Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Venarus 1000 mg (900+100) №30 tablet
Venarus 1000 mg (900+100) №30 tablet
Ishlab chiqaruvchi: Алиум
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
207 603 so'm 209 700 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
0 sharhlarni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari venarus 1000 mg (900+100) №30 tablet
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    900мг+100мг
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Venalar normal – oyoqlar formadа! Venarus — venotonizatsiyalovchi preparat bo‘lib, tarkibida flavonoidlar fraksiyalari, diosmin (90%) va gesperidin (10%) miqdoriga standartlashtirilgan*. Diosmin va gesperidin tomirlar devoriga bir yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi: - venoz tiqilishni kamaytiradi; - venalar tonusini oshiradi; - kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini pasaytiradi; - limfa oqimi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi. Venarus venalarni mustahkamlashga va varikoz simptomlarini yo‘qotishga yordam beradi*. Apelsin-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki qavariq, uchlari yumaloq, cho‘ziq shakldagi tabletkalar, chiziqli. Ko‘ndalang kesimda yadro kulrang-sariqdan jigarrang-kulranggacha bo‘lgan rangda. *Venarus® 1000 mg preparatini tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma; Rossiya klinik tavsiyalari, surunkali vena kasalliklarini diagnostika va davolash bo‘yicha. Flebolgiya, 2018, №3, b.146-240; Stoyko Yu.M., Gudymovich V.G.. Pastki oyoqlarning varikoz kasalligi bo‘lgan bemorlarda Venarus preparatini qo‘llashda hayot sifatini monitoring qilish. Xirurgiya. N.I. Pirogov nomidagi jurnal, 2010, №3, b. 46-51.
  • Tarkibi
    1 tabletka tarkibida: gesperidin (100% modda hisobida) 100 mg, diosmin (100% modda hisobida) 900 mg;.
  • Qo'llanilishi
    Venarus® surunkali vena kasalliklari simptomlarini davolash uchun (simptomlarni yo‘qotish va yengillashtirish) ko‘rsatilgan. Venoz-limfatik yetishmovchilik simptomlarini davolash: - pastki oyoqlarda tutqanoqlar; - oyoqlarda og‘irlik va to‘lishish hissi; - og‘riq; - oyoqlarning «charchoqligi». Venoz-limfatik yetishmovchilik namoyonlarini davolash: - pastki oyoqlarda shish; - teri va teri osti yog‘ qavatida trofik o‘zgarishlar; - venoz trofik yaralar. O‘tkir va surunkali gemorroy simptomatik davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiga kiruvchi faol komponentlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Preparatni emizikli ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish tez-tezligi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (>1/10 holat), tez-tez (>1/100 va <1/10 holat), kamdan-kam (>1/1000 va <1/100 holat), kam (>1/10000 va <1/1000 holat) va juda kam (<1/10000 holat). Mavjud ma’lumotlar asosida rivojlanish tez-tezligini baholash imkoni bo‘lmagan nojo‘ya reaksiyalar «tez-tezligi noma’lum» deb belgilanadi. Markaziy asab tizimi tomonidan: kam - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik. Me’da-ichak trakti tomonidan: tez-tez - diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish; kamdan-kam – kolit; tez-tezligi noma’lum – qorin og‘rig‘i. Teri qoplamlari tomonidan: kam - toshma, qichishish, eshakemi; tez-tezligi noma’lum – yuz, lab, qovoqlarning izolyatsiyalangan shishi, alohida hollarda angionevrotik shish. Agar ko‘rsatma bo‘yicha keltirilgan nojo‘ya reaksiyalardan birortasi kuchaysa yoki Sizda ko‘rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Venarus® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Gemorroy zo‘rayganda Venarus® preparatini buyurish boshqa anal buzilishlarni maxsus davolashni almashtirmaydi. Davolash davomiyligi «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. Agar tavsiya etilgan davolash kursidan so‘ng simptomlar yo‘qolmasa, proktolog ko‘rigidan o‘tish va keyingi terapiyani tanlash lozim. Venoz qon aylanishi buzilishlari mavjud bo‘lsa, davolashning maksimal samarasi terapiyani sog‘lom (muvozanatli) turmush tarzi bilan birga olib borilganda ta’minlanadi: quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan, uzoq vaqt oyoqda turishdan saqlanish, shuningdek, ortiqcha tana vaznini kamaytirish tavsiya etiladi. Piyoda yurish va ayrim hollarda maxsus paypoq kiyish qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Agar davolash jarayonida holatingiz yomonlashsa yoki yaxshilanish bo‘lmasa, darhol shifokorga murojaat qiling. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Ta’sir qilmaydi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari

Afsuski, bu mahsulot uchun hali hech qanday sharhlar mavjud emas.

Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico