-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida:
Faol moddalari:
Betakaroten 2500 ME
Retinola atsetat (Vitamin A) 2500 ME
Kolekalsiferol (Vitamin D3) 400 ME
Alfa-tokoferol atsetat (Vitamin E) 30 ME
Askorbin kislotasi (Vitamin C) 120 mg
Tiamin mononitrat (Vitamin B1) 3 mg
Riboflabin (Vitamin B2 ) 3,4 mg
Piridoksin gidroxlorid (Vitamin B6 ) 10 mg
Nikotinamid 20 mg
Sianokobalamin (Vitamin B 12) 12 mkg
Foliya kislotasi 800 mkg
Biotin 30 mkg
Kalsiy pantotenat pantoten kislotasiga hisoblaganda 10 mg
Kalsiy karbonat kalsiyga hisoblaganda 200 mg
Magniy oksid magniyga hisoblaganda 25 mg
Temir fumarat temirga hisoblaganda 60 mg
Mis oksid misga hisoblaganda 2 mg
Sink oksid sinkka hisoblaganda 25 mg
Marganets sulfat marganetsga hisoblaganda 5 mg
Xrom xlorid xromga hisoblaganda 25 mkg
Natriy molibdat molibdenga hisoblaganda 25 mkg
Natriy selenat selenga hisoblaganda 20 mkg
Kaliy yodid yodga hisoblaganda 150 mkg
Yordamchi moddalari: krosprovidon-10, makkajo'xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, povidon, izopropil spirti, magniy stearat, tozalangan talk, tozalangan suv, kremniy kolloidli suvsiz, gipromelloza E15, temir oksidi qizil, titan dioksid, titan dioksid, polietilenglikol-6000, m coat-MB (oq), dixlorometan.
-
Qo'llanilishi
homiladorlikka tayyorgarlik davrida, homiladorlik vaqtida va emizish davrida gipovitaminozlar va mineral moddalar yetishmovchiligini oldini olish;
homiladorlarda temir tanqisligi anemiyasini, onada kaltsiy yetishmovchiligini oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
A vitamini va V vitaminining gipervitaminozi, organizmda temirning ortiqcha to'planishi, qonda kalsiy miqdorining oshishi, siydik bilan kalsiyning ko'paygan ajralishi va buyrak tosh kasalligida qo'llash tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlikni rejalashtirish bosqichida, homiladorlik davrida va tug'ruqdan keyin ayollarga har kuni ertalabki nonushtadan so'ng bir dona tabletkani ichga qabul qilish, suv bilan popish tavsiya etiladi. Preparatni qabul qilish kursi shifokor tavsiyasiga binoan. Tavsiya etilgan preparat dozasidan oshirmang.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar, odatda, yengil xarakterga ega bo'lib, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, me'da-ichak reaksiyalari (ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, qusish va diareya kabi)ni keltirib chiqarishi mumkin.
Mahsulot tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Riboflabin mavjudligi sababli siydikning sariq rangga bo'yalishiga olib kelishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparat tarkibiga kiruvchi vitaminlar va minerallar xususiyatlari bilan aniqlanadi. Preparat homiladorlikka tayyorgarlik davrida, homiladorlik vaqtida va emizish davrida ayol organizmida vitaminlar va mineral moddalar yetishmovchiligini to‘ldirishni ta’minlaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Viona Prenatal Forte tarkibida temir va kaltsiy mavjud bo‘lib, shuning uchun u ichakda tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek, ftorxinolon hosilalari bo‘lgan antimikrob vositalarning so‘rilishini kechiktirishi mumkin.
S vitamini sulfanilamidlar guruhiga kiruvchi antimikrob vositalarning ta’sirini va nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytiradi (shu jumladan siydikda kristallar paydo bo‘lishi).
Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid preparatlar, shuningdek, kolestiramin temirning so‘rilishini kamaytiradi.
Tiazidlar guruhiga kiruvchi diuretik vositalar bilan bir vaqtda buyurilganda giperkaltsiemiya ehtimoli oshadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Foli kislotasi qisman B12 vitamini yetishmovchiligi yoki zararli anemiya sababli yuzaga kelgan gematologik zararni to‘g‘rilashi mumkin, shu bilan birga unga bog‘liq nevrologik zarar rivojlanishda davom etadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Temir saqlovchi mahsulotlar bilan tasodifiy dozani oshirib yuborish homila va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zaharlanishning asosiy sababidir.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ma’lumotlar yo‘q.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: dozani oshirib yuborish: ko‘ngil aynishi, holsizlik, ko‘rishning buzilishi, me’da-ichak buzilishlari.
Tasodifiy dozani oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: faol ko‘mir ichga qabul qilinadi, me’dani yuvish, simptomatik davolash.