Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Alizol-D, 20 mg/10 mg, kapsulalar № 10
Alizol-D, 20 mg/10 mg, kapsulalar № 10
Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    14 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari alizol-d, 20 mg/10 mg, kapsulalar № 10
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kapsulalar
  • Dozalash
    20 mg / 10 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 kapsula tarkibida: Faol moddalari: Omeprazol 20 mg; Domperidon 10 mg. Yordamchi moddalari: polimetakril kislotasi, shakar, kraxmal
  • Qo'llanilishi
    Alizol-D kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, domperidon va omeprazolni o‘z ichiga oladi, reflyuks-ezofagitda dispepsiya bilan, qo‘shimcha proton nasosi ingibitorlari yoki N2-retseptorlar antagonisti tayinlanmasdan buyuriladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - me’da-ichak qon ketishi; - me’da yoki ichakning o‘tmasligi; - me’da perforatsiyasi; - prolaktinoma; - preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar; - homiladorlik, laktatsiya davri; - buyrak/jigar yetishmovchiligi.
  • Qo'llash usuli
    Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga, kasallik simptomlarining og‘irligiga qarab, Alizol-D kuniga bir yoki ikki kapsuladan, ertalab och qoringa buyuriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Domperidon - Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, qabziyat, ichak spazmlari; - Markaziy asab tizimi tomonidan: ekstrapiramidal buzilishlar; - Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda – toshma, eshakemi; - Boshqalar: bosh og‘rig‘i, qonda prolaktin darajasining oshishi; kamdan-kam hollarda – galaktoreya, ginekomastiya. Omeprazol - Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qabziyat, qorin og‘rig‘i, meteorizm, og‘iz qurishi, ishtahaning yo‘qolishi; - Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik (shu jumladan mushak), uyqu buzilishi, uyquchanlik, depressiya, xavotir; - Tayoq-mushak tizimi tomonidan: ayrim hollarda – artralgiyalar, mushak zaifligi, mialgiya; - Qon hosil qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – anemiya, eozinofiliya, trombotsitopeniya; - Allergik reaksiyalar: teri toshmasi. Agar ushbu simptomlar yoki boshqa nojo‘ya hodisalar yuzaga kelsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish, me'dani yuvish va shifokorni chaqirish kerak.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Alizol-D ikki komponenti bilan bog‘liq. Domperidon o‘z ta’sirini me’dada, omeprazol esa ingichka ichak darajasida ko‘rsatadi. Domperidon – qusishga qarshi preparat. Periferik va markaziy dopamin retseptorlarining antagonisti. Me’da antral bo‘limi va o‘n ikki barmoqli ichakning peristaltik qisqarishlari davomiyligini oshiradi. Me’da bo‘shashuvi sekinlashgan hollarda uni tezlashtiradi, pastki qizilo‘ngach sfinkterining tonusini oshiradi. Qayt qilishni tinchlantiradi. Qon zardobida prolaktin darajasini oshiradi. Omeprazol – yara kasalligiga qarshi antisekretor preparatlar guruhiga kiradi. U me’da shilliq qavatining parietal hujayralariga oson kirib boradi, ularda to‘planadi va kislotali pH qiymatida faollashadi. Faol metabolit – sulfenamid parietal hujayralarning sekretor membranasidagi N+, K+-ATFazani (proton nasosi) tormozlaydi, natijada vodorod ionlarining me’da bo‘shlig‘iga chiqishini to‘xtatadi va xlorid kislota sekretsiyasining yakuniy bosqichini bloklaydi. Dozaga bog‘liq holda bazal va stimulyatsiyalangan sekretsiya darajasini, umumiy me’da sekretsiyasi hajmini va pepsin ajralishini kamaytiradi. Xlorid kislotaning ham tungi, ham kunduzgi ishlab chiqarilishini samarali tormozlaydi. Helicobacter pylori ga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Omeprazol va antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llashda H.pylori ni eradikatsiya qilish kasallik simptomlarini tez bartaraf etish, shikastlangan shilliq qavatning yuqori darajada bitishini va barqaror uzoq remissiyani ta’minlaydi, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketish rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Refluksli yarali ezofagitda qizilo‘ngachda kislota ekspozitsiyasini normallashtirish va me’da ichidagi pH>4,0 ni 24 soat davomida ushlab turish me’da tarkibining shikastlovchi xususiyatlarini kamaytirish (pepsinogendan pepsinga o‘tishni tormozlash) simptomlarni yengillashtirish va qizilo‘ngach shikastlanishlarini to‘liq bitishini ta’minlaydi (bitish darajasi 90% dan yuqori). Og‘ir va asoratli eroziyali va yarali ezofagitning H2-gistamin retseptorlari blokatorlariga chidamli shakllarini davolashda yuqori samarali. Uzoq muddatli qo‘llash refluksli ezofagitning qaytalanishini oldini oladi va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Gastroezofageal refluks kasalligida 1 yil davomida 85% bemorlarda remissiyani ta’minlaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparat faqat shifokor nazorati ostida buyurilishi tavsiya etiladi. Preparat bolalarga buyurilishi tavsiya etilmaydi, chunki Alizol-D ni ushbu toifadagi bemorlarda klinik qo‘llash tajribasi yo‘q. Davolashni boshlashdan oldin me’da-ichak traktida, ayniqsa anamnezda me’da yarasi bo‘lsa, yomon sifatli yangi o‘smaning mavjudligini istisno qilish kerak. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak (biokiraolish va yarim chiqarilish davri oshishi sababli). Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Alizol-D avtomobil haydash va mexanizmlar bilan ishlashda ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach iste’mol qilmaslik kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Siptomlar: domperidon hisobiga – qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, sustlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, metabolik atsidoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimning pasayishi, bradikardiya, taxikardiya, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, nafas to‘xtashi. Omeprazol hisobiga – ko‘rishning noaniqligi, ongning chalkashishi, bosh og‘rig‘i, terlashning kuchayishi, uyquchanlik, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya. Davolash: me'dani yuvish (faqat qabul qilingandan so‘ng bir soat ichida, ishqoriy ichimlik), majburiy diurez, simptomatik terapiya.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Domperidon Bir vaqtda qo‘llanilganda antixolinergik preparatlar domperidon ta’sirini neytrallashi mumkin. Domperidon bilan birga qo‘llanilganda antasid va antisecretor preparatlar uning biofoydalanishini kamaytiradi. In vitro tadqiqotlar asosida, domperidon bilan birga sitoxrom CYP3A4 fermentini sezilarli darajada ingibir qiluvchi dori vositalari (azol guruhiga mansub zamburug‘ga qarshi preparatlar, makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklar, OIV-proteaza ingibitorlari, antidepressant (nefazodon)) qo‘llanilganda domperidon darajasi plazmada oshishi mumkinligi taxmin qilinadi. Domperidon paratsetamol va digoksin darajasiga ta’sir qilmaydi. Domperidon bir vaqtda ichga qabul qilinadigan faol moddaning sekin ajralishi yoki ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan preparatlarning so‘rilishiga ta’sir qilishi mumkinligi istisno qilinmaydi. Omeprazol So‘rilishi pH ga bog‘liq bo‘lgan har qanday dori vositasining (ketokonazol, temir tuzlari) biofoydalanishini o‘zgartiradi. Omeprazol jigarda oksidlanish yo‘li bilan metabolizatsiyalanadigan dorilarning yarim chiqarilish davri va ta’sir davomiyligini oshirishi mumkin (diazepam, varfarin); kumarinli antikoagulyantlar va difenin ta’sirini kuchaytiradi; benzodiazepin trankvilizatorlarining (sibazon) chiqarilishini sekinlashtiradi. Klaritromitsin bilan (o‘zaro) qon zardobida konsentratsiyasini oshiradi. Omeprazolni antasidlar bilan birga qo‘llanganda dori vositalari o‘rtasida o‘zaro ta’sir aniqlanmagan.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Заказала капсулы на Oxymed. Эффективно помогают при гастрите. Доставка быстрая. Спасибо!
    06 August 2024
    0
    0
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат! Помог мне справиться с гастритом. Рекомендую всем!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico