Dorilarning o'zaro ta'siri
Renin-angiotenzin tizimini (RAT) ikki karra blokada qilish ARA, IAPF yoki aliskiren guruhiga mansub preparatlar bilan
ARA guruhiga mansub preparatlarni, shu jumladan valsartan bilan boshqa RATni bloklovchi preparatlar, masalan, IAPF yoki aliskiren guruhiga mansub preparatlar bilan bir vaqtda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (qarang «Qo'llash xususiyatlari» bo'limi).
Angiotenzin retseptorlari antagonistlari, shu jumladan valsartan yoki AПF ingibitorlarini aliskiren bilan bir vaqtda qabul qilish qandli diabet yoki buyrak funksiyasi buzilgan (ShGF < 60 ml / min. / 1,73 m 2 ) bemorlarga kontrendikatsiya qilingan (qarang «Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar» bo'limi).
Bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi
Liti
IAPF bilan birga qabul qilinganda litiyning zardobdagi konsentratsiyasi qaytariladigan oshishi va toksikligi haqida xabar berilgan. Valsartan va litiy birga qo'llanilishi bo'yicha tajriba yetarli emasligi sababli bunday kombinatsiya tavsiya etilmaydi. Kombinatsiyani qo'llash zarurati isbotlansa, zardobdagi litiy darajasini diqqat bilan monitoring qilish tavsiya etiladi.
Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy qo'shimchalari, tarkibida kaliy bo'lgan tuz o'rnini bosuvchilar yoki kaliy darajasini oshirishi mumkin bo'lgan boshqa preparatlar
Agar valsartan bilan birga kaliy darajasiga ta'sir qiluvchi dori vositasini qabul qilish zarur bo'lsa, plazmadagi kaliy darajasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Bir vaqtda qo'llashda ogohlantirish
Nesteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYaQP), shu jumladan selektiv COX-2 ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi > 3 g / sut), va neselektiv NYaQP
Angiotenzin II antagonistlari bilan birga NYaQP qabul qilinganda antigipertenziv ta'sirning susayishi mumkin. Bundan tashqari, angiotenzin II antagonistlari va NYaQP birga qabul qilinganda buyrak funksiyasi va zardobdagi kaliy darajasining yomonlashuvi mumkin. Shuning uchun davolash boshida buyrak funksiyasini nazorat qilish va bemorni yetarli suyuqlik bilan ta'minlash tavsiya etiladi.
Transportyorlar
In vitro tadqiqotlar natijalariga ko'ra, valsartan jigar transportyorlari OATP1B1 / OATP1B3 va jigar chiqaruvchi transportyor MRP2 uchun substrat hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlarning klinik ahamiyati noma'lum. Transportyorlarni ingibitorlari (masalan, rifampitsin, siklosporin) yoki chiqaruvchi transportyor (masalan, ritonavir) bilan birga qo'llash valsartanning tizimli ekspozitsiyasini oshirishi mumkin. Ushbu dori vositalarini birga yoki to'xtatib qo'llashda tegishli choralar ko'rish lozim.
Boshqalar
Valsartanning quyidagi moddalar bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan: tsimetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenolol, indometatsin, gidroxlorotiazid, amlodipin, glibenklamid.