Farmakologik xususiyatlari
- immunomodulyatorli, virusga qarshi. Mazvirusli (shu jumladan, gerpetik) teri va shilliq qavatlarning turli joylardagi shikastlanishlari. Gelbolalar va tez-tez o'tkir respirator kasalliklar bilan kasallanuvchi bolalarda qaytalanib turadigan stenozlovchi laringotraxeobronxitning oldini olish va davolash; Supozitoriylar kompleks terapiyada.
Ko'rsatmalar
- kompleks terapiya tarkibida O'RVI, shu jumladan, gripp, tez-tez va uzoq davom etadigan O'RVI, shu jumladan, bakterial infeksiya bilan asoratlangan O'RVI; - O'RVI, shu jumladan, grippning oldini olish; - kompleks terapiya tarkibida qaytalanib turadigan stenozlovchi laringotraxeobronxit; - qaytalanib turadigan stenozlovchi laringotraxeobronxitning oldini olish; - teri va shilliq qavatlarning o'tkir va surunkali qaytalanib turadigan gerpetik infeksiyasining kompleks terapiyasida, shu jumladan, urogenital gerpetik infeksiya shaklida; - gerpetik servitsitning kompleks terapiyasida.
Qo'llash usuli va dozalash
Dori tashqi va mahalliy qo'llaniladi. O'RVI, shu jumladan, gripp, uzoq davom etadigan va tez-tez uchraydigan O'RVI, shu jumladan, bakterial infeksiya bilan asoratlangan holatlarda kompleks terapiya tarkibida 0,5 sm dan oshmaydigan gel chizig'i oldindan quritilgan burun shilliq qavati va/yoki tanglay bodomchasining yuzasiga 3-5 marta/kun spatula yoki paxta tamponi/paxta tayoqchasi yordamida surtiladi. Davolash kursi 5 kun, zarur bo'lsa, kurs uzaytirilishi mumkin. O'RVI, shu jumladan, grippning oldini olish uchun kasallik ko'tarilishi davrida 0,5 sm dan oshmaydigan gel chizig'i oldindan quritilgan burun shilliq qavati va/yoki tanglay bodomchasining yuzasiga 2 marta/kun 2-4 hafta davomida surtiladi. Qaytalanib turadigan stenozlovchi laringotraxeobronxitning kompleks terapiyasida 0,5 sm dan oshmaydigan gel chizig'i tanglay bodomchasining yuzasiga spatula yoki paxta tamponi/paxta tayoqchasi yordamida kasallikning o'tkir davrida 5 marta/kun, 5-7 kun davomida, so'ngra keyingi 3 hafta davomida 3 marta/kun surtiladi. Qaytalanib turadigan stenozlovchi laringotraxeobronxitning oldini olishda 0,5 sm dan oshmaydigan gel chizig'i tanglay bodomchasining yuzasiga spatula yoki paxta tamponi/paxta tayoqchasi yordamida 2 marta/kun 3-4 hafta davomida surtiladi, kurslar yiliga 2 marta takrorlanadi. O'tkir va surunkali qaytalanib turadigan gerpetik infeksiyaning kompleks terapiyasida (kasallikning birinchi belgilari paydo bo'lganida yoki prodromal davrda) 0,5 sm dan oshmaydigan gel chizig'i spatula yoki paxta tamponi/paxta tayoqchasi yordamida oldindan quritilgan zararlangan yuzaga 3-5 marta/kun 5-6 kun davomida surtiladi, zarur bo'lsa, kurs davomiyligi klinik belgilari yo'qolguncha uzaytiriladi. Gerpetik servitsitning kompleks terapiyasida 1 ml gel paxta tamponi yordamida oldindan shilliqdan tozalangan bachadon bo'yni yuzasiga 2 marta/kun 7 kun davomida surtiladi, zarur bo'lsa, kurs davomiyligi 14 kungacha uzaytirilishi mumkin. Gelni qo'llash qoidalari Burun bo'shlig'i shilliq qavatiga gel burun yo'llari tozalangandan so'ng, tanglay bodomchasining yuzasiga esa ovqatdan 30 daqiqa o'tgach surtiladi. Gelni tanglay bodomchasiga surtilganda paxta tamponi bilan bodomchaga tegmaslik, faqat gel bilan surtilishi kerak, gel bodomcha yuzasi bo'ylab mustaqil ravishda pastga oqib tushadi. Gelni bachadon bo'yniga surishdan oldin paxta yoki doka tamponi yordamida qin gumbazi va bachadon bo'ynidan shilliq va ajralmalar olib tashlanadi. Gelni zararlangan teri va shilliq qavatlarga surilgandan 30-40 daqiqa o'tgach yupqa plyonka hosil bo'ladi, unga yana preparat surtiladi. Istalgan taqdirda, plyonkani olib tashlash yoki suv bilan yuvib tashlash va preparatni qayta surish mumkin.