Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Akriderm 0,05% 15 g
Akriderm 0,05% 15 g
Ishlab chiqaruvchi: Акрихин
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    1 yoshdan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
19 359 so'm 23 900 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari akriderm 0,05% 15 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Krem - 100 g: faol modda: betametazona dipropionat (betametazona dipropionat mikronizatsiyalangan) 100% modda hisobida – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga teng; yordamchi moddalari: metilparagidroksibenzoat, qattiq parafin, vazelin; propilenglikol; suyuq parafin; emulsion mum; dinatriy edetat (trilon B), natriy sulfit; tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Glyukokortikosteroid terapiyasiga moyil teri kasalliklari: atopik dermatit; allergik kontakt dermatit; ekzema (turli shakllari); kontakt dermatit (shu jumladan, professional) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nurlanish dermatitlari); hasharot chaqishiga reaksiyalar; psoriaz; bullez dermatouzlar; diskoid qizil volchanka; qizil yassi temiratki; ekssudativ ko‘p shaklli eritema; turli etiologiyali teri qichishishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Betametazonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Bakterial (teri sil kasalligi, terining sifilisda namoyon bo‘lishi), zamburug‘li, virusli (suvchechak, oddiy gerpes) teri kasalliklari, terining emlashdan keyingi reaksiyalari, ochiq yaralar, boldir trofik yaralari, rozatsea, oddiy akne, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, laktatsiya davri va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Tashqi. Akriderm® kremi terining zararlangan sohasiga yupqa qatlamda kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun, yengil surib qo‘llaniladi. Qalinroq terili sohalarga (masalan, tirsaklar, kaftlar va tovonlar), shuningdek, preparat oson artib yuboriladigan joylarga Akriderm® kremi ko‘proq qo‘llanilishi mumkin. Davolash davomiyligi terapiya samaradorligi va o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘lib, odatda 4 haftadan oshmaydi. Yil davomida terapiyani bir necha marta takrorlash mumkin. Akriderm® kremi kasallikning o‘tkir yallig‘lanish bosqichida, shu jumladan namlanayotgan teri zararlanishlarida qo‘llaniladi. Bolalar va yuz terisi zararlangan bemorlarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Agar klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni aniqlashtirish zarur.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Odatda, kuchsiz ifodalangan bo‘ladi. Tashqi glyukokortikosteroidlar qo‘llanganda quyidagilar kuzatilishi mumkin: teri qichishishi, kuydirish, tirnash, teri qurishi, follikulit, gipertixoz, striyalar, aknega o‘xshash toshmalar (“steroid” akne), gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit. Uzoq muddatli qo‘llashda, shuningdek, okklyuzion bog‘lamlar ishlatilganda – teri makeratsiyasi, ikkilamchi infeksiya, teri atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangioektaziya, issiq urishi, purpura. Preparat katta yuzalarga surtilganda, asosan bolalarda, glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya ta’sirlari (giperglikemiya, glikozuriya, buyrak usti bezi po‘stlog‘i funksiyasining qaytar reversible susayishi, Itsenko-Kushing sindromi namoyon bo‘lishi) yuzaga kelishi mumkin. Yo‘riqnomada tavsiflanmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Akriderm® – tashqi qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ, tomirlarni toraytiruvchi, qichishishga qarshi va antiproliferativ ta’sir ko‘rsatadi. Leykotsitlarning to‘planishini, lizosomal fermentlar va yallig‘lanish mediatorlarining yallig‘lanish o‘chog‘ida ajralishini to‘xtatadi, fagotsitozni susaytiradi, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish shishining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Preparat teri yuzasiga surtilganda yallig‘lanish o‘chog‘ida tez va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, obyektiv simptomlar (eritema, shish, lixenifikatsiya) va subyektiv sezgilarni (qichishish, tirnash, og‘riq) kamaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Extiyotkorlik bilan: Uzoq muddatli qo‘llashda yoki katta yuzalarga surtilganda: katarakta, qandli diabet, glaukoma, sil. Preparatni yuz terisiga uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki rozatsea, perioral dermatit va akne rivojlanishi mumkin. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Akriderm® krem oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparat ko‘zga tushishidan saqlaning. Preparat ko‘z shilliq qavatiga tushganda katarakta, glaukoma, ko‘zning zamburug‘li infeksiyalari va gerpetik infeksiyaning kuchayishi rivojlanishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda, preparatni keng teri yuzalariga surtilganda, shuningdek qo‘ltiq osti va chanoq burmalarida, o‘tkazmaydigan bog‘lovlar, tagliklar ishlatilganda glyukokortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi mumkin. 1 yoshdan boshlab bolalarga preparat faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokor nazorati ostida buyuriladi, chunki betametazon bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkin. 1 yoshdan katta bolalarda mazni qo‘llashda umumiy davolash davomiyligini cheklash va rezorbsiyani kuchaytiruvchi tadbirlarni (isituvchi, mahkamlovchi va o‘tkazmaydigan bog‘lovlar, tagliklar) istisno qilish zarur. Preparat keng yuzalarga va/yoki o‘tkazmaydigan bog‘lov ostida qo‘llanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti tizimi funksiyasining susayishi va giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o‘sish gormoni ekskresiyasining kamayishi, bosh ichki bosimining oshishi kuzatilishi mumkin.  Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarning mahalliy qo‘llanish xavfsizligi aniqlanmagan; ushbu guruh preparatlarini homiladorlik davrida buyurish faqat onaga bo‘lgan potentsial foyda homilaga bo‘lgan mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa asosli hisoblanadi. Homiladorlik davrida ushbu guruh preparatlarini yuqori dozalarda yoki uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Ta’sir qilmaydi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    O'tkir dozani oshirib yuborish ehtimoli past, biroq preparatni haddan tashqari yoki uzoq muddat qo'llashda giperkortitsizm belgilariga ega surunkali dozani oshirib yuborish mumkin: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po'stlog'i funksiyasining qaytar reversible susayishi, Itsenko-Kushing sindromi namoyon bo'lishi.

    Davolash: preparatni bekor qilish va zarur bo'lsa simptomatik davolash o'tkazish tavsiya etiladi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilmurod
    ico ico ico ico ico
    Купил на Oxymed, эффективно уменьшил воспаления на коже. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Отличный крем, помог справиться с прыщами за короткий срок.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico