-
Tarkibi
1 tabletkada faol modda betagistin digidroxloridi 8 mg yoki 16 mg, yoki 24 mg 100% quruq modda hisobida; Yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza, natriy kraxmalglikolyat (A turi), kremniy dioksid kolloid suvdan holi, povidon, magniy stearat.
-
Qo'llanilishi
Menyer kasalligi va sindromi, asosiy simptomlari bosh aylanishi, ba’zan ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechuvchi, eshitishning pasayishi (karsoqlik), quloqda shovqin bilan xarakterlanadi. Vestibulyar bosh aylanishini simptomatik davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Feoxromotsitoma.
Bola yoshi, homiladorlik va laktatsiya davri (bu toifadagi bemorlarda preparatni qo'llash tajribasi yetarli emasligi sababli).
-
Qo'llash usuli
Kattalarga og'iz orqali buyuriladi. Sutkalik doza 24-48 mg ni tashkil etadi, kun davomida teng taqsimlanadi:
- 8 mg tabletkalar - 1-2 tabletka kuniga 3 marta;
- 16 mg tabletkalar - ½-1 tabletka kuniga 3 marta;
- 24 mg tabletkalar - 1 tabletka kuniga 2 marta.
Tabletkalar ovqatdan keyin, chaynalmay qabul qilinadi.
Doza va davolash davomiyligini shifokor individual ravishda terapiya samaradorligiga qarab belgilaydi. Ba'zan simptomlarning kamayishi faqat 2-3 haftalik davolashdan keyin kuzatiladi. Eng yaxshi natijalar preparatni bir necha oy davomida qabul qilganda kuzatiladi. Agar davolash kasallik boshida buyurilsa, uning rivojlanishini va/yoki kech bosqichlarda eshitish yo'qolishini oldini olish mumkin.
Keksalar
Ushbu guruh bemorlari uchun doza tuzatish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Doza tuzatish talab qilinmaydi.
Jigar yetishmovchiligi
Doza tuzatish talab qilinmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, dispepsiya; tez-tezligi noma’lum – oshqozonning yengil buzilishlari (qusish, qorin og‘rig‘i, qorin dam bo‘lishi va meteorizm) haqida shikoyatlar. Bu nojo‘ya ta’sirlar odatda preparat ovqat bilan yoki doza kamaytirilgandan so‘ng yo‘qoladi.
Asab tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i.
Immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma’lum – gipersensitivlik reaksiyalari, masalan anafilaksiya.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: tez-tezligi noma’lum – teri va teri osti yog‘ qavatining gipersensitivlik reaksiyalari, xususan angionevrotik shish, toshma, qichishish va eshakemi kuzatilgan.
-
Chiqarish shakli
10 ta tabletkadan blisterda. 8 mg tabletkalar. 3 ta blisterdan qutida. 16 mg va 24 mg tabletkalar. 3 yoki 6 ta blisterdan qutida.
TARKIBI:
faol modda: betagistin;
1 tabletka tarkibida betagistin digidroxloridi 8 mg yoki 16 mg, yoki 24 mg 100 % quruq modda hisobida; yordamchi moddalari: mikrokristallik tsellyuloza, natriy kraxmalglikolat (A turi), kremniy dioksid kolloid suvdan holi, povidon, magniy stearat.
Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari: tabletkalar dumaloq shaklda, tekis yuzali, chiziqli va qirralangan, oq yoki deyarli oq rangda. Tabletkalar yuzasida marmarlik bo‘lishi mumkin (8 mg va 16 mg tabletkalar uchun).
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bronxial astma, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi anamnezida bo‘lgan bemorlar Vestinorm bilan davolanish vaqtida diqqatli tibbiy nazoratni talab qiladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Betagistinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Preparatni faqat zaruriyat tug‘ilganda va shifokor bevosita nazorati ostida qabul qilish mumkin.
Betagistinning ko‘krak suti tarkibiga o‘tishi o‘rganilmagan. Preparatni qo‘llashdan ko‘riladigan foyda emizishning afzalligi/bolaga potensial xavf nisbati bilan aniqlanadi.
Bolalar
Preparatni bolalarda davolash uchun qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun uni ushbu yosh toifasiga buyurish tavsiya etilmaydi.
Klinik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, betagistin avtomobil boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi yoki potensial ta’sirlar bermaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
In vitro tadqiqot ma'lumotlariga asoslanib, in vivo sitoxrom P450 fermentlari faolligining susayishi kutilmaydi.
In vitro sharoitida olingan ma'lumotlar betagistinning metabolizmini monoaminooksidaza (MAO) faolligini ingibitor qiluvchi preparatlar, shu jumladan MAO B subtipi (masalan, selegilin) tomonidan susaytirilishini ko'rsatadi. Betagistin va MAO ingibitorlarini (shu jumladan selektiv MAO B subtipini) birga qo'llashda ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.
Betagistin gistamin analogi bo'lganligi sababli, betagistin va antigistamin preparatlari o'zaro ta'siri nazariy jihatdan ushbu preparatlardan birining samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.
-
Saqlash shartlari
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Qadoqda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparatni qo'llamang.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Betagistinni ataylab yuqori dozada qabul qilishda, ayniqsa boshqa preparatlar bilan birga dozani oshirib yuborishda, tutqanoq va yurak-o'pka asoratlari haqida xabarlar bo'lgan.
Davolash: simptomatik terapiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Yutilish Og‘iz orqali qabul qilinganda betagistin tez va deyarli to‘liq ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘riladi. So‘rilgandan so‘ng preparat tez va deyarli to‘liq metabolizatsiyalanib, 2-piridiluksus kislotasi metabolitini hosil qiladi. Betagistinning qon plazmasidagi konsentratsiya darajasi juda past. Shuning uchun barcha farmakokinetik tahlillar qon plazmasi va siydikdagi 2-piridiluksus kislotasi metabolitining konsentratsiyasini o‘lchash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Preparat ovqat bilan qabul qilinganda uning maksimal konsentratsiyasi (Cmax) och qoringa qabul qilinganga nisbatan pastroq bo‘ladi. Shu bilan birga, betagistinning to‘liq so‘rilishi har ikkala holatda ham bir xil bo‘lib, bu ovqat qabul qilish faqat preparatning so‘rilishini sekinlashtirishini ko‘rsatadi. Taqqoslanishi Betagistinning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish foizi 5% dan kam. Biotransformatsiya So‘rilgandan so‘ng betagistin tez va deyarli to‘liq 2-piridiluksus kislotasiga (farmakologik faollikka ega emas) metabolizatsiyalanadi. Betagistin og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng 2-piridiluksus kislotasining qon plazmasidagi (va siydikdagi) konsentratsiyasi preparat qabul qilingandan 1 soat o‘tib maksimal darajaga yetadi va taxminan 3,5 soatlik yarim chiqarilish davri bilan kamayadi. Chiqarilishi 2-piridiluksus kislotasi siydik bilan tez chiqariladi. Preparat 8-48 mg dozada qabul qilinganda boshlang‘ich dozaning taxminan 85% siydikda aniqlanadi. Betagistinning buyraklar orqali yoki najas bilan chiqarilishi ahamiyatsizdir. Chiziqlilik Preparatning 8-48 mg og‘iz orqali qabul qilinishida tiklanish tezligi doimiy bo‘lib qoladi, bu betagistinning farmakokinetikasining chiziqliligini ko‘rsatadi va metabolik yo‘lning haddan tashqari yuklanmaganligini taxmin qilish imkonini beradi. Betagistinning ta’sir mexanizmi faqat qisman o‘rganilgan. Hayvonlar va odamlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotlarini tasdiqlovchi bir nechta ishonchli gipotezalar mavjud. Betagistinning gistaminergik tizimga ta’siri aniqlangan, betagistin qisman H1-retseptorlarga nisbatan antagonist faollik, shuningdek, asab to‘qimasida gistaminning H3-retseptorlariga nisbatan antagonist faollik va gistaminning H2-retseptorlariga nisbatan ahamiyatsiz faollik namoyon qiladi. Betagistin presinaptik H3-retseptorlarni blokirovka qilish va mos H3-retseptorlar sonini kamaytirish jarayonini induktsiyalash orqali gistamin almashinuvi va ajralishini oshiradi. Betagistin kohlear sohada, shuningdek, butun bosh miya bo‘ylab qon oqimini oshirishi mumkin – hayvonlarda o‘tkazilgan farmakologik tadqiqotlar ichki quloqning stria vascularis tomirlarida qon aylanishining yaxshilanishini ko‘rsatdi, ehtimol, bu ichki quloq mikrotsirkulyatsiya tizimidagi prekapillyar sfinkterlarning bo‘shashishi hisobiga. Betagistin insonda ham miya qon aylanishining oshishini ko‘rsatdi. Betagistin vestibulyar kompensatsiyani rag‘batlantiradi Betagistin hayvonlarda bir tomonlama neyrektomiyadan so‘ng vestibulyar funksiyaning tiklanishini tezlashtiradi va markaziy vestibulyar kompensatsiyani tezlashtiradi va rag‘batlantiradi. Bu ta’sir gistamin almashinuvi va ajralishining kuchayishi bilan tavsiflanadi va H3-retseptorlar antagonizmi natijasida amalga oshiriladi. Odamlarda ham betagistin bilan davolash vaqtida neyrektomiyadan so‘ng vestibulyar funksiyaning tiklanish vaqti qisqargan. Betagistin vestibulyar yadrolardagi neyronlar faolligini o‘zgartiradi Shuningdek, betagistinning lateral va medial vestibulyar yadrolar neyronlarida cho‘qqi potensiallar generatsiyasiga doza bog‘liq tormozlovchi ta’siri borligi aniqlangan. Betagistinning farmakodinamik xususiyatlari, hayvonlarda ko‘rsatilganidek, preparatning vestibulyar tizimda ijobiy terapevtik ta’sirini ta’minlashi mumkin. Betagistinning samaradorligi vestibulyar bosh aylanishi va Menyer kasalligi bo‘lgan bemorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ko‘rsatilgan, bu davrda bosh aylanishi xurujlarining og‘irligi va chastotasi kamaygan.