-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud
Faol moddalari
Asetilsalisil kislotasi – 0,24 g.
Paratsetamol – 0,18 g.
Kofein – 0,03 g.
Yordamchi moddalari - kakao, kartoshka kraxmali, limon kislotasi, talk, kalsiy stearati, tibbiy jelatin, mikrokristallik tsellyuloza, o‘rtacha molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon 35000±5000 (povidon).
-
Qo'llanilishi
Yengil va o‘rtacha og‘riq sindromi (turli kelib chiqishli) bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodisminoreya. O‘tkir respirator kasalliklar (ORK), grippda isitma sindromi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
• Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi zo‘rayish bosqichida;
• Ovqat hazm qilish yo‘llaridan qon ketishi {shu jumladan anamnezda);
• Jigar va/yoki buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlari, podagra;
• Gemorragik diatezlar, gipokoagulyatsiya;
• Ko‘p qon ketish bilan kechadigan jarrohlik aralashuvlar;
• Homiladorlik (I va III trimestr), laktatsiya davri;
• Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
• Glaukoma;
• Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atsetilsalitsil kislotasiga toqat qilmaslik, atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish bilan chaqirilgan bronxial astma, burun polipozi;
• Bolalar yoshi (15 yoshgacha - virusli kasalliklar fonida gipertermiya bilan bo‘lgan bolalarda Rey sindromi rivojlanish xavfi);
• Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishlari;
• Yurak-qon tomir tizimining organik kasalliklari (shu jumladan o‘tkir miokard infarkti, ateroskleroz);
• Arterial gipertenziya;
• Portal gipertenziya;
• K vitamini yetishmovchiligi.
Ehtiyotkorlik bilan
Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi, transaminazlar darajasining oshishi bilan kechadigan jigar yetishmovchiligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi, alkogolli jigar shikastlanishi), alkogolizm, epilepsiya va tutqanoq xurujlariga moyillik, keksalik yoshi, podagra.
-
Qo'llash usuli
Preparatni analjezik dori vositasi sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi sifatida 3 kundan ortiq (shifokor tayinlovi va nazoratisiz) qabul qilmaslik kerak.
Og‘iz orqali (ovqat paytida yoki ovqatdan keyin), har 4 soatda 1 tabletka, og‘riq sindromida 1-2 tabletka; o‘rtacha sutkalik doza - 3-4 tabletka, maksimal sutkalik doza - 8 tabletka.
Davolash kursi - 3-5 kundan oshmasligi kerak.
Oshqozon-ichak traktiga ta'sirini kamaytirish uchun tabletkani sut yoki ishqoriy mineral suv bilan ichish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Asetilsalisil kislotasi, paratsetamol, kafeinga xos bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi, me’da-ichak trakti va o‘n ikki barmoqli ichakning eroziya-yarali shikastlanishlari, me’da-ichak qon ketishlari, allergik reaksiyalar, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (jumladan, Stiven-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimning oshishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Atsetilsalitsil kislotasi isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, ayniqsa yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq og‘riqni kamaytiradi, shuningdek, trombotsitlar agregatsiyasi va tromb hosil bo‘lishini mo‘tadil darajada susaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Kofein orqa miya reflektor qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas olish va tomir harakat markazlarini qo‘zg‘atadi, skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyrak qon tomirlarini kengaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi; uyquchanlikni, charchoq hissini kamaytiradi. Ushbu kombinatsiyada kofein kichik dozalarda deyarli asab tizimiga stimulyatsion ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq miya tomirlarining tonusini regulyatsiya qilishga yordam beradi.
Paratsetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, bu uning gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta’siri va periferik to‘qimalarda prostaglandinlar (Pg) sintezini inhibe qilish qobiliyatining kuchsiz ifodalanganligi bilan bog‘liq.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Reyye sindromi rivojlanishining yuqori xavfi tufayli buyurmaslik kerak. Reyye sindromi uzoq davom etuvchi qusish, o‘tkir ensefalopatiya, jigar kattalashuvi bilan namoyon bo‘ladi. Atsetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi. Agar bemorga jarrohlik aralashuvi rejalashtirilgan bo‘lsa, preparat qabul qilinayotgani haqida shifokorni oldindan ogohlantirish kerak. Siydik kislotasi to‘planishiga moyil bemorlarda preparat qabul qilinishi podagra xurujini qo‘zg‘atishi mumkin. Qabul qilish davrida alkogol iste'mol qilishdan tiyilish kerak (oshqozon-ichak qon ketishi va jigar toksik shikastlanishi xavfi oshadi). Atsetilsalitsil kislotasi homiladorlikning I trimestrida qo‘llanilganda teratogen ta'sirga ega; III trimestrda - tug‘ruq faoliyatini sekinlashtiradi. Ona suti bilan ajraladi, shuning uchun laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bosh aylanishi yoki uyquchanlik kabi nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, ushbu faoliyat turlaridan tiyilish va bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan doza va qo‘llash davomiyligini oshirmaslik kerak!
Belgilari
- yengil intoksikatsiyada ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqda shovqin;
- og‘ir intoksikatsiyada sustlik, uyquchanlik, kollaps, tutqanoq, nafas olishning qiyinlashuvi, anuriya, qon ketishlar.
Davolash: oshqozonni faollashtirilgan ko‘mir yordamida yuvish, simptomatik terapiya, moddalar almashinuvi holatiga qarab - natriy gidrokarbonat, natriy sitrat yoki natriy laktat kiritish, bu atsetilsalitsil kislotasining chiqarilishini siydikni ishqoriylashtirish hisobiga kuchaytiradi.