Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
siydik-tosh va o‘t-tosh kasalligining turli shakllari;
o‘tkir va surunkali pielonefritlar (buyrak kasalligi);
xolesistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi);
xolangio gepatit (jigar va o‘t yo‘llari birga yallig‘lanishi) va o‘t yo‘llari diskineziyasi (harakatchanlik buzilishi).
O‘tkir va surunkali siydik yo‘llari va buyrak infeksiyalari (tsistit, pielonefrit); siydik-tosh kasalligi, o‘t-tosh kasalligi, surunkali xolesistit, o‘t yo‘llari giperkineetik tipdagi diskineziyasi kompleks davolashda.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; Laktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi; Giperasidli gastrit, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi; Buyrak toshlarining diametri 3 mm dan oshadi;
Qo'llash usuli
Preparat ovqatdan oldin, og'iz orqali, 1 kapsuladan 3 marta kuniga qo'llaniladi.
Buyrak va jigar kolikalari yuzaga kelganda bir martalik dozani bir marta 2 kapsulagacha oshirish mumkin, keyingi qabulda esa odatdagi bir martalik doza (1 kapsula) ga qaytiladi. Kapsulalarni chaynashsiz, oz miqdorda suv bilan ichish kerak.
O'tkir holatlarda (shu jumladan, buyrak va jigar kolikalarida) davolash kursining davomiyligi 5 kundan 7 kungacha, surunkali holatlarda – 1 oygacha. Davolash davomiyligini oshirish va takroriy davolash kursini o'tkazish faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
Yengil bosh aylanishi, qayt qilish mumkin. Bunday holatda ko'p issiq ichimlik va dam olish tavsiya etiladi.
Oshqozon-ichak tizimidan: dispeptik hodisalar (qayt qilish, qusish, diareya);
Allergik reaktsiyalar: qichishish, yuzning qizarishi, teri toshmasi, angionevrotik shish (tomoqda qichishish, nafas olishda qiyinchilik, yuz, til shishi);
Markaziy va periferik nerv tizimidan: bosh aylanishi, umumiy zaiflik;
Yurak-qon tomir tizimidan: arterial bosimning oshishi/pasayishi.
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalashgan o‘simlik kelib chiqishli preparat. Urolesan® preparatining tarkibiy qismlari siydik chiqarish yo‘llari va buyraklardagi yallig‘lanish hodisalarini kamaytiradi, buyrak va jigar qon ta’minotini kuchaytiradi, diuretik, antibakterial, o‘t haydovchi ta’sir ko‘rsatadi, siydikda himoya kolloid hosil qiladi va yuqori siydik chiqarish yo‘llari hamda o‘t pufagining silliq mushaklari tonusini normallashtiradi.
Urolesan® siydikda karbamid va xloridlar ajralishini oshiradi, siydik pufagi va buyraklardan mayda toshlar va qum chiqishiga yordam beradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar toshlarning diametri 3 mm dan oshsa, preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Preparatni qo‘llash shifokor fikriga ko‘ra, onaga kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lsa, mumkin.
Bolalar
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Urolesan® sirop yoki suyuqlik shaklida buyurilishi kerak.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
O‘rganilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda quyidagilar bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!