Maxsus ko'rsatmalar
Asetilsalisil kislotasi qonni ivish tezligini sekinlashtiradi. Agar bemorga jarrohlik aralashuvi rejalashtirilgan bo‘lsa, shifokorni preparat qabul qilinayotgani haqida ogohlantirish kerak.
Preparat uzoq muddat qo‘llanilganda periferik qon va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Salisil kislotasi va uning hosilalariga, jumladan asetilsalisil kislotasiga yuqori sezuvchanlik yoki astmoid reaksiyalarga ega bemorlarga preparat faqat maxsus ehtiyot choralariga rioya qilgan holda (tez yordam xizmati sharoitida) buyurilishi mumkin.
Moch kislotasi to‘planishiga moyil bemorlarda preparat qabul qilinishi podagra xurujini qo‘zg‘atishi mumkin.
Qabul qilish davrida alkogol iste'mol qilishdan tiyilish kerak (oshqozon-ichak qon ketishi va jigar toksik shikastlanishi xavfi oshadi).
Asetilsalisil kislotasi teratogen ta'sirga ega; I trimestrda qo‘llanilganda rivojlanish nuqsoni - yuqori tanglayning yoriqlanishiga olib keladi; III trimestrda - tug‘ruq faoliyatining susayishiga (Pg sintezining inhibitsiyasi), homilada arterial kanalning yopilishiga, bu esa o‘pka tomirlarining gipertrofiyasi va kichik qon aylanish doirasida gipertenziyaga olib keladi. Ona suti bilan ajraladi, bu esa trombotsitlar funksiyasi buzilishi natijasida bolada qon ketish xavfini oshiradi.
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga asetilsalisil kislotasi saqlovchi dori vositalarini buyurish mumkin emas, chunki virusli infeksiya holatida ular Rey sindromi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Rey sindromi simptomlari uzoq davom etuvchi qusish, o‘tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi hisoblanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik (I va III trimestrlar) va emizish davrida preparat qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning II trimestrida preparatni ehtiyotkorlik bilan, ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun potensial xavfni solishtirgan holda qo‘llash kerak.
Dori vositasining transport vositalarini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi mashina va mexanizmlarni boshqarishga ta'siri haqida ma'lumot yo‘q.