-
Tarkibi
Faol modda (MNH): Albendazol. Chiqarilish shakli: 200 mg va 400 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar, konturli yacheykali o'ramda.
-
Qo'llanilishi
Preparat gelmint invaziyalarida, jumladan nematodozlarda qo‘llaniladi:
- cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) lichinka shakli chaqirgan neyrotsistitserkoz;
- it tasmasimon chuvalchangi (Echinococcus granulosus) lichinka shakli chaqirgan jigar, o‘pka, qorin parda ehinokokkozi; ehinokokk kistalarini jarrohlik davolashda yordamchi vosita sifatida;
- askaridoz;
- trixoefalez;
- ankilostomidoz;
- enterobioz;
- nekatoroz;
- strongiloidoz (strogiloidoz);
- opistorxoz;
- mikrospridioz;
- toksokaroz;
- lyamblioz;
- aralash gelmintozlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
giperchuvstvitelik;
- homiladorlik, laktatsiya davri;
- bolalar yoshi (6 yoshgacha - xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan: Suyak iligi gemopoezining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasi patologiyasi.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ovqatdan keyin, tabletkalarni chaynalmaydi, suv bilan ichiladi. Sutkalik doza - 0,4 g (bir marta qabul qilishda), bolalar uchun - 6 mg/kg. Ichak tozalovchi dori vositalari va maxsus dieta talab qilinmaydi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar - miya tsistitserkozi: 15 mg/kg/sut davomida 8 kun; zarur bo‘lsa, takrorlanadi. Ankilostomidoz va askaridoz uchun 0,4 g, enterobioz uchun 0,2 g bir marta, zarur bo‘lsa, 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Strongiloidoz uchun 0,4 g va tsestodoz uchun 0,2 g kuniga 1 marta 3 kun davomida, zarur bo‘lsa, 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. 2 yoshdan katta bolalar va kattalar - miya tsistitserkozi: 0,4 g kuniga 2 marta 8-30 kun davomida. Askaridoz, trixocefalyoz, enterobioz va ankilostomidoz - 0,4 g bir marta, zarur bo‘lsa, 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Lyamblioz: 0,4 g kuniga 1 marta 3 kun davomida. Strongiloidoz va tsestodoz: 0,4 g kuniga 1 marta 3 kun davomida, zarur bo‘lsa, 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
- qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi.
Asab tizimi tomonidan:
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar.
Qon hosil qilish organlari tomonidan:
- suyak iligi gemopoezining bostirilishi, leyopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya.
Siydik ajratish tizimi tomonidan:
- buyrak funksiyasining buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Allergik reaksiyalar:
- teri toshmasi, qichishish.
Boshqa:
- gipetermiya (haroratning oshishi), arterial bosimning oshishi, qaytuvchi alopesiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antigelmint vositasi, mono- va poliinvaziyalarda samarali. Beta-tubulinning polimerizatsiyasini selektiv tarzda bostiradi, gelmintlarning ichak kanali hujayralarining mikrotubulyar tizimi faoliyatini buzadi; glyukozaning utilizatsiyasini bostiradi, sekretor granulalar va boshqa organellalarning dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralarida harakatlanishini bloklaydi, bu ularning o'lishiga olib keladi. Ayniqsa, tsestodlarning lichinka shakllariga nisbatan samarali - Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodlar - Strongyloides stercolatis.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Albendazol suyak iligi gemopoezining bostirilishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasi patologiyasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Qon tahlillari har bir 28 kunlik sikl boshida va preparat bilan davolash davrida har 2 haftada o‘tkazilishi kerak. Leykopeniya rivojlanishida davolashni to‘xtatish zarur. Albendazol bilan davolashni davom ettirish mumkin, agar leykotsitlar va neyrotrof leykotsitlar umumiy miqdorining pasayishi o‘rtacha va progres qilmasa.
Preparatning yuqori dozasini oluvchi bemorlar jigar funksiyalari holatini doimiy nazorat qilish bilan diqqatli kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.
Ko‘z zararlanishi bilan kechuvchi neyrotsistitserkozda albendazol bilan davolashni boshlashdan oldin ko‘z to‘r pardasini tekshirish zarur (uning patologiyasi kuchayishi xavfi).
Neyrotsistitserkoz bilan kasallangan bemorlar mos ravishda steroidlar (GKS) va antikonvulsant preparatlar bilan davolanishi kerak. Og‘iz orqali yoki vena ichiga kortikosteroidlar antitsist terapiyaning birinchi haftasida gipertenziya xurujini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Deksametazon, prazikvantel va tsimetidin albendazolning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Tsimetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganda albendazolning o‘t va exinokokk kistasining tarkibidagi kontsentratsiyasi oshishi aniqlangan, bu esa exinokokkozani davolash samaradorligini oshirishi mumkin.
-
Saqlash shartlari
Sovuq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, harorat 25°C dan yuqori bo‘lmagan sharoitda saqlansin. Bolalardan uzoq saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatilmang.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko‘mir tayinlash. Zarur bo‘lsa, simptomatik terapiya o‘tkaziladi.