Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari vobilon 80 mg № 30 kapsulalar
Kapsula qobig‘i tarkibi: titan dioksid, temir oksidi qora, temir oksidi sariq, azorubin, jelatin.
Qo'llanilishi
- Turli etiologiyali disirkulyator ensefalopatiya (insult, bosh miya jarohati, keksalik yoshi). Diqqat va/yoki xotiraning pasayishi, intellektual qobiliyatlarning buzilishi, xavotir, qo'rquv, uyqu buzilishlari bilan kechuvchi holatlar; demensiya, shu jumladan Altsgeymer kasalligida; yosh odamlarda xotira va diqqatni yaxshilash uchun; - periferik qon aylanishi va mikrotsirkulyatsiya buzilishlari (shu jumladan pastki oyoqlarning arteriopatiyasi). Reyno sindromi; - neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqda shovqin, gipoakuzia); - keksalikdagi sariq nuqta degeneratsiyasi; - diabetik retinopatiya.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
-qon ivishining pasayishi - eroziyali gastrit; -oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi -miya qon aylanishining o'tkir buzilishlari - o'tkir miokard infarkti; -arterial gipotenziya; -bolalar yoshi -preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Bobilon og'iz orqali ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulalarni butun holda, oz miqdorda suv bilan ichish kerak. Demensiyada kuniga 3 marta 1 kapsuladan. Periferik qon aylanishi va mikrotsirkulyatsiya buzilishlarida kuniga 3 marta 1-2 kapsuladan. Bosh aylanishi, quloqda shovqin, uyqu buzilishlarida kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) 1 kapsuladan. Boshqa hollarda kuniga 2 marta 1 kapsuladan. Davolash kursi kamida 3 oy. Dastlabki yaxshilanish belgilari odatda 1 oy ichida paydo bo'ladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Bobilon yaxshi o'zlashtiriladi, nojo'ya ta'sirlar kamdan-kam uchraydi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispeptik buzilishlar, ko'ngil aynishi. Markaziy asab tizimi tomonidan bosh og'rig'i, bosh aylanishi. Allergik reaksiyalar - teri toshmasi, qichishish. Boshqa - qon ivishining pasayishi (uzoq muddatli qo'llashdan so'ng).
Farmakologik xususiyatlari
Vobnlon - o'simlikdan olingan preparat bo'lib, tarkibida ginkgo biloba ekstrakti mavjud, u miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Ekstraktning biologik faol moddalari (flavon glikozidlari, terpen laktonlari) tomir devorini mustahkamlash va elastikligini oshirishga yordam beradi, qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Preparatni qo'llash mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga olib keladi, miya va periferik to'qimalarni kislorod va glyukoza bilan ta'minlanishini oshiradi. Hujoyralarda moddalar almashinuvini normallashtiradi, eritrotsitlarning agregatsiyasiga to'sqinlik qiladi, trombotsitlarning agregatsiyasini ingibitsiya qiladi. Kichik arteriyalarni kengaytiradi, venalarning tonusini oshiradi, tomirlarning qon bilan to'lishini tartibga soladi. Ginkgo biloba ekstraktining farmakokinetik parametrlari ekstraktning ko'p komponentli tarkibi tufayli baholashga qiyin.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirib yubormaslik kerak. Preparatni qo'llash fonida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. AVTOTRANSPORT BOSHQARISH VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA'SIRI Vobvlon avtotransport vositasini boshqarish yoki yuqori tezlikda reaksiya talab qiladigan boshqa texnik vositalardan foydalanish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Bobilon preparati bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Vobilon preparatini atsetilsalitsil kislotasi yoki antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!