Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Tsomexon-Zommer 250mg/4ml №5 in'ektsiya uchun eritma
Tsomexon-Zommer 250mg/4ml №5 in'ektsiya uchun eritma
Ishlab chiqaruvchi: Samrudh Pharmaceuticals Pvt.Lt
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
234 414 so'm 289 400 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari tsomexon-zommer 250mg/4ml №5 in'ektsiya uchun eritma
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Ampulalar
  • Dozalash
    250 mg / 4 ml
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml preparat tarkibida faol modda: tsitikolin natriy, tsitikolinga ekvivalent - 250 mg yordamchi moddalari: natriy metabisulfit, dinatriy EDTA, in'ektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    - Ishemik insultning o‘tkir davri (kompleks terapiya tarkibida); - ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri; - bosh miya jarohati, o‘tkir (kompleks terapiya tarkibida) va tiklanish davri; - bosh miya degenerativ va tomir kasalliklarida kognitiv va xulq-atvor buzilishlari.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - vagotoniya (vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi tonusining ustunligi); - 1B yoshgacha bo‘lgan bolalar
  • Qo'llash usuli
    Vena ichiga preparat sekin in'ektsiya shaklida (3-5 daqiqa davomida, buyurilgan doza bo‘yicha) yoki tomchilab yuborish (40-60 tomchi daqiqada) tarzida yuboriladi. Vena ichiga yuborish mushak ichiga yuborishga nisbatan afzalroq. Mushak ichiga yuborishda Tsomekson-Tsommer preparatini bir joyga qayta yuborishdan saqlanish kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo‘ya ta’sirlar juda kam uchraydi (<1/10000), alohida hollarda. Allergik reaksiyalar; toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, falajlangan a'zolarda uvishish, parasimpatik tizimga stimulyatsion ta’sir. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ishtahaning pasayishi, jigar fermentlari faolligining o‘zgarishi. Boshqalar: issiqlik hissi, qisqa muddatli arterial bosim o‘zgarishi, shishlar, nafas qisilishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Tsiticolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilma komponentlarining (asosan fosfolipidlar) oldingi moddasidir, keng ta'sir doirasiga ega: zararlangan hujayra membranalarini tiklashga yordam beradi, fosfolipazalar ta'sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallar ortiqcha hosil bo'lishining oldini oladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, hujayra o'limining oldini oladi. Insultning o'tkir davrida tsiticolin bosh miya to'qimalarining zararlanish hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Bosh miya jarohatida posttravmatik komaning davomiyligini va nevrologik simptomlarning og'irligini kamaytiradi, bundan tashqari, tsiticolin tiklanish davrining davomiyligini qisqartirishga yordam beradi. Bosh miyaning surunkali gipoksiyasida tsiticolin kognitiv buzilishlarni, masalan, xotira yomonlashuvi, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni davolashda samaralidir. Diqqat va ong darajasini oshiradi, shuningdek, amneziya namoyonlarini kamaytiradi. Tsiticolin degenerativ va tomir etiologiyali sezgir va harakat nevrologik buzilishlarni davolashda samaralidir. Farmakokinetika So‘rilish Tsiticolin tomir ichiga va mushak ichiga yuborilganda yaxshi so‘riladi. Metabolizm Jigarda xolin va tsitidin hosil bo‘lishi bilan metabolizatsiyalanadi. Parenteral yuborilgandan so‘ng, plazmadagi xolin konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Taqsimlanish Tsiticolin bosh miya tuzilmalarida sezilarli darajada taqsimlanadi, xolin fraksiyalari tezda strukturaviy fosfolipidlar tarkibiga, tsitidin fraksiyalari esa tsitidin nukleotidlari va nuklein kislotalarga kiradi. Tsiticolin bosh miyaga kiradi va faol ravishda hujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga qo‘shiladi, strukturaviy fosfolipidlar fraksiyasining bir qismini tashkil qiladi. Chiqarilish Kiritilgan tsiticolin dozasining atigi 15% odam organizmidan chiqariladi: <3% buyraklar orqali va taxminan 12% nafas chiqarish orqali SO2 ko‘rinishida. Tsiticolinning siydik bilan chiqarilishida 2 fazani ajratish mumkin; birinchi faza, taxminan 36 soat davom etadi, bu davrda chiqarilish tezligi tezda kamayadi, va ikkinchi faza, bu davrda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. Xuddi shunday holat nafas chiqariladigan SO2 bilan ham kuzatiladi – chiqarilish tezligi taxminan 15 soatdan so‘ng tezda kamayadi, so‘ngra ancha sekinroq kamayadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Tsiticolin levodopa effektlarini kuchaytiradi. Tsomekson-Tommer preparatini meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Ts o m e kson -Ts o m m e r ni bir vaqtda gemostatik vositalar, bosh ichki gipertenziya vositalari va oddiy perfuzion suyuqliklar bilan qo‘llash mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Bosh miya jarohatlarida bosh ichki bosimini pasaytirish uchun bunday dori vositalari, masalan, maniy gol va kortikosteroid vositalar buyurilishi kerak. Bosh ichki qon quyilishida tsitikolin dozasi bir martalik qo‘llashda 500 mg dan oshmasligi kerak, bu holda doza bo‘lib-bo‘lib (100-200 mg 2-3 marta sutkada) berilishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Homiladorlikda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yetarli emas. Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda salbiy ta’sir aniqlanmagan bo‘lsa-da, homiladorlikda preparat faqat onaga kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa buyuriladi. Agar laktatsiya davrida Tsomekson-Tsommer preparatini qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki tsitikolinning ona suti bilan ajralishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Tsitikolinning past toksikligi sababli dozani oshirib yuborish holatlari tavsiflanmagan.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Цомексон-Цоммер оказался эффективным и качественным. Спасибо за оперативность в обслуживании!
    06 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка от Oxymed. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico