Qo'llash usuli
Kattalar
Arterial gipertenziya va stenokardiyani davolash uchun preparatning odatdagi boshlang‘ich dozasi 5 mg 1 marta sutkada. Bemorning terapiyaga javobiga qarab, doza maksimal darajaga, ya’ni 10 mg 1 marta sutkada oshirilishi mumkin.
Stenokardiyali bemorlarga preparat monoterapiya sifatida yoki boshqa antianginal dori vositalari bilan birga, nitratlarga va/yoki adekvat dozalardagi beta-blokatorlarga rezistentlikda qo‘llanilishi mumkin.
Preparatning arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarga tiazid diuretiklari, alfa-blokatorlar, beta-blokatorlar yoki angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan birga qo‘llanilgan tajribasi mavjud.
Tiazid diuretiklari, beta-blokatorlar va angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda preparat dozasini tanlash zarurati yo‘q.
6 yoshdan boshlab arterial gipertenziyali bolalar.
Ushbu toifadagi bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 2,5 mg 1 marta sutkada. Agar kerakli arterial bosim darajasi 4 hafta davomida erishilmasa, doza 5 mg gacha oshirilishi mumkin. Ushbu toifadagi bemorlarda 5 mg dan yuqori dozada preparat qo‘llanilishi o‘rganilmagan.
Qariyalar
Ushbu toifadagi bemorlar uchun doza tanlash zarurati yo‘q. Dozani oshirish ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar
Preparatning odatdagi dozalarini qo‘llash tavsiya etiladi, chunki amlodipinning plazmadagi konsentratsiyasi buyrak yetishmovchiligi og‘irligiga bog‘liq emas. Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar
Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda preparat dozalari aniqlanmagan, shuning uchun doza tanlash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi va preparat doza diapazonining eng past dozasi bilan boshlanishi kerak (qarang bo‘limlar «Qo‘llash xususiyatlari» va «Farmakologik xususiyatlari. Farmakokinetika»).
Og‘ir darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda amlodipin farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Og‘ir darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda amlodipin eng past dozadan boshlanib, asta-sekin oshirilishi kerak.
5 mg lik tabletkalar 2,5 mg doza olish uchun bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.
Nojo´ya ta´sirlar
Amlodipin qo‘llanilganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar quyidagilar: uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yurak urishining kuchayishi, toshqinlar, qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, boldirlarning shishishi, shishlar va charchoqlikning oshishi.
Amlodipin qo‘llanilganda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar quyida tizimlar va organlar sinflari bo‘yicha va uchrash tezligiga ko‘ra keltirilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), kamdan-kam (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha), juda kam (≤ 1/10000) noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam: leytsitopeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan: juda kam: allergik reaksiyalar.
Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: juda kam: giperglikemiya.
Psixik buzilishlar: kamdan-kam: depressiya, kayfiyat o‘zgarishlari (shu jumladan tashvish), uyqusizlik; kam: ongning chalkashligi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (asosan davolash boshida); kamdan-kam: tremor, disgevziya, sinkope, gipesteziya, paresteziya, gipertonus, periferik neyropatiya.
Ko‘rish organlari tomonidan: tez-tez: ko‘rish buzilishlari (shu jumladan diplopiya).
Eshitish va labirint organlari tomonidan: kamdan-kam: quloqda shovqin.
Yurak tomonidan: tez-tez: yurak urishining kuchayishi; kamdan-kam: aritmiya (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi); juda kam: miokard infarkti.
Tomirlar tomonidan: tez-tez: toshqinlar; kamdan-kam: arterial gipotenziya; juda kam: vaskulit.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasidan: tez-tez: dispnoe; kamdan-kam: rinit, yo‘tal.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez: qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, dispepsiya, ichak peristaltikasining buzilishi (shu jumladan diareya va qabziyat); kamdan-kam: qusish, og‘iz qurishi; juda kam: pankreatit, gastrit, milk giperplaziyasi.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: juda kam: gepatitlar, sariq kasallik, jigar fermentlari darajasining oshishi (bu juda tez-tez xolestaz bilan bog‘liq edi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kamdan-kam: alopesiya, purpura, teri rangining o‘zgarishi, terlashning oshishi, qichishish, toshma, ekzantema, eshakemi; juda kam: angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, Kvinke shishi, fotosensitivlik; noma’lum: toksik epidermal nekroliz.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan: tez-tez: boldirlarning shishishi, mushaklarda qaltirash; kamdan-kam: artralgiyalar, mialgiyalar, bel sohasida og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kamdan-kam: siydik chiqarish buzilishi, nokturiya, siydik chiqarish tez-tezligi oshishi.
Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan: kamdan-kam: impotensiya, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda tez-tez: shishlar; tez-tez: charchoqlikning oshishi, asteniya; kamdan-kam: ko‘krak sohasida og‘riq, og‘riq, holsizlik.
Tadqiqotlar: kamdan-kam: tana vaznining oshishi yoki kamayishi.
Ekstrapiramidal sindrom rivojlanishining alohida hollari haqida xabar berilgan.
Bolalar
Amlodipin bolalarda yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya reaksiyalar profili kattalardagi kuzatilganlarga o‘xshash edi. 268 nafar bolalar ishtirok etgan tadqiqotda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qon tomirlarining kengayishi, burundan qon ketishi, qorin sohasida og‘riq, asteniya.
Nojo‘ya reaksiyalarning aksariyati yengil yoki o‘rtacha darajada edi. Og‘ir nojo‘ya reaksiyalar (asosan bosh og‘rig‘i) 2,5 mg amlodipin qo‘llanganda 7,2 %, 5 mg amlodipin qo‘llanganda 4,5 %, va platsebo guruhida 4,6 % hollarda kuzatildi. Tadqiqotdan chiqarib tashlashning eng keng tarqalgan sababi nazorat qilinmaydigan gipertenziya edi. Tadqiqotdan chiqarib tashlash biror marta ham laborator ko‘rsatkichlarning normadan chetlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan. Yurak urish tezligida muhim o‘zgarishlar qayd etilmagan.
Shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish muhim ahamiyatga ega. Bu ushbu dori vositasini qo‘llash bilan bog‘liq foyda va xavf o‘rtasidagi nisbatni doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Shifokorlar har qanday shubhali nojo‘ya reaksiyalar haqida amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hisobot berishlari lozim.