-
Qo'llanilishi
Yengil va o'rtacha og'riq sindromi (turli kelib chiqishli):
- bosh og'rig'i;
- migren;
- tish og'rig'i;
- nevralgiya;
- mialgiya;
- artralgiyalar;
- algodismenoreya.
Isitma sindromi:
- O'RVIda;
- grippda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- gipersensitivlik;
- me’da-ichak yo‘llarining eroziyali-yarali shikastlanishlari (kuchayish bosqichida);
- me’da-ichak qon ketishi;
- "aspirin" astmasi;
- gemofiliya;
- gemorragik diatez;
- gipoprotrombinemiya;
- portal gipertenziya;
- K vitamini yetishmovchiligi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- homiladorlik (I va III trimestrlar);
- laktatsiya davri (emizikli davr);
- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
- yaqqol arterial gipertenziya;
- yurak ishemik kasalligining og‘ir kechishi;
- glaukoma;
- oshgan qo‘zg‘aluvchanlik;
- uyqu buzilishlari;
- qon ketish bilan kechuvchi jarrohlik aralashuvlar;
- bolalar yoshi (15 yoshgacha - virusli kasalliklar fonida gipertermiya bo‘lgan bolalarda Rey sindromi rivojlanish xavfi).
Ehtiyotkorlik bilan: podagra, jigar kasalliklari.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali (ovqat paytida yoki ovqatdan keyin) har 4 soatda 1 tabletka, og'riq sindromida - 1-2 tabletka; o'rtacha sutkalik doza - 3-4 tabletka, maksimal sutkalik doza - 8 tabletka. Davolash kursi - 7-10 kundan ko'p emas.
Preparatni analgezik vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq (shifokor tayinlovi va nazoratisiz) qabul qilish tavsiya etilmaydi. Boshqa dozalash va qo'llash sxemalari shifokor tomonidan belgilanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish, gepatotoksiklik, nefrotoksiklik, eroziyali-yarali OVKT shikastlanishlari, allergik reaksiyalar (jumladan, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi), taxikardiya, arterial bosimning oshishi, bronxospazm.
Uzoq muddatli qo'llanganda - bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rish buzilishlari, quloqda shovqin, trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi, gipokoagulyatsiya, gemorragik sindrom (burundan qon ketishi, milklarning qonashi, purpura va boshqalar), buyrak shikastlanishi papillyar nekroz bilan; karsoqlik; bolalarda Rey sindromi (giperpireksiya, metabolik atsidoz, asab tizimi va psixika tomonidan buzilishlar, qusish, jigar funksiyasining buzilishi).
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Atsetilsalisil kislotasi isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, ayniqsa yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq og‘riqni kamaytiradi, shuningdek, trombotsitlar agregatsiyasini va tromb hosil bo‘lishini mo‘tadil darajada susaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Kofein orqa miya reflektor qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas olish va tomir harakat markazlarini qo‘zg‘atadi, skelet mushaklari, miya, yurak, buyrak qon tomirlarini kengaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi; uyquchanlikni, charchoq hissini kamaytiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Ushbu kombinatsiyada kofein kichik dozalarda deyarli markaziy asab tizimiga stimulyatsion ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq miya tomirlarining tonusini normallashtirishga va qon oqimini tezlashtirishga yordam beradi.
Paratsetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va juda kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, bu uning gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta’siri va periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sintezini inhibe qilish qobiliyatining zaif ifodalanganligi bilan bog‘liq.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bolalarga atsetilsalisil kislotasini o'z ichiga olgan dori vositalarini buyurish mumkin emas, chunki virusli infeksiya holatida ular Rey sindromi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Rey sindromining simptomlari uzoq davom etuvchi qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashuvi hisoblanadi.
Preparatni uzoq muddat qo'llashda periferik qon va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Atsetilsalisil kislotasi qon ivishini sekinlashtirganligi sababli, agar bemorga jarrohlik aralashuvi kutilayotgan bo'lsa, u shifokorni preparatni qabul qilayotgani haqida oldindan ogohlantirishi kerak.
Salisilatlar yoki ularning hosilalariga, atsetilsalisil kislotasiga yuqori sezuvchanlik yoki astmoid reaksiyalarga ega bo'lgan bemorlarga preparat faqat maxsus ehtiyot choralariga rioya qilgan holda (tez tibbiy yordam sharoitida) buyurilishi mumkin.
Atsetilsalisil kislotasi past dozalarda siydik kislotasining chiqarilishini kamaytiradi. Mos moyillikka ega bo'lgan bemorlarda bu ba'zi hollarda podagra xurujini qo'zg'atishi mumkin.
Davolanish vaqtida etanol iste'mol qilishdan voz kechish kerak (oshqozon-ichak qon ketishi xavfi oshadi).
Atsetilsalisil kislotasi teratogen ta'sirga ega; homiladorlikning I trimestrida qo'llanganda rivojlanish nuqsoni - yuqori tanglayning yoriqlanishiga olib keladi; III trimestrda - tug'ruq faoliyatining susayishiga (prostaglandinlar sintezining inhibatsiyasi), homilada arterial kanalning yopilishiga, bu esa o'pka tomirlarining gipertrofiyasi va kichik qon aylanish doirasida gipertenziyaga olib keladi.
Emizikli ayollarda sut bilan ajraladi, bu esa trombotsitlar funksiyasi buzilishi natijasida bolada qon ketish xavfini oshiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar (atsetilsalisil kislotasi bilan bog'liq): yengil intoksikatsiyalarda - ko'ngil aynishi, qusish, gastralgiya, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin; og'ir intoksikatsiya - tormozlanish, uyquchanlik, kollaps, tutqanoq, bronxospazm, nafas olishda qiyinchilik, anuriya, qon ketishlar. Dastlab o'pkaning markaziy giperventilyatsiyasi nafas olish alkaloziga olib keladi (nafas qisishi, bo'g'ilish, sianoz, terlash). Intoksikatsiya kuchayishi bilan nafas olish falajining progresivlashuvi va oksidlovchi fosforillanishning uzilishi respirator atsidozga olib keladi.
Davolash: kislota-ishqor muvozanati va elektrolit balansini doimiy nazorat qilish; moddalar almashinuvi holatiga qarab natriy gidrokarbonat, natriy sitrat yoki natriy laktat kiritish. Oshib borayotgan zaxira ishqorligi atsetilsalisil kislotasining chiqarilishini siydikni ishqoriylashtirish hisobiga kuchaytiradi.