Tavsif
Nestogen 4 bolalar suti maxsus ravishda bolaning muvozanatli sog‘lom ovqatlanishi va qulay hazm bo‘lishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.
Nestogen 4 suti prebiotiklar va noyob laktobakteriyalar L.reuteri bilan ichak motorikasini yaxshilashga, muntazam yumshoq najas shakllanishiga va sog‘lom mikroflora rivojlanishiga yordam beradi. Sog‘lom ichak mikroflorasi immunitetni saqlash, rivojlantirish va mustahkamlash uchun zarur.
Nestogen 4 suti muvozanatli mahsulot bo‘lib, 18 oydan katta bolalar ratsionida sigir sutini almashtiradi. Nestogen 4 bolalar suti bolaning optimal o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ratsionni to‘ldiradi.
MUHIM ESLATMA Ko‘krak suti chaqaloq uchun ideal oziqdir. Qo‘shimcha ovqat kiritilgandan so‘ng ham emizishni imkon qadar uzoq davom ettiring. Nestogen 4 suti 18 oydan boshlab sog‘lom bolalarni oziqlantirish uchun mo‘ljallangan va ko‘krak sutining o‘rnini bosmaydi. Mahsulot maxsus tasdiqlangan yetkazib beruvchilardan olingan xom ashyodan, genetik modifikatsiyalangan ingredientlar, konservantlar va bo‘yoqlarsiz ishlab chiqarilgan.
Tirik bakteriyalarni saqlash uchun qaynatilgan suvni taxminan tana haroratigacha (37 ̊S) sovitish va so‘ngra quruq aralashmani qo‘shish kerak. Aralashmani tayyorlash uchun o‘lchov qoshiqdan, tepasi to‘ldirilmagan holda foydalanish lozim. Kukunning jadvalda ko‘rsatilgan miqdoridan ko‘proq yoki kamroq miqdorda eritilishi bolaning organizmida suvsizlanishga yoki ovqatlanishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan proporsiyalarni tibbiy xodim tavsiyasisiz o‘zgartirish mumkin emas. Bu yoshda bolaning ovqatlanishi xilma-xil bo‘lib boradi (bosqichma-bosqich bo‘tqa, sabzavot, meva, go‘sht va baliq kiritiladi). Bolaning menyusiga qo‘shimcha ovqat kiritishdan oldin tibbiy xodim bilan maslahatlashing. Agar shifokoringiz tomonidan erta qo‘shimcha ovqat kiritish tavsiya etilgan bo‘lsa, bolalar aralashmasi iste’molini tavsiyaga muvofiq kamaytiring.
Tarkibi
Yog‘sizlantirilgan sut, maltodekstrin, demineralizatsiyalangan sut zardobi, o‘simlik yog‘lari aralashmasi (kam erukli raps yog‘i, kungaboqar yog‘i, yuqori oleinli kungaboqar yog‘i, kokos yog‘i), sut yog‘i, laktoza, prebiotiklar (galaktooligosaxaridlar (GOS) va fruktooligosaxaridlar (FOS)), kaltsiy sitrati, emulgator (soya lecitini), kaliy sitrati, kaltsiy fosfati, natriy sitrati, vitaminlar (L-askorbat natriy, askorbilpalmitat (S), DL-alfa tokoferol atsetat (E), D-pantotenat kaltsiy (B5), nikotinamid (PP), tiamin mononitrat (B1), retinol atsetat (A), piridoksin gidroxlorid (B6), riboflavin (B2), D3 xolekalsiferol (D), fitomenadion (K), foliy kislotasi (B9), D-biotin (B7), siankobalamin (B12)), natriy fosfati, kaliy fosfati, magniy sitrati, kislotalilikni tartibga soluvchi kaliy gidroksidi, laktobakteriyalar madaniyati L. reuteri (kamida 8,9x10^5 KOYe/g), temir sulfat, rux sulfat, mis sulfat, kaliy yodidi, natriy selenat.