Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Faol moddalari: archa yog'i - 0,419 g, yalpiz moyi - 0,105 g, yovvoyi sabzi mevasi suyuq ekstrakti (1:1) - 1,204 g, xmel shoxchalari suyuq ekstrakti (1:1) - 1,726 g, do'shitsa o'simligi suyuq ekstrakti (1:1) - 1,195 g.
Yordamchi moddalari: polisorbat-80; limon kislotasi, monogidrat; sorbin kislotasi; shakar siropi; dinatriy edetat; tozalangan suv.
Qo'llanilishi
O‘tkir va surunkali siydik yo‘llari va buyrak infeksiyalari (tsistit va pielonefritlar); siydik-tosh kasalligi va siydik kislotali diatez (konkrematlar olib tashlangandan keyin ularning hosil bo‘lishini oldini olish); surunkali xolesistitlar (shu jumladan kalkulezli), o‘t yo‘llari diskineziyasi, o‘t-tosh kasalligi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; – gastritlar, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi. Dori vositalari o'zaro ta'siri O'rganilmagan. Preparat 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Qo'llash usuli
Preparat ovqatdan oldin og'iz orqali qabul qilinadi.
Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – 1 choy qoshiq (5 ml) sirop 3 marta kuniga. O'tkir holatlarda (shu jumladan, buyrak va jigar kolikalarida) davolash kursining davomiyligi 5 kundan 7 kungacha, surunkali holatlarda – 7 kundan 1 oygacha. Buyrak va jigar kolikalari yuzaga kelganda bir martalik dozani bir marta 2 choy qoshiq (10 ml) gacha oshirish mumkin, keyingi qabulda esa odatdagi bir martalik doza (5 ml) ga qaytiladi.
Bolalar uchun tavsiya etilgan doza: 1-2 yosh – 1-2 ml 3 marta kuniga; 2-7 yosh – 2-4 ml 3 marta kuniga; 7-14 yosh – 4-5 ml 3 marta kuniga.
Nojo´ya ta´sirlar
Odatda Urolesan yaxshi o'tkaziladi. Dori qo'llanilganda mumkin
–oshqozon-ichak tizimidan dispeptik hodisalar (qayt qilish, qusish);
–allergik reaktsiyalar qichishish, yuzning qizarishi, teri toshmasi, angionevrotik shish (tomoqda qichishish, nafas olishda qiyinchilik, yuz, til shishi);
–markaziy va periferik nerv tizimidan bosh aylanishi, umumiy zaiflik;
–yurak-qon tomir tizimidan arterial gipertoniya, gipotoniya.
Farmakologik xususiyatlari
O'simlik kelib chiqishli kombinatsiyalangan preparat. Urolesan preparati tarkibiy qismlari siydik chiqarish yo'llari va buyraklardagi yallig'lanish hodisalarini kamaytiradi, buyrak va jigar qon ta'minotini kuchaytirishga yordam beradi, diuretik, antibakterial, o‘t haydovchi ta'sir ko'rsatadi, siydikda himoya kolloid hosil qiladi va yuqori siydik chiqarish yo'llari va o't pufagining silliq mushaklari tonusini normallashtiradi.
Urolesan siydikda karbamid va xloridlar ajralishini oshiradi, siydik pufagi va buyraklardan mayda toshlar va qum chiqishiga yordam beradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar toshlarning diametri 3 mm dan oshsa, preparatni qo'llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar, shuningdek, qonda glyukoza miqdori yuqori bo'lgan bemorlar Urolesan preparatini ehtiyotkorlik bilan qo'llashlari kerak (preparat tarkibida shakar siropi mavjud).
Dozani oshirib yuborilishi
Dozalashdan oshib ketganda quyidagilar bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!