Farmakologik xususiyatlari
Qora smorodina mevasi – pirrokatexin guruhiga mansub dubil moddalar, shakarlar, pektinlar, askorbin, olma, shavel, limon kislotalari, glikozidlar (mirtillin, neomirtillin), riboflavin, tiamin, r-vitamin ta’siriga ega moddalar, mikroelementlar (temir, rux, marganets)ni o‘z ichiga oladi. Barglari – dubil moddalar, glikozidlar, mirtillin (mevalardagidan farqli), arbutin, kvartsitan; askorbin kislotasi, efir moyi, spirtlar, fitonsidlar. Qora smorodina mevasi ko‘rish o‘tkirligini oshiradi va sun’iy yoritishda uzoq ishlash natijasida ko‘zning charchashini kamaytiradi.
Romashka – ko‘z organlarida qon aylanishini rag‘batlantiradi, ko‘zni tirnash, yallig‘lanish va charchashdan himoya qiladi. Tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, m-xolinoreaktiv tizimlarni bloklaydi, silliq mushaklarni bo‘shashtiradi, bosh miyasining qon ta’minotini yaxshilaydi. Romashka ko‘z mushaklarini bo‘shashtirishga yordam beradi va tarkibidagi S, B1 vitaminlari, tokoferol va karotin tufayli umumiy mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Shalfey – ko‘rishni tiklash uchun ajralmas tabiiy vosita hisoblanadi. Unda dubil moddalar, kislotalar, antioksidantlar, flavonoidlar mavjud. Shalfey preparatda muhim rol o‘ynaydi. U ko‘zga yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Zveroboy – ko‘z tubidagi tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini faollashtiradi, tabiiy yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi, kapillyar devorlarini mustahkamlaydi.