Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Aqualor baby (yumshoq dush) 150 ml
Aqualor baby (yumshoq dush) 150 ml
Ishlab chiqaruvchi: YS Lab
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari aqualor baby (yumshoq dush) 150 ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Sprey
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    150 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    tabiiy dengiz suvi, tozalangan suv
  • Qo'llanilishi
    burun bo‘shlig‘i, burun atrofidagi bo‘shliqlar va burun-halqumning o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarini (infeksion, allergik, atrofik) oldini olish va kompleks davolash: ­ o‘tkir va surunkali rinitlar (burun oqishi); ­ o‘tkir va surunkali sinusitlar (shu jumladan, gaymorit); ­ o‘tkir va surunkali adenoiditlar; ­ allergik va vazomotor rinitlar; ­ subatrofik rinitlar (shilliq qavatning qurishi); • nafas yo‘llari infeksiyalarini (gripp, O‘RVI va boshqalar) oldini olish va kompleks davolash; • burun bo‘shlig‘i va burun-halqumning kundalik gigiyenasi; • burun bo‘shlig‘i va burun atrofidagi bo‘shliqlarda jarrohlik aralashuvlardan keyingi holatlarni oldini olish va kompleks davolash;
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Tibbiy buyum komponentlariga individual toqatsizlik.
  • Qo'llash usuli
    Burun bo‘shlig‘ini yuvish zaruratga ko‘ra, o‘rtacha kuniga 3-4 marta, zarurat bo‘lsa, undan ham tez-tez o‘tkaziladi. Vosita qo‘llash muddati va tez-tezligi cheklanmagan. Muhim! Muolaja davomida yuvish o‘tkazilayotgan odam nafas olmasligi, gapirmasligi yoki baqirmasligi kerak. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun. Erta yoshdagi bolalarda burunni yuvish tana vertikal holatda, yaxshisi kattalar quchog‘ida o‘tirgan holda (agar bola o‘tirishni bilsa) o‘tkaziladi. Bunda bolaning boshi to‘g‘ri va bir oz oldinga egilgan bo‘lishi kerak. Yuvish vaqtida bolaning boshi orqaga tashlanmasligiga e’tibor bering. 1.Ballon uchini o‘ng burun teshigiga kiriting. 2.Purkagichni bosing va bir necha soniya ushlab turing, shu tarzda o‘ng burun bo‘lagini yuvib chiqing. 3.Burun bo‘shlig‘idan yuvish suyuqligining qoldiqlarini olib tashlang (bolani burunini chiqarib yoki aspirator yordamida). 4.Xuddi shu tartibda chap burun bo‘lagini yuvib chiqing. 5.Zarurat bo‘lsa, muolajani takrorlang. 2 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun. Bolalar va kattalarda burunni yuvish tana vertikal holatda (o‘tirib yoki tik turgan holda) o‘tkaziladi. Bunda bosh to‘g‘ri va bir oz oldinga egilgan bo‘lishi kerak. Yuvish vaqtida bosh orqaga tashlanmasligiga e’tibor bering. 1.Ballon uchini o‘ng burun bo‘lagiga kiriting. 2.Purkagichni bosing va bir necha soniya ushlab turing, shu tarzda o‘ng burun bo‘lagini yuvib chiqing. 3.Yuvish suyuqligining qoldiqlarini burunni chiqarib yoki (bolalarda zarurat bo‘lsa) aspirator yordamida olib tashlang. 4.Xuddi shu tartibda chap burun bo‘lagini yuvib chiqing. 5.Zarurat bo‘lsa, muolajani takrorlang.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Aniqlanmagan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Bolalar va kattalar uchun burun bo‘shlig‘ini yuvish va sug‘orish vositasi «Aqualor bebi» burun uchun anatomik nasadkali va plastik qopqoqli metall ballon ichida aerozol ko‘rinishida taqdim etiladi. Ballon tarkibi — shaffof, rangsiz, hidsiz, biroz sho‘r ta’mli suyuqlik bo‘lib, izotonik NaCl konsentratsiyasiga ega steril dengiz suvi eritmasidir. Konservantlar saqlamaydi. Dori vositasi emas. Bolalar va kattalar uchun burun bo‘shlig‘ini yuvish va sug‘orish vositasi «Aqualor bebi» burun bo‘shlig‘i, burun atrofidagi bo‘shliqlar va burun-halqumning o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (infeksion, allergik, atrofik), burun va burun atrofidagi bo‘shliqlarda jarrohlik aralashuvlardan keyingi holatlar, shamollash kasalliklari ko‘paygan davrda, shuningdek, burun bo‘shlig‘i va burun-halqumning kundalik gigiyenasi uchun profilaktika va kompleks davolashda qo‘llaniladi. Shilimshiqni olib tashlash, ajralmalarni kamaytirish, qobiqchalarni yumshatish va olib tashlash, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini namlash uchun mo‘ljallangan. Burun bo‘shlig‘i va burun-halqum shilliq qavatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, burun bitishini kamaytirishga va burun orqali nafas olishni tiklashga yordam beradi. Bolalar va kattalar uchun burun bo‘shlig‘ini yuvish va sug‘orish vositasi «Aqualor bebi» bilan burun bo‘shlig‘i yuvilgandan so‘ng, burun shilliq qavatiga surtiladigan dori vositalarining terapevtik samaradorligi oshadi, nafas yo‘llari kasalliklarining davomiyligi qisqaradi, infeksiya burun atrofidagi bo‘shliqlar va quloq bo‘shlig‘iga tarqalish xavfi kamayadi. Individuallik uchun va tibbiyot muassasalarida qo‘llash sharoitlari.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Покупкой довольна, удобный формат и качество продукта на высоте
    05 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт для моего малыша, помогает очищать нос и увлажнять слизистые
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico