-
Tarkibi
1 ml eritma tarkibida:
faol modda: metronidazol - 5,0 mg
yordamchi modda: natriy xlorid, limon kislotasi monogidrat, natriy gidroforfat, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Protozoyli infeksiyalar: ichakdan tashqari amebiaz, shu jumladan amebali jigar abssessi, ichak amebiazi (amebali dizenteriya), trixomoniaz (jumladan, trixomonadli vaginit, trixomonadli uretrit).
Bacteroides spp. (jumladan, Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis; Bacteroides ovatus, Bacteroides thetdiotaomicron, Bacteroides vulgatus) tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: suyak va bo'g'im infeksiyalari, markaziy asab tizimi infeksiyalari, jumladan, meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, plevra empiyemasi va o'pka abssessi, sepsis.
Clostridium spp., Peptococcus, Peptostreptococcus turlari tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: qorin bo'shlig'i infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), kichik tos a'zolari infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, falopiy naychalari va tuxumdonlar abssessi, qin gumbazi infeksiyalari).
Operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish (ayniqsa, yo'g'on ichak, perirektal soha, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar).
O'smalari bo'lgan bemorlarda nurlanish terapiyasi - o'sma hujayralarida gipoksiya bilan bog'liq o'sma rezistentligi bo'lgan hollarda radiyosenibilizator dori vositasi sifatida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Metronidazolga yoki preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga, shuningdek, boshqa nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik; homiladorlikning I trimestri, laktatsiya davri, markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari (jumladan, epilepsiya), qon kasalliklari (jumladan, anamnezda), jigar yetishmovchiligi (katta dozalarda buyurilganda).
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik (II-III trimestrlar), buyrak/jigar yetishmovchiligi.
-
Qo'llash usuli
Preparatni tomir ichiga yuborish infeksiyalarning og‘ir kechishida, shuningdek, preparatni og‘iz orqali qabul qilish imkoni bo‘lmaganda ko‘rsatiladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga boshlang‘ich doza 0,5 - 1 g, tomir ichiga tomchilab (infuzion davomiyligi - 30 - 40 daqiqa), so‘ngra har 8 soatda 500 mg tezlikda 5 ml/min. Yaxshi o‘zlashtirilganda dastlabki 2-3 infuziyadan so‘ng oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi - 7 kun. Zaruriyat tug‘ilganda tomir ichiga yuborish uzoqroq davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza - 4 g. Bemor holati yaxshilanganda ko‘rsatmalarga ko‘ra, preparatni og‘iz orqali qo‘llashga o‘tiladi, doza 400 mg 3-5 marta kuniga.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shu sxema bo‘yicha bir martalik doza - 7,5 mg/kg buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.
Profilaktik maqsadlarda kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga tomir ichiga tomchilab 0,5 -1 g operatsiyadan oldin, operatsiya kuni va keyingi kuni - 1,5 g/sut (har 8 soatda 500 mg) buyuriladi. 1-2 kundan so‘ng qo‘llab-quvvatlovchi terapiyaga og‘iz orqali o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi va kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza - 1 g dan oshmasligi, qabul qilish soni - kuniga 2 marta.
Radioduyarlashtiruvchi dori vositasi sifatida preparat tomir ichiga tomchilab 160 mg/kg yoki 4-6 g/m² tana yuzasiga hisoblab, nurlantirish boshlanishidan 0,5-1,0 soat oldin yuboriladi. Har bir nurlantirish seansi oldidan 1-2 hafta davomida qo‘llaniladi. Qolgan nurlantirish davrida metronidazol qo‘llanilmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan oshmasligi, kursiy doza 60 g. Nurlantirishdan kelib chiqqan intoksikatsiyani bartaraf etish uchun 5% dekstroza eritmasi, gemodez yoki 0,9% natriy xlorid eritmasi tomchilab yuboriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: epigastriy sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, stomatit, og‘izda “metall” ta’mi, ishtahaning pasayishi, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi, qabziyat, pankreatit (qaytuvchi holatlar), til rangining o‘zgarishi / “qoplangan til” (zamburug‘li mikroflora rivojlanishi tufayli).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: periferik sensor neyropatiya, bosh og‘rig‘i, tutqanoq, bosh aylanishi, ensefalopatiya va subakut miyyachaning sindromi (harakatlarni muvofiqlashtirish va sinergizmini buzilishi, ataksiya, dizartriya, yurish buzilishi, nistagm, tremor) rivojlanishi haqida xabar berilgan, ular metronidazol bekor qilingandan so‘ng qaytuvchi hisoblanadi, aseptik meningit.
Psixika tomonidan buzilishlar: psixotik buzilishlar, shu jumladan ongning chalkashligi, gallyutsinatsiyalar; depressiya, uyqusizlik, asabiylashish, qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi.
Ko‘rish organi tomonidan buzilishlar: ko‘rishning o‘tkinchi buzilishlari, masalan, diplopiya, miopiya, predmetlar konturining xiralashuvi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rangni idrok etishning buzilishi; ko‘ruv nervi neyropatiyasi / nevriti.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: agranulositoz, leyopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar: “jigar” fermentlari (aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza, shuningdek, ishqoriy fosfataza) faolligining oshishi, xolestatik yoki aralash gepatit va gepatosellyulyar jigar shikastlanishi rivojlanishi, ba’zan sariqlik bilan kechadi; metronidazolni boshqa antibakterial vositalar bilan birga olgan bemorlarda jigar yetishmovchiligi rivojlanish holatlari kuzatilgan, bu jigar transplantatsiyasini talab qilgan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: toshma, eshakemi, pustulyoz teri toshmasi, qichishish, terining giperemiyasi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: siydikning jigarrang-qizg‘ish rangga bo‘yalishi, bu siydikda suvda eriydigan metronidazol metabolitining mavjudligi bilan bog‘liq, dizuriya, tsistit, poliuriya, siydik tutolmaslik, kandidoz.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: isitma, burun bitishi, artralgiyalar, holsizlik, tromboflebit (yuborish joyida og‘riq, giperemiya yoki shish).
Laborator va instrumental ma’lumotlar: elektrokardiogrammada T tishchasining yassi bo‘lishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antiprotozoy va antimikrob preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta’sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda organizmlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan metronidazolning 5-nitro guruhi biokimyoviy qaytarilishi bilan bog‘liq. Qaytarilgan metronidazolning 5-nitro guruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNKsi bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa bakteriyalarning o‘limiga olib keladi.
Quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol: Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., shuningdek, obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonella spp., Prevolella spp. (Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens) va ayrim gram-musbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp). Amoksitsillin bilan birga qo‘llanganda Helicobacter pylori ga nisbatan faol (amoksitsillin metronidazolga rezistentlik rivojlanishini to‘xtatadi).
Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, biroq aralash flora (aeroblar va anaeroblar) mavjud bo‘lganda metronidazol oddiy aeroblarga nisbatan samarali antibiotiklar bilan sinergik ta’sir ko‘rsatadi. O‘smalarning nurlanishga sezgirligini oshiradi, disulfiramga o‘xshash reaksiyalar chaqiradi, reparativ jarayonlarni stimulyatsiya qiladi.
Vena ichiga 500 mg M-Gila yuborilganda 20 daqiqa davomida preparatning qon zardobidagi konsentratsiyasi bir soatdan so‘ng 35,2 mkg/ml, 4 soatdan so‘ng 33,9 mkg/ml, 8 soatdan so‘ng 25,7 mkg/ml ni tashkil etdi. Normal o‘t hosil bo‘lishida vena ichiga yuborilgandan so‘ng metronidazolning o‘tdagi konsentratsiyasi plazmadagidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksimetronidazol) ham antiprotozoy va antimikrob ta’sir ko‘rsatadi.
Jigar funksiyasi normal bo‘lganda T1/2 – 8 soat (6 dan 12 soatgacha), alkogolli jigar shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlik muddati 28-30 hafta bo‘lsa – taxminan 75 soat, 32-35 hafta – 35 soat, 36-40 hafta – 25 soat. Buyraklar orqali 60-80% (20% o‘zgarmagan holda), ichak orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – 10,2 ml/min. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda takroran yuborilganda metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligida qabul qilish tezligini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metabolitlar gemodializda qondan tezda chiqariladi (T1/2 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda esa juda kam miqdorda chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Metronidazol vena ichiga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Noposredstven antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lish vaqtining oshishiga olib keladi.
Disulfiramga o‘xshash tarzda etanolga toqat qilmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin (tayinlash oralig‘i - kamida 2 hafta).
Tsimetidin metronidazolning metabolizmini ingibitsiyalaydi, bu uning qon zardobidagi konsentratsiyasining oshishiga va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfining ortishiga olib kelishi mumkin.
Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlarini stimullovchi dori vositalarini (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish metronidazolning eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi konsentratsiyasi kamayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, oxirgisining plazmadagi konsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin.
Nedepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (vekuroniya bromid) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning antimikrob ta’sirini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida: etanol qabul qilish mumkin emas (disulfiramga o‘xshash reaksiyalar rivojlanishi mumkin: spazmatik qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon quyilishi). Amoksitsillin bilan birga 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Trichomonadli vaginit bilan og‘rigan ayollar va trichomonadli uretrit bilan og‘rigan erkaklarda jinsiy hayotdan tiyilish zarur. Jinsiy hamkorlarni bir vaqtda davolash majburiy. Trichomoniaz terapiyasidan so‘ng 3 ketma-ket sikl davomida, hayzdan oldin va keyin nazorat tahlillari o‘tkazish kerak.
Uzoq muddatli terapiyada periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlarning nevrologik holatining har qanday boshqa yomonlashuvi davolashni to‘xtatishni talab qiladi.
Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nelson testining soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.
Siydikni to‘q rangga bo‘yaydi.
Homiladorlik va laktatsiya.
-I trimestr homiladorlik - kontrendikatsiyalangan;
-emizikli onalar - ko‘rsatmalar bo‘yicha, emizishni bir vaqtda to‘xtatgan holda.
Avtomobil va ish mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolash davrida avtomobil boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur (bosh aylanishi, hushdan ketish, gallyutsinatsiyalar, tutqanoq, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, ataksiya mumkin).
Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llamaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, ataksiya; radiyosenibilizator vosita sifatida qabul qilinganda - tutqanoq, periferik neyropatiya.
Davolash: maxsus antidot - yo'q, simptomatik va qo'llab-quvvatlovchi terapiya.