Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
benzokain – 100,0 mg, vismut subgallat – 40,0 mg, levomentol – 4,0 mg, sink oksid – 20,0 mg; Yordamchi moddalari polietilenoksid asos (makrogol 1500 - 95% makrogol 400 – 5%) 2,60 g massali suppozitoriya hosil bo‘lishigacha.
Qo'llanilishi
Gemorroy, orqa chiqaruv teshigi yoriqlari.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Qo'llash usuli
Rektal, tozalovchi klizma yoki ichakni mustaqil bo'shatgandan so'ng. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1-2 marta 1 ta suppozitoriy.
Nojo´ya ta´sirlar
Orqa chiqaruv teshigida kuydiruvchi hissi, ich suruvchi ta'sir, allergik reaksiyalar.
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, antiseptik, bog‘lovchi va qurituvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar davolash jarayonida mavjud kasallik simptomlari kamaymasa yoki yangi noodatiy sezgilar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni qo‘llashda anal soha gigiyenasiga rioya qilish, haddan tashqari zo‘riqishdan saqlanish, najasning yumshoq konsistensiyasini saqlash choralarini ko‘rish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Anestezol preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash onaga bo‘lgan potentsial foyda bola va homila uchun xavfdan ustun bo‘lsa mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!