Qo'llash usuli
Tsefotasim mushak ichiga va vena ichiga qo‘llaniladi.
Mushak ichiga yuborish uchun 0,25 yoki 0,5 g preparat 2 ml (mos ravishda 1 g 4 ml) steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Kattalab dumba mushagiga chuqur yuboriladi. Mushak ichiga yuborishda erituvchi sifatida 1% lidokain ham ishlatiladi (0,5 g uchun 2 ml, 1 g uchun 4 ml).
Vena ichiga yuborish uchun 0,5 - 1 g tsefotaksim 4 ml (2 g - 10 ml) steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi. 3-5 daqiqa davomida sekin yuboriladi.
Tomchilab yuborish uchun (50-60 daqiqa davomida) 2 g preparat 100 ml izotonik natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasida eritiladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun tsefotaksimning odatdagi doza - har 12 soatda 1 g. Og‘ir holatlarda doza kuniga 3 yoki 4 g gacha oshiriladi, preparat 3 yoki 4 marta 1 g dan yuboriladi. Kasallik og‘irligiga qarab maksimal sutkalik doza 12 g gacha oshirilishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun odatdagi doza: tana vazniga 50-100 mg/kg kuniga, yuborish oralig‘i 6 dan 12 soatgacha.
Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar uchun sutkalik doza 50 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Buyrak funksiyasi buzilganda doza kamaytiriladi. Kreatinin klirensi 10 ml/min va undan kam bo‘lsa, preparatning sutkalik doza ikki baravar kamaytiriladi.