Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Oltin yulduzli limon № 10 paket
Oltin yulduzli limon № 10 paket
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari oltin yulduzli limon № 10 paket
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Yuqimli-yallig‘lanish kasalliklari (gripp, O‘RVI), yuqori harorat, kuchli titroq, badan sanchig‘i, bosh va mushak og‘rig‘i, burun oqishi, burun bitishi, aksirish bilan kechadi
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparatning alohida komponentlariga yuqori sezgirlik; - homiladorlik, emizish davri; - portal gipertenziya; - alkogolizm; - buyrak yetishmovchiligi; - g'lukoz-6-fosfatdehidrogenaza fermenti yetishmasligi; - 12 yoshgacha bo'lgan yosh. Arterial gipertenziya, diabet, yopiq burchakli glaukoma, og'ir jigar yoki buyrak kasalliklari, o'pka (shu jumladan bronxial astma), prostata bezi adenomasida siydik chiqarishda qiyinchiliklar, qon kasalliklari, tug'ma gipobilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson va Rotter sindromlari) bo'lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali. 1 paket ichidagi tarkibni bir stakan issiq qaynatilgan suvda eritish. Issiq holda iste'mol qilish. Ta'bga ko'ra shakar qo'shish mumkin. Takroriy doza har 4 soatda qabul qilinadi (24 soat davomida 3 dozadan ko'p emas). Istalgan vaqtda qabul qilish mumkin, lekin preparatni uxlashdan oldin, kechasi qabul qilish eng yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun ichida simptomlar yengillashmasa, shifokorga murojaat qilish zarur.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    aniqlanmadi
  • Farmakologik xususiyatlari
     Kombinatsiyalangan preparat.

    Paratsetamol analgezik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu markaziy asab tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash hisobiga yuzaga keladi. Trombositlar va gemostaz funksiyasiga ta'sir qilmaydi.

    Feniramin - N1-gistamin retseptorlari blokatori, rinoreya va ko'z yoshlanishini kamaytiradi, spazmatik hodisalarni bartaraf etadi.

    Fenilefrin - o'rtacha tomir toraytiruvchi ta'sirga ega adrenomimetik (alfa1-adrenoretseptorlarni stimulyatsiya qiladi).

    Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, uglevod almashinuvi, qon ivishi, to'qimalar regeneratsiyasi, steroid gormonlar sintezi regulyatsiyasida ishtirok etadi; organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, tomir o'tkazuvchanligini kamaytiradi; B1, B2, A, E vitaminlari, pantoten kislotasiga ehtiyojni kamaytiradi. Paratsetamolni ko'tarish qobiliyatini yaxshilaydi va uning ta'sirini uzaytiradi (T1/2 uzayishi bilan bog'liq). 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     Siptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq; gepatotoksik va nefrotoksik ta'sir, og'ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.

    Davolash: me'dani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko'mir, SH-guruh donorlarini va glutation sintezi prekursorlarini - metioninni dozani oshirib yuborganidan 8-9 soat o'tgach, N-atsetilsisteinni esa 12 soatdan keyin yuborish. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Homiladorlik va laktatsiya davri
    Qo'llash mumkin emas.

    Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishga ta'siri
    Preparat uyquchanlik chaqirishi mumkin, shuning uchun davolash davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    MAO ingibitorini qabul qilganda preparatni qabul qilishdan voz kechish tavsiya etiladi.

    Paratsetamolning gepatotoksik ta'siri xavfi barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin va boshqa jigar mikrosomal fermentlari induktorlarini bir vaqtda buyurilganda oshadi.

    Sedativ vositalar, etanol ta'sirini kuchaytiradi.

    Etanol feniraminning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.

    Antidepressantlar, parkinsonga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Замечательный продукт, очень ароматный и сочный. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Malika
    ico ico ico ico ico
    Отличный лимон, качество отличное, очень порадовало. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico