Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Yod hayot uchun muhim mikroelementlardan hisoblanadi. Yodsiz qalqonsimon bezning normal faoliyati mumkin emas, chunki u tiroksin va triyodtironin tarkibiy qismidir.
Tireoid gormonlari barcha organ va tizimlarning rivojlanishida, organizmdagi almashinuv jarayonlarini: oqsil, yog', uglevod va energiya almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, ular shuningdek, bosh miya, asab tizimi va yurak-qon tomir tizimi, jinsiy va sut bezlari faoliyatini, bolaning o'sishi va rivojlanishini, uning intellektual qobiliyatlarini shakllantirishni tartibga soladi. Ayniqsa, yod yetishmovchiligi bolalar, o'smirlar, homilador va emizikli ayollar uchun xavflidir.
Velpen, yod manbai bo'lib, organizmdagi uning yetishmovchiligini to'ldiradi, yod yetishmovchiligi bilan bog'liq kasalliklarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, ovqatda yod yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan zob rivojlanishining oldini oladi; yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar, o'smirlar va kattalarda qalqonsimon bez o'lchamini normallashtiradi.
Farmakokinetikasi
Og'iz orqali qabul qilinganda preparat deyarli to'liq ingichka ichakda so'riladi. Sog'lom odamlarda o'rtacha Vd taxminan 23 l (tana massasining 38%) ni tashkil etadi. Qon plazmasida yod konsentratsiyasi odatda 0,001-0,005 mkg/ml ni tashkil etadi. Qalqonsimon bez, so'lak bezlari, sut bezlari va oshqozon to'qimalarida to'planadi. So'lak, oshqozon shirasi va ko'krak sutidagi konsentratsiya qon plazmasidagidan taxminan 30 baravar yuqori. Siydik bilan chiqariladi, siydikdagi yod konsentratsiyasi kreatinin (mkg/g) ga nisbatan organizmga uning kirib borishini ko'rsatuvchi indikator hisoblanadi.