Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari in'ektsiya uchun suv 5ml № 10
In'ektsiya uchun suv steril eritmalarni tayyorlash uchun erituvchi sifatida, dori va diagnostik vositalarni teri ostiga, mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun qo‘llaniladi.
Qo'llash usuli
Dori va diagnostik vositalar eritmalarini tayyorlash uchun in'ektsiya uchun suvdan foydalanish steril sharoitda amalga oshiriladi (ampulalarni ochish, shprits va dori vositalari idishlarini suv bilan to‘ldirish). Dori vositasining eritmasini tayyorlash uchun in'ektsiya uchun suv miqdori oxirgi dori vositasining qo‘llanma yo‘riqnomasiga muvofiq belgilanadi.
Nojo´ya ta´sirlar
Aniqalanmadi.
Maxsus ko'rsatmalar
In'ektsiya uchun suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri in'ektsiya qilinishi yoki infuziya tarzida yuborilishi mumkin emas, chunki unda osmotik ta'sir ko‘rsatuvchi moddalar yo‘q (gemoliz xavfi!).
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!