-
Tarkibi
Bitta tabletkada quyidagilar mavjud: faol moddalardan: atsetilsalisil kislotasi – 220 mg, paratsetamol – 200 mg, kafein – 27 mg, yordamchi moddalardan: kakao kukuni, limon kislotasi monogidrat, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.
-
Qo'llanilishi
Tsitramon-Borimed kattalarga o‘tkir bosh og‘rig‘ini davolash uchun ko‘rsatilgan.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
atsetilsalisil kislotasiga (aspirin), paratsetamol, kafein yoki «Tarkibi» bo‘limida ko‘rsatilgan yordamchi moddalardan biror biriga yuqori sezuvchanlik;
Atsetilsalisil kislotasi (aspirin) yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, masalan, diklofenak yoki ibuprofen, astma xurujlari, toshma yoki o‘tkir rinit rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bemorlar;
oshqozon yoki ichak yarasi zo‘rayishi, me’da-ichak qon ketishi yoki perforatsiyasi, shuningdek, anamnezida oshqozon yarasi bo‘lgan bemorlar;
gemofiliya yoki boshqa gemorragik kasalliklar;
og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
og‘ir yurak yetishmovchiligi;
haftasiga 15 mg dan ortiq metotreksat qabul qilish (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limi);
homiladorlikning oxirgi uch oyligi (qarang «Ehtiyot choralari» bo‘limi).
-
Qo'llash usuli
Kattalar
Oddiy tavsiya etilgan doza - 1 tabletka; qo‘shimcha tabletkani qabul qilish mumkin, qabul qilishlar orasidagi interval 4 dan 6 soatgacha bo‘lishi kerak. Juda kuchli og‘riq bo‘lsa, zarurat tug‘ilganda yana 2 tabletka qabul qilish mumkin, doza qabul qilishlar orasidagi interval 4 dan 6 soatgacha bo‘lishi kerak.
Tsitramon-Borimed davriy foydalanish uchun mo‘ljallangan, bosh og‘rig‘ida uni 4 kungacha qabul qilish mumkin.
Bosh og‘rig‘ida dori vositasini qabul qilish cheklanishi kerak – 24 soat davomida 6 tabletkadan ko‘p emas. Dori vositasini uzoqroq muddat davomida yoki yuqoriroq dozada shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan ishlatish mumkin emas.
Har bir doza to‘liq bir stakan suv bilan ichilishi kerak.
Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha)
Tsitramon-Borimedning bolalar va o‘smirlardagi xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan. Shuning uchun dori vositasini bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi (qarang «Ehtiyot choralari» bo‘limi).
Qariyalar
Umumiy tibbiy tavsiyalarga asoslanib, dori vositasini qariyalar, ayniqsa tana vazni past bo‘lgan qariyalar qabul qilganda ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak.
Jigar va buyrak yetishmovchiligi
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligining Tsitramon-Borimed farmakokinetikasiga ta’siri baholanmagan. Asetilsalitsil kislotasi (aspirin) va paratsetamolning ta’sir mexanizmi tufayli buyrak yoki jigar yetishmovchiligi kuchayishi mumkin. Shuning uchun Tsitramon-Borimed og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga kontrendikatsiya qilingan (qarang «Kontrendikatsiyalar» bo‘limi). Yengil yoki o‘rtacha jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi nojo‘ya reaksiyalarning ko‘plari doza bog‘liq va bir odamdan boshqasiga farq qiladi.
Nojo‘ya reaksiyalar quyida organ tizimlariga, shuningdek, uchrash tezligiga muvofiq keltirilgan. Quyidagi prinsiplardan foydalaniladi: juda tez-tez (?1/10), tez-tez (? 1/100 dan <1/100), kamdan-kam (? 1/10000 dan <1/1000), juda kamdan-kam (<1/10000), alohida xabarlarni va noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi) o‘z ichiga oladi.
Infeksiyalar va invaziyalar: kamdan-kam - faringit.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: noma’lum - gipersensitivlik, anafilaktik reaksiyalar, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (juda kamdan-kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishi haqida xabar berilgan).
Modda almashinuvi va ovqatlanish buzilishlari: kamdan-kam - ishtahaning pasayishi.
Psixika tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – asabiylik; tez-tez – uyqusizlik; kamdan-kam - xavotir, eyforiya, taranglik; noma’lum - qo‘zg‘algan holat.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – bosh aylanishi; tez-tez - tremor, paresteziya, bosh og‘rig‘i; kamdan-kam - disgevziya, diqqatning buzilishi, amneziya, muvofiqlashtirishning buzilishi, gipereziya, yondosh burun bo‘shlig‘ida bosh og‘rig‘i; noma’lum - migren, uyquchanlik.
Ko‘rish organlari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam - ko‘z og‘rig‘i, ko‘rishning buzilishi.
