-
Tavsif
Dikuly Forte balzami bo‘g‘im jarohatlari (lat yeyish, cho‘zilish, sinish)da harakat funksiyalarini tiklashga yordam beradi, radikulit, osteoxondroz, artrit va artrozlarning rivojlanishini oldini oladi va ushbu kasalliklarning og‘ir shakllarida kompleks davolash muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Uning yuqori samaradorligi Dikuly tibbiyot markazlarida og‘ir jarohatlar va tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda klinik sinovlar davomida tasdiqlangan. Balzamdan foydalanish limfa va qon aylanishini kuchaytiradi, moddalar almashinuvini faollashtiradi, sinovial (bo‘g‘im) suyuqlik hosil bo‘lishiga, tuz cho‘kmalari chiqarilishiga, xaftaga to‘qimasining regeneratsiyasiga yordam beradi, yallig‘lanish o‘chog‘ining so‘rilishini tezlashtiradi. Boylam apparati va bo‘g‘imlar ko‘proq harakatchanlikka ega bo‘ladi.
-
Tarkibi
Suv,
liposomal-emulsion kompleks №3 (stearin kislotasi, emulsion mum Neowax, glitserin, o'simlik moyi, anhidrid lanolin, propilenglikol, mikrokor IT, nimesulid, natriy gidroksidi, antioksidant Grindoks),
oblepixa moyi,
choy daraxti efir moyi,
itburun ekstrakti,
qoraqayin ekstrakti,
romashka ekstrakti,
chistotel ekstrakti,
chaga ekstrakti,
ginkgo biloba ekstrakti,
aloe ekstrakti,
propolis ekstrakti,
mumiyo,
ari zahri,
ayiq o'qi,
A va E vitaminlari,
vitanol,
kollegen gidrolizati,
D-pantenol,
mikrokor DMP,
parfyumeriya kompozitsiyasi.
-
Qo'llanilishi
Radikulit va osteoxondroz, artrozlar, podagra, hamda lat yeyishlar, cho‘zilishlar va sinishlarda qo‘llaniladi. Balzam og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, qon mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga individual toqat qilmaslikda qo'llash mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
Profilaktik maqsadda zo‘rayish xavfi bo‘lsa (immunitetning pasayishi, ortiqcha yuklama, shamollash kasalliklari, sovqotish) – krem-balzamni xavf zonasiga 3 daqiqa davomida 2-3 marta kuniga kuchli surib singdirish kerak. Osteoxondroz, radikulit zo‘rayganda, nevralgik og‘riqlarda – kremni yengil massaj harakatlari bilan 2 daqiqa davomida 2-3 marta kuniga surtish kerak. Og‘riqli joyni jun mato bilan o‘rash kerak. Davolash kursi 1 haftadan 6 haftagacha. Artrit, artroz, podagrada – krem-balzamni aylana harakatlar bilan 3-5 daqiqa davomida 2-3 marta kuniga intensiv surib singdirish kerak. Jun mato bilan o‘rash kerak. Kurs 2 haftadan 6 haftagacha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar aniqlanmadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaksiyalar yuzaga kelgan taqdirda qo‘llashni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.