-
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagi faol moddalardan iborat: paratsetamol 500 mg, fenilefrin gidroxlorid 5 mg, kofein bezvodniy 20 mg, xlorfeniramin maleat 4 mg. Yordamchi moddalari: povidon K-30, metilparaben, propilparaben, mikrokristallik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyat, tozalangan talk, magniy stearat, kremniy dioksidi kolloid bezvodniy, bo‘yoq – Sanset Sariq (Sunset Yellow) FCF.
-
Qo'llanilishi
Burun oqishi, burun bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, sovuq urishi, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq bilan kechadigan shamollash kasalliklari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
-preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; -homiladorlik, laktatsiya davri; - bolalar yoshi (6 yoshgacha); Ehtiyotkorlik bilan – glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, qon kasalliklari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasi, arterial gipertenziya, qalqonsimon bez kasalliklari, qandli diabet, bronxial astma.
-
Qo'llash usuli
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1-2 marta 1 tadan tabletka buyuriladi. Kattalarga kuniga 3-4 marta 1 tadan tabletka buyuriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kam hollarda allergik reaksiyalar (terida toshma, eritema, eshakemi), shuningdek bosh aylanishi, uyqu buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi kuzatilishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Paratsetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Og‘riq qoldiruvchi ta’sir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash bilan bog‘liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta’siri gipotalamusning termoregulyatsiya markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish bilan bog‘liq, natijada tomirlarning kengayishi va terlashning kuchayishi hisobiga issiqlik ajralishi ortadi. Fenilefrin gidroxlorid (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, tomirlarning α-adrenoretseptorlarini stimulyatoridir, yurakning β-adrenoretseptorlariga kam ta’sir ko‘rsatadi. Arteriolalarni toraytiradi va arterial bosimni oshiradi. Qovoqni kengaytirishga yordam beradi va glaukoma bo‘lsa, ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Midriatik ta’siri atropin qo‘llangandagi kabi uzoq davom etmaydi. Nafas yo‘llari shilliq qavatidagi α-adrenoretseptorlarga ta’sir qilib, uning tomirlarini toraytiradi. Bu yallig‘lanish natijasida burun yo‘llari shilliq qavatining shishishini vaqtincha kamaytiradi. Xlorfeniramin maleat – gistamin H1-retseptorlari antagonisti, allergiyani davolash uchun qo‘llaniladi. Gistamin bilan effektor hujayralarning H1-retseptorlari uchun raqobatlashib, gistaminning ular orqali amalga oshiriladigan ta’sirini (to‘qimalarning shishishi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishi) oldini oladi, biroq ularning allaqachon rivojlangan ta’sirini bartaraf etmaydi. Preparat tarkibida u burun bitishini, burundan suyuqlik ajralishini va aksirishni qo‘shimcha kamaytirishni ta’minlaydi. Kofein markaziy asab tizimiga stimulyator ta’sir ko‘rsatadi, bu charchoq va uyquchanlikning kamayishiga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining oshishiga olib keladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat bilan davolanish vaqtida jigar, buyraklar funksiyasi va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta’sirining kuchayishi ehtimoli tufayli spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas. Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Nojo‘ya ta’sirlarni hisobga olgan holda, transport vositalari va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Allergik reaksiyalar simptomlari, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash: oshqozonni yuvish, simptomatik davolash.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Monoaminooksidaz (MAO) inhibitorlarining, sedativ preparatlarning, etanolning ta'sirini kuchaytiradi. Antidepressantlar, antiparkinson vositalari, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydikni ushlab qolish, og'izda quruqlik, ich qotish rivojlanish xavfini oshiradi. Glukokortikosteroidlar glaukomani rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Xlorfeniramin monoaminooksidaz inhibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, hayajon, giperpireksiya keltirib chiqarishi mumkin. Guanetidinning gipotenziya ta'sirini pasaytiradi, bu esa o'z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsiya faoliyatini kuchaytiradi.