigastral sohada og‘riq, ishtahaning pasayishi, dispepsiya, diareya. Endokrin tizim tomonidan: gipoglikemiya, gipoglikemik komagacha. Gepatobiliar tizim tomonidan: jigar fermentlari faolligining oshishi (odatda, sariqlik namoyon bo‘lmasdan), jigar nekrozi (dozaga bog‘liq ta’sir). Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik (allergik reaksiyalar, anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok). Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik, uyqu buzilishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi, noadekvat xatti-harakat, tutqanoq, koma. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, stenokardiya, gipertoniya, aritmiya. Ko‘rish organlari tomonidan: ko‘rishning buzilishi, ko‘z qurishi, midriaz, ko‘z ichki bosimining oshishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siyishning qiyinlashuvi, dizuriya. Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: qichishish, toshma, eshakemi, shilliq qavatlarda o‘zgarishlar, o‘tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz pustulez, ko‘p shaklli eritema (jumladan, Stivens-Djonson sindromi) va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Atsetaminofen og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Uning ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini bostirish va gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta'sir qilishdan iborat. Askorbin kislotasi (vitamin S) antioksidant va immun himoya tizimining asosiy komponenti sifatida organizmning moslashuvchanlik imkoniyatlarini oshiradi, uning infeksiyalarga chidamliligini kuchaytiradi. Faol ravishda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, steroid gormonlar, katexolaminlar va qon ivishining sintezini tartibga solishda ishtirok etadi. Kollagen sintezini kuchaytiradi, regeneratsiya jarayonlarini rag'batlantiradi, kapillyarlarning o'tkazuvchanligini normallashtiradi. Xlorfenamin - bu alkilaminlar sinfiga mansub antigistamin preparat, N1-gistamin retseptorlari blokatori. Allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi, rinoreya, ko'z va burunda qichishish va yosh oqishini bartaraf etadi. Terapevtik ta'siri og'iz orqali qabul qilingandan so'ng bir soat ichida rivojlanadi va 24 soat davom etadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Boshqa shamollash va gripp simptomatik davolash uchun mo'ljallangan preparatlar, paratsetamol saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. Ko'rsatilgan doza va davolash kursi davomiyligini oshirmaslik kerak. Paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash dozani oshirib yuborishga olib kelishi mumkin. Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llash. Qo'llanilmaydi. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Xlorfenamin maleatidan keyin uyquchanlik paydo bo'lishi mumkinligi sababli, bolalarni preparatni qabul qilgandan so'ng 400 davomida yuqori diqqatni talab qiladigan faoliyatdan saqlash kerak. 
    Agar siz homilador bo'lsangiz yoki emizayotgan bo'lsangiz, homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz yoki homilador deb o'ylasangiz, preparatni qo'llashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

    Homiladorlik va emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi. 

  • Dozani oshirib yuborilishi
    paratsetamol jigar yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa jigar ko‘chirib o‘tkazishni talab qilishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Glutation darajasi pasaygan bemorlarda, masalan, og‘ir infeksiyalarda, masalan, sepsisda, paratsetamol qabul qilganda metabolik atsidoz rivojlanish xavfi oshadi. Metabolik atsidoz simptomlariga chuqur, tez-tez yoki qiyin nafas olish, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi kiradi. Ushbu simptomlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Agar simptomlar yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llash jigar va buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin, bir vaqtning o‘zida ko‘plab dori vositalarini qabul qilish, alkogolizm, alkogolli jigar shikastlanishi, sepsis yoki qandli diabet paratsetamol (atsetaminofen) ning terapevtik dozalarda gepatotoksikligi xavfini oshirishi mumkin. Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda paratsetamolning gepatotoksik ta’siri xavfi oshishini hisobga olish kerak. Buyrak va jigar funksiyasi yengil va o‘rta darajada buzilgan bemorlarga preparatni qo‘llash imkoniyati haqida shifokor bilan maslahatlashish zarur. Ushbu dori vositasini sedativ yoki uyqu dorilari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar bemor varfarin yoki shunga o‘xshash antikoagulyant ta’sirga ega preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. Paratsetamol qonda glyukoza va siydik kislotasi miqdorini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Preparatni shifokor quyidagi holatlarda faqat xavf/foyda nisbatini baholaganidan so‘ng buyurishi kerak: arterial gipertenziya og‘ir darajasi, epilepsiya, glaukoma, oksalaturiya, siyish buzilishlari, siydik tutilishi, prostata kattalashuvi, astma, bronxit, tireotoksikoz, glutation yetishmovchiligi. Tavsiya etilgan doza va davolash kursi davomiyligini oshirmaslik kerak. Agar preparat shifokor tavsiyasiga ko‘ra uzoq muddat qo‘llanilsa, jigar funksional holati va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Juda kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari haqida xabar berilgan. Terining qizarishi, toshma, pufakchalar yoki qobiq bo‘lishi paydo bo‘lsa, paratsetamolni qabul qilishni to‘xtatish va darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. 