Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari tummikol eritmasi 120 ml
Ovqat hazm qilish buzilishlarida bolalar va kattalarda qoʻllaniladi: diareya, qusish, meteorizm, qabziyat.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentiga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
2 haftadan 4 haftagacha: har to'rt soatda 1/2 choy qoshiq (2,5 ml) eritma;
1 oydan 6 oygacha: har to'rt soatda 1 choy qoshiq (5 ml) eritma;
6 oylik va undan katta: har to'rt soatda 2 choy qoshiq (10 ml);
Kattalarga har to'rt soatda 20 ml yoki shifokor ko'rsatmasiga binoan.
Ishlatishdan oldin chayqatilsin!
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalarga muvofiq nojo'ya ta'sirlar haqida xabarlar kelib tushmagan.
Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!