Eshitish va muvozanat organlari tomonidan buzilishlar: tez-tez – quloqda shovqin.
Yurak tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – aritmiya; noma’lum – yurak urishining tezlashishi.
Tomir tizimi tomonidan buzilishlar: kamdan-kam - giperemiya, periferik tomirlar tomonidan buzilishlar; noma’lum – gipotenziya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasidagi buzilishlar: kamdan-kam - burundan qon ketishi, gipoventilyatsiya, rinoreya; noma’lum - nafas qisilishi, astma.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - ko‘ngil aynishi, qorin sohasida noqulaylik; tez-tez - og‘iz qurishi, diareya, qusish; kamdan-kam - qayoq, meteorizm, disfagiya, og‘izda paresteziya, so‘lakning gipersekresiyasi; noma’lum - qorin yuqori sohasida og‘riq, dispepsiya, qorin og‘rig‘i, me’da-ichak qon ketishlari (shu jumladan yuqori me’da-ichak qon ketishi, me’da qon ketishi, qon ketuvchi me’da yarasi, qon ketuvchi ichak yarasi, to‘g‘ri ichakdan qon ketishi), me’da-ichak yarasi (shu jumladan me’da yarasi, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, yo‘g‘on ichak yarasi, yarali kasallik).
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar: noma’lum - jigar yetishmovchiligi, jigar fermentlarining oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam - gipergidroz, qichishish, toshma.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: kamdan-kam - skelet-mushak qattiqligi, bo‘ynida og‘riq, orqa og‘rig‘i, mushak spazmlari.
Umumiy kasalliklar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez - charchoq, bezovtalik hissi; kamdan-kam - asteniya, ko‘krakda noqulaylik; noma’lum - eritema, toshma, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, holsizlik, noodatiy hislar.
Alohida moddalarning nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi yoki nojo‘ya ta’sirlar spektri kengayishi haqidagi ma’lumotlar, agar preparatning qat’iy kombinatsiyasi ko‘rsatmaga muvofiq qo‘llanilsa, mavjud emas.
Asetilsalitsil kislotasini qabul qilgandan so‘ng qon ketish xavfining oshishi 4-8 kun davomida saqlanishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda og‘ir qon ketish (masalan, miya ichiga qon quyilishi) rivojlanishi mumkin, ayniqsa gipertenziya bo‘lgan, davolanmayotgan va/yoki antikoagulyantlar bilan birga davolanayotgan bemorlarda. Ayrim hollarda o‘lim yuz berishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Atsetilsalisil kislotasi og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, birinchi navbatda prostaglandinlar va tromboksanlarning araxidon kislotasidan biosintezini siklooksigenaza (SOG) fermentini qaytmas asetillash yo‘li bilan ingibitsiyalash natijasida yuzaga keladi.
Paratsetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi xususiyatlarga ega, biroq atsetilsalisil kislotasidan farqli ravishda trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiyalash xususiyatiga ega emas.
Kofeinning qo‘shilishi atsetilsalisil kislotasi va paratsetamolning antinotsitseptiv effektlarini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Umumiy: Tsitramon-Borimedni tarkibida atsetilsalitsil kislotasi yoki paratsetamol bo‘lgan dori vositalari bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Migren xurujlarining 20 % dan ko‘proq hollarda qusish kuzatiladigan yoki migren xurujlarining 50 % dan ko‘proq hollarda to‘shakda yotish zarur bo‘lgan bemorlar Tsitramon-Borimedni ishlatmasliklari kerak. Agar bemorda Tsitramon-Borimedning dastlabki ikki tabletkasini qabul qilgandan so‘ng migren yengillashmasa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Har qanday turdagi bosh og‘rig‘i uchun og‘riq qoldiruvchi vositalarni uzoq muddat qo‘llash holatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Agar bunday holat yuzaga kelsa yoki kutilsa, tibbiy maslahat olish va davolashni to‘xtatish zarur. Dori vositalarini haddan tashqari ko‘p ishlatish natijasida yuzaga keladigan bosh og‘rig‘i tashxisi, surunkali bosh og‘rig‘i (oyiga 15 kun va undan ko‘p) bo‘lgan va bosh og‘rig‘iga qarshi dori vositalarini 3 oydan ortiq muddat davomida haddan tashqari ko‘p ishlatgan bemorlarda gumon qilinishi kerak. Shu sababli, Tsitramon-Borimedni bir oyda 10 kundan ortiq va 3 oydan ko‘p muddat davomida ishlatish mumkin emas. Suvsizlanish xavfi bo‘lgan bemorlarda (masalan, kasallik, diareya, jiddiy operatsiyadan oldin yoki keyin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tsitramon-Borimed farmakodinamik xususiyatlari tufayli infeksiya belgi va simptomlarini yashirishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasi mavjudligi sababli: Tsitramon-Borimedni podagra, buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan, degidratatsiya, nazorat qilinmaydigan gipertenziya va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tsitramon-Borimedni og‘ir glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza (G6FD) yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki atsetilsalitsil kislotasi gemoliz yoki gemolitik anemiyani chaqirishi mumkin. Gemoliz rivojlanish xavfini oshiruvchi omillar, masalan, yuqori doza, isitma yoki o‘tkir infeksiyalar hisoblanadi. Tsitramon-Borimed atsetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiyalovchi ta’siri tufayli jarrohlik amaliyotlari (shu jumladan kichik amaliyotlar, masalan, tish olib tashlash) vaqtida va undan keyin qon ketish xavfini oshirishi mumkin, bu ta’sir bir necha kun davom etadi. Tsitramon-Borimedni antikoagulyantlar yoki trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiyalovchi boshqa dori vositalari bilan shifokor nazoratisiz birga qabul qilish mumkin emas (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limi). Gemostaz buzilishi bo‘lgan bemorlarning holatini diqqat bilan kuzatish kerak. Metrorragiyalar yoki menorraagiyalar bo‘lsa, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tsitramon-Borimedni qabul qilayotgan bemorlarda me’da-ichak qon ketishi yoki me’da-ichak yarasi paydo bo‘lsa, dori vositasini darhol to‘xtatish kerak. Me’da-ichak qon ketishi, yara yoki perforatsiya, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, barcha YOKV (ya’ni nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar) qabul qilinganda qayd etilgan. Ular davolashning istalgan bosqichida, simptomlar bilan yoki ularsiz, yoki me’da-ichak kasalliklari anamnezida bo‘lsa ham yuzaga kelishi mumkin. Odatda, bunday holatlar keksa bemorlarda og‘irroq kechadi. Me’da-ichak qon ketishi rivojlanish xavfi spirtli ichimliklar, kortikosteroidlar va YOKV bilan oshishi mumkin (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limi). Tsitramon-Borimed bronxospazm va astma zo‘rayishini (shuningdek, analgetiklar intoleransiyasi deb ataladi) yoki boshqa gipersensitivlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari: bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burun poliplari, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi yoki surunkali nafas yo‘llari infeksiyasi (ayniqsa, agar u allergik rinitga o‘xshash simptomlar bilan kechsa). Bu boshqa moddalar uchun allergik reaksiyalari (masalan, teri reaksiyalari, qichishish, toshma) bo‘lgan bemorlarga ham taalluqlidir. Bunday bemorlar uchun maxsus ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi (tez tibbiy yordamga tayyor bo‘lish). Tsitramon-Borimedni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmasa, buyurmaslik kerak, chunki atsetilsalitsil kislotasi va Reyye sindromi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Reyye sindromi – juda kam uchraydigan, miya va jigarni zararlaydigan va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik. Atsetilsalitsil kislotasi qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish natijalariga ta’sir qilishi mumkin, chunki levotiroksin (T4) yoki triyodtironin (T3) konsentratsiyasining soxta past ko‘rsatkichlarini beradi (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limi). Paratsetamol mavjudligi sababli: Tsitramon-Borimedni buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan yoki alkogolga qaramligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Paratsetamol toksikligi xavfi boshqa potentsial gepatotoksik dori vositalari yoki jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalarini (masalan, rifampitsin, izoniazid, xloramfenikol, uyqu dorilari va antiepileptik vositalar, jumladan fenobarbital, fenitoin va karbamazepin) qabul qilayotgan bemorlarda oshishi mumkin. O‘tmishda spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilgan bemorlar jigar zararlanishi xavfi ostida bo‘ladi (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limi). Bemorlarni, paratsetamol saqlovchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish mumkin emasligi, chunki dozani oshirib yuborish natijasida jigar og‘ir zararlanishi xavfi borligi haqida ogohlantirish kerak (qarang «Dozani oshirib yuborish» bo‘limi). Ushbu dori vositasini qabul qilish davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak, chunki spirtli ichimliklarni paratsetamol bilan birga qabul qilish jigar zararlanishiga olib kelishi mumkin (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri» bo‘limi). Paratsetamolni alkogolga qaramligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Kofein mavjudligi sababli: Tsitramon-Borimedni podagra, gipertireoz va aritmiya bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Tsitramon-Borimedni qabul qilayotgan bemorlar kofein saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilishni cheklashlari kerak, chunki ortiqcha kofein asabiylik, jizzakilik, uyqusizlik va ba’zan yurak urishining tezlashishiga olib kelishi mumkin. Sut bilan ajraladi, bu esa trombotsitlar funksiyasi buzilishi natijasida bolada qon ketish xavfini oshiradi. