Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari verjen-400 400mg №10 tabletlar
Faol modda: albendazol (200 mg, 400 mg).
Verjen tabletkalar shaklida chiqariladi.
Qo'llanilishi
Verjen quyidagi gelmint invaziyalarini davolash uchun ko'rsatilgan:
- to'qima tsestodozlari (gidatidozli exinokokkoz qorin bo'shlig'i, o'pka, jigar, tsistitserkoz);
- nematodozlar (trixotsefalez, enterobioz, askaridoz, ankilostomidoz, strongiloidoz, toksokaroz), shuningdek, aralash invaziyalar;
- alveolyar exinokokkozning jarrohlik davolashida (yordamchi vosita sifatida).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Verjen preparati quyidagi holatlarda qo'llash mumkin emas:
- albendazol, benzimidazol hosilalari, yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlikda;
- ko'z to'r pardasi patologiyasida;
- uch yoshgacha.
Ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi:
- jigar disfunktsiyasida (davolashdan oldin va davolash davomida jigar funksiyasini nazorat qilish talab etiladi);
- jigar sirrozida;
- suyak iligi gemopoezining susayishida.
Qo'llash usuli
Verjen og'iz orqali (ovqat paytida yoki ovqatdan keyin) qo'llaniladi.
Trixotsefalez, askaridozda dozasi tana vazni 60 kg dan yuqori bo'lsa — kuniga 400 mg; tana vazni 60 kg dan kam bo'lsa — kuniga 15 mg/kg ikki marta qabul qilinadi.
Enterobiozda dozasi — 5 mg/kg bir marta. 14 kundan so'ng davolash shu dozada takrorlanadi.
Ankilostomidoz, strongiloidozda dozasi — kuniga 10 mg/kg bir marta uch kun davomida. Bir haftadan so'ng shunga o'xshash dozada davolash siklini takrorlash tavsiya etiladi.
Trixinellezda dozasi — 10 mg/kg ikki marta, kurs — 7—10 kun. Og'ir invaziyada, ichki organlar zararlanishida (pnevmonit, meningoentsefalit, miokardit) shuningdek glyukokortikosteroidlar, simptomatik vositalar ko'rsatilgan.
Toksokarozda dozasi — 10 mg/kg ikki marta, kurs — 10 kun. Davolashni 2—4 haftalik interval bilan takrorlash talab qilinadi.
Gidatidozli exinokokkozda dozasi — 10 mg/kg 2—3 marta. 28 kunlik 3 sikl (14 kunlik tanaffuslar bilan) tavsiya etiladi.
Tsistitserkozda dozasi — 15 mg/kg uch marta, kurs — 28—30 kun. Maksimal doza — 800 mg/kun.
Terapiyani boshlashdan oldin jigar va buyrak funktsiyasi, periferik qon ko'rsatkichlari nazorati zarur.
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish buzilishlari: jigar disfunktsiyasi, ko'ngil aynishi, qorin sohasida og'riq.
Gematologik buzilishlar: suyak ko'migi gemopoezining bostirilishi belgilar (pansitopeniya, leykopeiya, trombotsitopeniya, granulositopeniya, agranulositoz).
Kardiovaskulyar buzilishlar: arterial gipertenziya.
Nevrologik buzilishlar: meningeal simptomlar, bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Dermatologik reaksiyalar: terida toshma, qichishish.
Siydik ajratish tizimi buzilishlari: buyrak yetishmovchiligi.
Allergik namoyonlar: angionevrotik shish, anafilaksiya.
Boshqa: gipertermiya, alopesiya.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!