1 paket (1 doza) 11,6 g shakarni o‘z ichiga oladi, bu qandli diabet bilan kasallangan bemorlar va past shakarli dieta tutayotgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ishqoriy ichimlik bilan bir vaqtda qabul qilish askorbin kislotasining so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun kukunni ishqoriy mineral suv bilan ichish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, askorbin kislotasining so‘rilishi ichak diskineziyasi, enterit va axiliyada buzilishi mumkin. Ushbu preparatni fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, tarkibida saxaroza (saxaroza) mavjudligi sababli, qo‘llash mumkin emas. Agar sizda ayrim shakarlarni o‘zlashtira olmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Tana harorati yuqori bo‘lsa yoki preparatni qabul qilish fonida isitma 3 kun davomida saqlanib qolsa yoki superinfeksiya belgilari paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Askorbin kislotasi laboratoriya testlari natijalarini (glyukoza, qondagi bilirubin, transaminazlar faolligi) o‘zgartirishi mumkin. Preparatni boshqa paratsetamol yoki antigistaminlar saqlovchi shamollash va gripp simptomatik davolash vositalari bilan birga qabul qilmaslik kerak. Agar simptomlar yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Agar bosh og‘rig‘i doimiy bo‘lib qolsa, shuningdek, shifokorga murojaat qilish kerak. Xlorfenamin allergik reaksiyalar simptomlarini niqoblash va teri testlari natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ushbu dori vositasini ushbu manipulyatsiyalardan bir necha kun oldin to‘xtatish kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Asetaminofen bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagi o‘zaro ta’sirlar mumkin • antibiotiklarning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi; • tutqanoqka qarshi preparatlar (shu jumladan fenitoin, barbituratlar, karbamazepin), rifampisin va spirtli ichimliklar asetaminofening gepato- va nefrotoksikligini kuchaytiradi; • barbituratlar asetaminofening isitmani tushiruvchi ta’sirini kamaytiradi; • tetratsiklin asetaminofen sababli anemiya va metgemoglobinemiya rivojlanish xavfini oshiradi; • paratsetamolni gepatotoksik vositalar bilan birga qo‘llanganda preparatlarning jigar uchun toksik ta’siri kuchayadi; spirtli ichimliklar bilan birga qo‘llash mumkin emas; • asetaminofen diuretiklarning samaradorligini kamaytiradi; • asetaminofening yuqori dozalari izoniazid yoki rifampisin bilan birga qo‘llanganda gepatotoksik sindrom rivojlanish xavfi oshadi; • bilvosita antikoagulyantlarning ta’siri kuchayadi va qon ketish xavfi ortadi • asetaminofen so‘rilish tezligi metoklopramid va domperidon qo‘llanganda oshadi, xolestiramin qo‘llanganda kamayadi; • kumarin hosilalari (masalan, varfarin) bilan birga uzoq muddat qo‘llanganda ularning ta’sirini kuchaytirishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin, og‘iz orqali antikoagulyantlar qabul qilayotgan bemorlar shifokor bilan maslahatlashishi kerak, qon ivish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim • paratsetamol (asetaminofen) qabul qilish glyukoza oksidaza-peroksidaza usuli bilan qonda glyukoza aniqlash natijalariga ta’sir qilishi va g‘ayrioddiy yuqori konsentratsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin; • paratsetamol qabul qilish qonda mochevina aniqlash natijalariga fosforvolfram kislotasi usuli bilan ta’sir qilishi mumkin • tropisetron va granisetron, 5-gidroksitriptamin 3 turi antagonistlari, farmakodinamik o‘zaro ta’sir natijasida paratsetamolning og‘riq qoldiruvchi ta’sirini to‘liq bloklashi mumkin; • paratsetamol va zidovudin birga qo‘llanganda leykotsitlar sonining kamayishiga (neytropeniya) moyillik oshadi, shuning uchun bu dori vositalarini birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, agar shifokor boshqacha tavsiya qilmasa; • askorbin kislotasi so‘rilishi og‘iz orqali kontratseptivlar, meva yoki sabzavot sharbatlari, ishqoriy ichimliklar bilan birga qo‘llanganda kamayadi; • askorbin kislotasi og‘iz orqali qo‘llanganda penitsillin, tetratsiklin, temir so‘rilishini oshiradi, etinilestradiol darajasini oshiradi, geparin va bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini kamaytiradi, salitsilatlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi; • S vitamini va deferoksamin birga qabul qilinsa, temirning to‘qima toksikligi, ayniqsa yurak mushagida oshadi, bu qon aylanish tizimi dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin, S vitaminini deferoksamin in’ektsiyasidan 200 soat o‘tgachgina qabul qilish mumkin; • preparatning katta dozalari trisiklik antidepressantlar, fenotiazin hosilali neyroleptiklar samaradorligini, amfetaminning kanal reabsorbtsiyasini kamaytiradi, meksiletinning buyrak orqali chiqarilishini buzadi; • askorbin kislotasi etil spirti umumiy klirensini oshiradi; • xinolon qatori preparatlari, kalsiy xlorid, salitsilatlar, kortikosteroidlar uzoq muddat qo‘llanganda organizmda askorbin kislotasi zaxiralarini kamaytiradi. Antiflu Kids preparatini uyqu keltiruvchi, tinchlantiruvchi vositalar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar bilan birga qo‘llash xlorfeniramin maleatining markaziy asab tizimini susaytiruvchi ta’sirini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Xlorfeniramin atropin, spazmolitiklar, trisiklik antidepressantlar, parkinsonga qarshi preparatlarning antixolinergik ta’sirini kuchaytiradi. Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini gistaminlarga qarshi preparatlar bilan birga buyurish mumkin emas, chunki markaziy asab tizimiga potensial umumiy susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ular gistaminlarga qarshi preparatlarning antixolinergik ta’sirini uzaytirishi va kuchaytirishi mumkin.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Мы очень довольны Антифлу Кидс №5. Детям нравится вкус, а я ценю его эффективность. Спасибо магазину Oxymed!
    06 August 2024
    0
    0
  • Sitora
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство от гриппа для детей. Быстрая доставка и хорошее качество продукта.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico