Farmakologik xususiyatlari
Vitaprost® prostata beziga organotrop ta'sir ko'rsatadi. Prostata bezining shishishi, leykotsitar infiltratsiyasi darajasini kamaytiradi, epitelial hujayralarning sekretsion funksiyasini normallashtiradi, atsinar sekretsiyasida leksitin donachalari sonini oshiradi, siydik pufagi mushak tonusini stimulyatsiya qiladi. Prostata bezida tromb hosil bo‘lishini kamaytirish, antiagregant faollik hisobiga mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezidagi venulalarda tromboz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Klinik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, Vitaprost® prostata bezi hajmini mo'tadil darajada kamaytiradi. Preparat prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasida obstruktiv va irritativ simptomatikani kamaytiradi, bu esa siydik oqimining maksimal va o‘rtacha hajmiy tezliklarining oshishi va qoldiq siydik hajmining kamayishi bilan ifodalanadi.
Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari Vitaprost® preparatini qo'llash surunkali abakterial prostatitning zo‘rayishi rivojlanish ehtimolini kamaytirishini, klinik va biokimyoviy qon tahlili, umumiy siydik tahlili ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar chaqirmasligini isbotladi. Tadqiqotchi shifokorlar baholashiga ko‘ra, Vitaprost® preparatini surunkali abakterial prostatit zo‘rayishini oldini olish uchun qo‘llash samaradorligi 97,5% ni tashkil etadi.
Vitaprost® prostata bezi sekreti va eyakulyat parametrlarini normallashtiradi. Prostatit bilan bog‘liq og‘riq va noqulaylikni kamaytiradi, dizurik holatlarni bartaraf etadi, kopulyativ funksiyani yaxshilaydi.