-
Tarkibi
Tabletkalar - 1 tab.:
Faol komponentlar: Yirik shoxli qoramol o'ti - 0,080 g; Sarimsoq piyozining boshchalari - 0,040 g; Faollashtirilgan ko'mir - 0,025 g; Qizilmiya barglari - 0,005 g;
Yadro yordamchi moddalari: Mikrokristallik tsellyuloza - 0,05685 g; Talk - 0,00210 g; Kalsiy stearati - 0,00105 g; Massandra - 0,210 g;
Qobiq yordamchi moddalari: Shakar (saxaroza) - 0,130689 g; Magniy karbonat asosiy (magniy gidroksikarbonat) - 0,031410 g; Titan dioksidi pigmentli (titan dioksid) - 0,004574 g; Past molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon (povidon) - 0,003532 g; Aerosil (kolloid kremniy dioksid) - 0,001766 g; Talk - 0,001766 g; Polietilenglikol 6000 (makrogol) - 0,000883 g; Vazelin moyi (suyuq parafin) - 0,000265 g; Asal mumi - 0,000115 g.
Qobiq massasi - 0,175 g.
Qobiq bilan qoplangan tabletka massasi - 0,385 g.
10 ta tabletkadan konturli yacheykali o'ramda. 5 ta konturli yacheykali o'ram va qo'llanma bilan birga karton qutida. 100 yoki 200 ta konturli yacheykali o'ram va shuncha miqdorda qo'llanma bilan birga karton quti yoki sandiqda.
-
Qo'llanilishi
Surunkali reaktiv gepatit, xolangit, kalkulyoz bo'lmagan xolesistit, o't yo'llari diskineziyasi, postxolesistektomik sindrom, surunkali atonik qabziyat (kompleks davolash tarkibida).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga individual yuqori sezuvchanlik, kalkulyoz xolesistit, obturatsion sariqlik, o'tkir gepatit, o'tkir va subo'tkir jigar distrofiyasi, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (kuchayish bosqichida), o'tkir enterokolit, o'tkir pankreatit; saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi; 18 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
Agar Sizda yuqorida sanab o'tilgan kasalliklardan biri bo'lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Ehtiyotkorlik bilan:
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar va uglevodlar miqdori kamaytirilgan dietada bo'lgan shaxslarda.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan keyin kuniga 3-4 marta 1-2 tabletkadan. Davolash kursi - 3-4 hafta. O't yo'llari diskineziyasining kuchayishi davrida 1-2 oy davomida kuniga 2-3 marta 1 tabletkadan qabul qilinadi. Takroriy davolash kurslari 3 oylik tanaffus bilan o'tkaziladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar, diareya mumkin.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat. Xolekinetik va xoleretik ta'sirga ega, ichakda chirish va achish jarayonlarini kamaytiradi. Jigar hujayralarining sekretor funksiyasini kuchaytiradi, reflektor tarzda me'da-ichak trakti organlarining sekretor va harakat faolligini oshiradi, toksik moddalarni bog'laydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar shuni inobatga olishlari kerakki, preparatning bitta tabletkasida taxminan 0,2 g uglevod (0,017 XE) mavjud. O't tosh kasalligida preparat ehtiyotkorlik bilan, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan va UTT tekshiruvini o'tkazgandan so'ng qo'llaniladi.
Preparatni qo'llash potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga, alohida e'tibor va tezkor reaksiya talab qiladigan ishlarni (avtotransport boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) bajarishga ta'sir qilmaydi.
Bolalarga preparat faol komponentlari yarmiga teng miqdorda bo'lgan maxsus dori shaklida buyuriladi.