Farmakologik xususiyatlari
Vitaprost® Forte prostata beziga organotrop ta'sir ko'rsatadi. Prostata bezining shishishi va leykotsitar infiltratsiyasi darajasini kamaytiradi, epitelial hujayralarning sekretsion funksiyasini normallashtiradi, atsinus sekreti tarkibida lektin donachalari sonini oshiradi, siydik pufagi mushak tonusini stimulyatsiya qiladi. Prostata bezida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, tromb hosil bo'lishini kamaytiradi, antiagregant faollikka ega, prostata bezidagi venulalarda tromboz rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Klinik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, Vitaprost® Forte prostata bezi hajmini o'rtacha darajada kamaytirishi isbotlangan. Preparat prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasida obstruktiv va irritativ simptomatikani kamaytiradi, bu esa siydik oqimining maksimal va o'rtacha hajm tezliklarini oshishi va qoldiq siydik hajmining kamayishi bilan namoyon bo'ladi.
Vitaprost® Forte siydik pufagi devorida qon mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, bu esa butun bo'lgan tomirlarning kengayishi (vazodilatatsiya effekti) hisobiga bo'ladi, natijada gipoksiya holatidagi to'qimalarga kislorod yetkazib berilishi tiklanadi, bu esa fiziologik reparatsiyani stimulyatsiya qiladi. Yallig'lanishga qarshi ta'sir devor trofikasini yaxshilash va regeneratsion jarayonlarni stimulyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Organ qon aylanishining faollashuvi detruzorning moslashuvchan va qisqaruvchan faolligini yaxshilashga yordam beradi, siydik pufagi sig'imini oshiradi. Detruzor ishemiyasining kamayishi siydik pufagining gipera faolligining aniq kamayishi bilan izohlanadi, bu Vitaprost® Forte qo'llanilishi tugaganidan keyin ham davom etadi.
Vitaprost® Forte prostata bezi va eyakulyat parametrlarini normallashtirishga yordam beradi. Og'riq va noqulaylikni kamaytiradi, dizurik hodisalarni bartaraf etadi, kopulyativ funksiyani yaxshilaydi.