Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Ulcavis 120 mg № 56
Ulcavis 120 mg № 56
Ishlab chiqaruvchi: KRKA
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    4 yoshdan

Mavjud
62 532 so'm 77 200 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari ulcavis 120 mg № 56
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    120 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    56 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar - 1 tabletkada faol modda: vismut trikaliy ditsitrat - 303,03 mg (vismut oksidiga ekvivalent 120 mg); yordamchi moddalari: makkajo'xori kraxmali — 72,17 mg; povidon K30 — 18 mg; polikrilin kaliy — 23,8 mg; makrogol 6000 — 6 mg; magniy stearat — 2 mg; plenka qobiq: Opadry II shaffof (polivinil spirti — 4,505 mg, makrogol 4000 — 2,295 mg; talk — 1,7 mg) — 8,5 mg; titan dioksid (E171) — 1,5 mg. Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 120 mg. 14 ta tabletkadan kombinasiyalangan materialdan (OPA/Al/PVX) va alyuminiy folgadan tayyorlangan blistrda. 2, 4 va 8 blistr (har bir blistrda 14 ta tabletkadan) karton qutiga joylanadi.
  • Qo'llanilishi
    oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi zo‘rayish bosqichida, jumladan, Helicobacter pylori bilan bog‘liq; surunkali gastrit va gastroduodenit zo‘rayish bosqichida, jumladan, Helicobacter pylori bilan bog‘liq; asosan diareya simptomlari bilan kechuvchi ichakning irritatsion sindromi; OVJ organik kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan funksional dispepsiya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparatga individual toqat qilmaslik; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam); homiladorlik; emizish davri; 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali, ovqatdan 30 daqiqa oldin, oz miqdorda suv bilan. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga Ul’kavis preparati 1 tabletka 4 marta sutkada, ovqatdan 30 daqiqa oldin va kechasi yoki 2 tabletka 2 marta sutkada buyuriladi. 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Ul’kavis preparati 1 tabletka 2 marta sutkada; 4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa tana vazniga qarab 8 mg/kg/sutka dozada, 1–2 tabletka/sutka (mos ravishda, 1–2 marta sutkada) buyuriladi. Bunda sutkalik doza hisoblangan dozaga (8 mg/kg/sutka) eng yaqin bo‘lishi kerak. Davolash kursining davomiyligi 4–8 hafta. Keyingi 8 hafta davomida vismut saqlovchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas. Helicobacter pylori ni eradikatsiya qilish uchun Ul’kavis preparatini boshqa antihelikobakter faollikka ega antibakterial vositalar bilan birga qo‘llash maqsadga muvofiq (shifokor tavsiyasiga ko‘ra).
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishining ko‘payishi, qabziyat paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlar sog‘liq uchun xavfli emas va vaqtinchalik xarakterga ega. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, teri qichishishi. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganda, markaziy asab tizimida vismut to‘planishi bilan bog‘liq ensefalopatiya rivojlanishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Helicobacter pylori ga nisbatan bakterisid faollikka ega bo‘lgan yara kasalligiga qarshi vosita. Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi va bog‘lovchi ta’sirga ega. Oshqozonning kislotali muhitida erimaydigan vismut oksixlorid va sitrat cho‘kadi, oqsilli substrat bilan xelat birikmalar hosil bo‘lib, yara va eroziya yuzasida himoya plyonkasi shakllanadi. PGE sintezini, shilliq hosil bo‘lishini va gidrokarbonat sekretsiyasini oshirib, tsitoprotektor mexanizmlarining faolligini rag‘batlantiradi, OVJ shilliq qavatining pepsin, xlorid kislotasi, fermentlar va o‘t kislotasi tuzlari ta’siriga chidamliligini oshiradi. Nuqson sohasida epidermal o‘sish omilining to‘planishiga olib keladi. Pepsin faolligini pasaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Ul’kavis® preparatini 8 haftadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Shuningdek, davolash davomida kattalar va bolalar uchun belgilangan sutkalik dozalardan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi. Ul’kavis® preparati bilan davolash davrida boshqa vismut saqlovchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas. Ul’kavis® preparati bilan kursli davolash tugagandan so‘ng tavsiya etilgan dozalarda faol moddaning qon plazmasidagi konsentratsiyasi 3-58 mkg/l dan oshmaydi, intoksikatsiya esa faqat qon plazmasida konsentratsiya 100 mkg/l dan yuqori bo‘lganda kuzatiladi. Ul’kavis® preparatini qo‘llashda vismut sulfidining hosil bo‘lishi natijasida najasning to‘q rangga bo‘yalishi mumkin. Ba’zan tilning biroz qorayishi kuzatiladi. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Ul’kavis® preparatining transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sardor
    ico ico ico ico ico
    Прекрасное средство. Эффективно помогает. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество. Быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico