Farmakologik xususiyatlari
Lomefloksatsin - keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob bakterisid vosita. Bakterial ferment DNK-girazaga ta'sir qiladi, u ortiqcha spiralizatsiyani ta'minlaydi, uning tetrameri (giraza A2B2 sub'yunitlari) bilan kompleks hosil qiladi va transkripsiya hamda DNK replikatsiyasini buzadi, mikroblar hujayrasining o'limiga olib keladi.
Patogenlar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalar lomefloksatsinning faolligiga ta'sir qilmaydi. Quyidagi grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol: Citrobacter diversus, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa (faqat siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari uchun); grammusbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus saprophyticus, boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis. Minimal tormozlovchi konsentratsiyasi 2 mkg/ml bo'lganida quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol (biroq, ushbu mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarda klinik samaradorligi qat'iy nazorat ostidagi tadqiqotlarda o'rganilmagan): grammusbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (metitsillinbardosh shtammlarini ham o'z ichiga oladi), Staphylococcus epidermidis (metitsillinbardosh shtammlarini ham o'z ichiga oladi); grammanfiy aerob mikroorganizmlar: Aeromonas hydrophila, Citrobacter freundii, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Haemophilus parainfluenzae, Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae, Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia alcalifaciens, Providencia rettgeri, Serratia liquefaciens, Serratia marcescens; boshqa mikroorganizmlar: Legionella pneumophila. Lomefloksatsinga quyidagilar chidamli: Streptococcus spp. A, B, D va G guruhlari, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas cepacia, Ureaplasma urealyticum, Mycoplasma hominis va anaerob bakteriyalar. Tashqi va ichki joylashgan Mycobacterium tuberculosisga ta'sir qiladi, ularning organizmdan ajralib chiqish muddatini qisqartiradi, infiltratlarning tezroq so'rilishini ta'minlaydi. Ko'pchilik mikroorganizmlarga past konsentratsiyalarda ta'sir qiladi (90% shtammlarning o'sishini to'xtatish uchun zarur bo'lgan konsentratsiya odatda 1 mkg/ml dan oshmaydi). Rezistentlik kamdan-kam rivojlanadi.
Prostata ekstrakti prostata beziga organotrop ta'sir ko'rsatadi. Prostata bezining shish darajasini, leykotsitar infiltratsiyasini kamaytiradi, epitelial hujayralarning sekretor funksiyasini normallashtiradi, atsinus sekreti tarkibidagi letsitin donachalari sonini oshiradi, siydik pufagi mushak tonusini stimulyatsiya qiladi. Prostata bezida tromb hosil bo'lishini kamaytirish, antiagregant faollik hisobiga mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezidagi venulalarda tromboz rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Vitaprost® Plyus prostata bezi va eyakulyat parametrlarini normallashtiradi. Og'riq va noqulaylikni kamaytiradi, dizurik holatlarni bartaraf etadi, kopulyativ funksiyani yaxshilaydi.