-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi modda: 1 ml eritmada adrenalin tartarat (epinefrin tartarat) 100% quruq modda hisobida 1,8 mg;
yordamchi moddalari: natriy metabisulfit, natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Allergik reaksiyalar zudlik bilan rivojlanadigan turlari: dori vositalari, zardoblar qo‘llanilganda yoki allergenlar bilan kontaktda rivojlangan anafilaktik shok. Bronxial astma – xurujni to‘xtatish. Insulin dozasining oshirib yuborilishi natijasida gipoglikemiya. Gipokaliemiya. Asistoliya, yurak to‘xtashi. Mahalliy anestetiklarning ta’sirini uzaytirish. Keskin rivojlangan AV-blokada III daraja.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP), feoxromotsitoma. Arterial gipertenziya. Taxiaritmiya. Yurak ishemik kasalligi. Qorincha fibrillyatsiyasi. Qon yurakcha fibrillyatsiyasi, qorincha aritmiyasi. Metabolik atsidoz. Giperkapniya, gipoksiya. O‘pka gipertenziyasi. Gipovolemiya. Miokard infarkti. Allergik bo‘lmagan genezli shok: kardiogen, travmatik, gemorragik. Tireotoksikoz. Tomirlarning o‘tkir kasalliklari: arterial emboliya, ateroskleroz, Byurger kasalligi, sovuq shikastlanishi, diabetik endarteriit, Reyno kasalligi. Serebral ateroskleroz. Yopiq burchakli glaukoma. Parkinson kasalligi. Tutqanoq sindromi. Prostata bezi gipertrofiyasi. Ingalatsion vositalar bilan umumiy anesteziya: ftorotan, siklopropan, xlorofrom. Homiladorlik, laktatsiya davri.
-
Qo'llash usuli
Preparat teri ostiga, mushak ichiga, ba’zan vena ichiga yoki vena ichiga tomchilab buyuriladi.
Anafilaktik shok: vena ichiga sekin 0,5 ml 40 % glyukoza eritmasining 20 ml da suyultirilgan holda. Keyinchalik, zarurat bo‘lsa, vena ichiga tomchilab yuborishni 1 mkg/min tezlikda davom ettiriladi, buning uchun 1 ml adrenalin eritmasi 400 ml izotonik natriy xlorid yoki 5 % glyukozada eritiladi. Bemor holati imkon bersa, mushak ichiga yoki teri ostiga 0,3–0,5 ml suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda yuborish afzal.
Bronxial astma: teri ostiga 0,3–0,5 ml suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda. Zarurat bo‘lsa, ushbu doza har 20 daqiqada (3 martagacha) qayta yuborilishi mumkin. Vena ichiga 0,3–0,5 ml suyultirilgan holda yuborish mumkin.
Qon tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida vena ichiga tomchilab 1 mkg/min tezlikda (zarurat bo‘lsa 2–10 mkg/min gacha oshirilishi mumkin) yuboriladi.
Asistoliya holatida: yurak ichiga 0,5 ml, 0,9 % natriy xlorid eritmasining 10 ml da suyultirilgan holda yuboriladi. Reanimatsiya tadbirlari vaqtida – 1 ml (suyultirilgan holda) vena ichiga sekin har 3–5 daqiqada.
Yangi tug‘ilganlarda asistoliya: vena ichiga 10–30 mkg/kg har 3–5 daqiqada, sekin.
Bolalarda anafilaktik shokda: teri ostiga yoki mushak ichiga – 10 mkg/kg (maksimal – 0,3 mg gacha). Zarurat bo‘lsa, yuborish har 15 daqiqada (3 martagacha) takrorlanadi.
Bolalarda bronxospazmda: teri ostiga 10 mkg/kg (maksimal – 0,3 mg gacha). Zarurat bo‘lsa, yuborish har 15 daqiqada (3–4 martagacha) yoki har 4 soatda takrorlanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat qo‘llanilganda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar mumkin:
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: stenokardiya, bradikardiya yoki taxikardiya, yurak urishini sezish, arterial bosimning oshishi yoki pasayishi; yuqori dozalarda – qorinchalar aritmiyalari; kamdan-kam – aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq;
nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, xavotirli holat, tremor, bosh aylanishi, asabiylik, charchoq, psixonevrotik buzilishlar, psixomotor qo‘zg‘alish, dezorientatsiya, xotira buzilishi, tajovuzkor yoki vahimali xatti-harakat, shizofreniyaga o‘xshash buzilishlar, paranoya, uyqu buzilishi, mushaklarning qaltirashi;
hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish;
siydik chiqarish tizimi tomonidan: kamdan-kam – siydik chiqarishda qiyinchilik va og‘riq (prostata bezining gipertrofiyasida);
mahalliy reaksiyalar: mushak ichiga in’ektsiya joyida og‘riq yoki kuydiruvchi hissi;
allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, bronxospazm, teri toshmasi, ko‘p shaklli eritema;
boshqalar: gipokaliemiya, terlashning kuchayishi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Yurak ichiga yuboriladi asistoliya bo‘lsa, agar uni bartaraf etishning boshqa usullari mavjud bo‘lmasa, bunda yurak tamponadasi va pnevmotoraks rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.
Agar infuziya o‘tkazish zarurati tug‘ilsa, infuziya tezligini nazorat qilish uchun o‘lchov moslamasi bo‘lgan asbobdan foydalanish kerak. Infuziya yirik, yaxshisi markaziy, venaga o‘tkazilishi lozim.
Infuziya o‘tkazishda qon zardobida K+ konsentratsiyasini, arterial bosimni, diurezni, yurak chiqish fraksiyasini (YOChF), EKG, markaziy venoz bosimni, o‘pka arteriyasidagi bosimni va o‘pka kapillyarlarida bosimni aniqlash tavsiya etiladi.
Agar preparatni miokard infarktida qo‘llash zarurati tug‘ilsa, adrenalin miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshirish hisobiga ishemiyani kuchaytirishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Preparatni qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash glikemiyani oshiradi, shu sababli insulin yoki sulfonilmochevina hosilalarining yuqoriroq dozalari talab qilinadi.
Endotrakeal yuborishda preparatning so‘rilishi va plazmadagi yakuniy konsentratsiyasi oldindan aytib bo‘lmaydi.
Allergik bo‘lmagan shokda adrenalin yuborilishi qon, plazma, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar va/yoki tuzli eritmalar quyishni almashtirmaydi.
Adrenalinni uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki periferik tomirlarning torayishi natijasida nekroz yoki gangrena rivojlanishi mumkin.
Davolashni to‘xtatishda adrenalin dozasini asta-sekin kamaytirish kerak, chunki terapiyani to‘satdan bekor qilish og‘ir gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.
Preparat bilan davolash davrida avtotransport boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: qo‘rquv, bezovtalik, tremor, yurak ritmi buzilishi, bosh og‘rig‘i. Arterial bosimning keskin oshishi natijasida miya qon quyilishlari bo‘lishi mumkin. Katta dozalarda yuborilganda (teriga yuborilganda minimal o‘lim dozasi 10,0 ml 0,18 % eritma) midriaz, arterial bosimning sezilarli oshishi, taxikardiya va qorinchalar fibrillyatsiyasiga o‘tish ehtimoli rivojlanadi.
Davolash. Adrenalin dozasi oshib ketishini ?- va ?-adrenoblokatorlar, tez ta’sir qiluvchi nitratlar yordamida bartaraf etish mumkin. Og‘ir asoratlarda kompleks terapiya zarur. Aritmiyada parenteral ?-adrenoblokatorlar buyuriladi.