Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jigar funksiyasining buzilishi va jigar funksional testlarining o'zgarishi ("jigar" transaminazalarining faolligining kuchsiz yoki o'rtacha oshishi), gepatit, o'tkir jigar yetishmovchiligi, epigastriy sohasida og'riq, anoreksiya, qabziyat, diareya va og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish.
Qon hosil bo'lish tizimi tomonidan: suyak iligi qon hosil bo'lishining bostirilishi (leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, trombotsitopeniya, pansitopeniya, aplastik anemiya, suyak iligi faoliyatining bostirilishi, neyropeniya).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning oshishi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i va bosh aylanishi, meningeal simptomlar, bosh ichki bosimining oshishi.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasi ko'rsatkichlarining o'zgarishi (o'tkir buyrak yetishmovchiligi).
Teri qoplamlari tomonidan: qichishish, teri toshmasi, multiform eritema, Stivens-Djonson sindromi.
Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, darhol rivojlanadigan gipersensitivlik reaksiyalari.
Boshqalar: gipertermiya, alopesiya.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar berish lozim.