Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo‘rayish bosqichida;
Ovqat hazm qilish yo‘llaridan qon ketishi {shu jumladan anamnezda);
Jigar va/yoki buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, podagra;
Gemorragik diatezlar, gipokoagulyatsiya;
Ko‘p qon yo‘qotilishi bilan kechuvchi jarrohlik aralashuvlari;
Homiladorlik (I va III trimestr), laktatsiya davri;
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
Glaukoma;
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atsetilsalitsil kislotasiga toqat qilmaslik, atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish bilan bog‘liq bronxial astma, burun polipozi;
Bola yoshi (15 yoshgacha - virusli kasalliklar fonida gipertermiya bo‘lgan bolalarda Rey sindromi rivojlanish xavfi);
Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishlari;
Yurak-qon tomir tizimining organik kasalliklari (shu jumladan o‘tkir miokard infarkti, ateroskleroz);
Arterial gipertenziya;
Portal gipertenziya;
Avitaminoz K.
Extiyotkorlik bilan
Buyrak yetishmovchiligi yengil va o‘rtacha darajada, transaminazlar darajasi oshgan jigar yetishmovchiligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi, alkogolli jigar shikastlanishi), alkogolizm, epilepsiya va tutqanoq xurujlariga moyillik, keksalik yoshi, podagra.