Tarkibi
yog'siz sut, sut zardobi, o'simlik yog'lari (yuqori oleinli kungaboqar yog'i, past erukli raps yog'i, kungaboqar yog'i, Mortierella Alpina yog'i, Schizochytrium sp. suvo't yog'i, antioksidantlar (alfa-tokoferol, L-askorbilpalmitat)), laktoza, kalsiy sitrat, emulgator (soya lecitini), kaliy fosfat (ortofosfor kislotasining kaliy tuzi), kalsiy fosfat (ortofosfor kislotasining kalsiy tuzi), kaliy sitrat, natriy sitrat, oligosaxaridlar 2'-fukozillaktoza (2' FL), magniy sitrat, kaliy xlorid, vitamin-mineral premiks (L-askorbat natriy (C), natriy xlorid, DL-alfa-tokoferol asetat (E), D-pantotenat kalsiy (Pantoten kislotasi), nikotinamid (PP), tiamin mononitrat (B1), piridoksin gidroxlorid (B6), retinol asetat (A), riboflavin (B2), kaliy yodid, foliy kislotasi, marganets sulfat, fitomenadion (K), natriy selenat, D-biotin (Biotin), D3 xolekalsiferol (D), siankobalamin (B12)), temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, kislotalilik regulyatori (limon kislotasi), bifidobakteriyalar madaniyati B. lactis. Azot bilan modifikatsiyalangan muhitda qadoqlangan.
Qo'llash usuli
Aralashmani tayyorlashdan oldin qo‘llaringizni yuving. Butilkani, so‘rg‘ichni va qopqog‘ini yaxshilab yuving, ularda sut izlari qolmasligiga ishonch hosil qiling. Ularni 5 daqiqa davomida qaynatib oling. Foydalanishgacha yopib qo‘ying. Ichimlik suvini 5 daqiqa davomida qaynatib, so‘ng 37°C gacha sovuting. Oziqlantirish jadvaliga muvofiq, qaynatilgan butilkaga aniq o‘lchangan issiq suv miqdorini quying. Faqatgina bankadagi o‘lchov qoshiqni, tepasi to‘ldirilmagan holda ishlating. Oziqlantirish jadvaliga muvofiq, bolaning yoshiga qarab aniq miqdordagi quruq kukun o‘lchov qoshiqchalarini qo‘shing. Foydalangandan so‘ng o‘lchov qoshiqni bankadagi ko‘rsatilgan joyga qo‘ying. Butilkani kukun to‘liq eriguncha chayqatib aralashtiring. Aralashma tayyorlangandan so‘ng, kukunli bankani mahkam yoping va quruq, salqin joyda saqlang.
Maxsus ko'rsatmalar
Aralashmani bevosita emizishdan oldin tayyorlash kerak. Tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmaga aniq rioya qiling. Emizishdan keyin qolgan tayyorlangan aralashma saqlash va keyinchalik ishlatish uchun yaroqsiz. Emizish vaqtida bolani ushlab turish kerak, shunda u bo‘g‘ilib qolmaydi. Bola ulg‘aygach, stakandan emizishga o‘ting. Qaynatilmagan suv va qaynatilmagan butilkalar ishlatilishi, shuningdek noto‘g‘ri saqlash, tashish, tayyorlash va emizish bolaning sog‘lig‘i uchun nojo‘ya oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mahsulot maxsus tanlab olingan yetkazib beruvchilardan olingan xom ashyodan, genetik modifikatsiyalangan ingredientlar, konservantlar, bo‘yoq va xushbo‘ylantiruvchi moddalar ishlatilmagan holda ishlab chiqarilgan. Jadvalda tavsiya etilgan aralashma hajmi va emizish tez-tezligi bolaning individual xususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Tibbiy xodimdan maslahat oling. Eslatma: tirik bakteriyalar sonini saqlash uchun qaynatilgan suvni taxminan tana haroratigacha (37° C) sovitib, so‘ngra quruq kukunni qo‘shish kerak. Aralashmani tayyorlash uchun ilova qilingan o‘lchov qoshiqdan, tepasi to‘ldirilmagan holda foydalanish zarur. Kukun miqdorini noto‘g‘ri eritish - jadvalda ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p yoki kam bo‘lsa - bolaning organizmida suvsizlanish yoki ovqatlanish buzilishiga olib kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan proporsiyalarni tibbiy xodim maslahatisiz o‘zgartirish mumkin emas. Bu yoshda ko‘pincha bolalar ratsioniga bosqichma-bosqich bo‘tqa, sabzavot, meva, go‘sht va baliq kiritish tavsiya etiladi. Bolalarning ehtiyojlaridagi individual farqlar sababli tibbiy xodimdan maslahat oling. Agar shifokoringiz yangi mahsulotlarni erta kiritishni tavsiya qilgan bo‘lsa, aralashma miqdorini tavsiyalarga muvofiq kamaytiring.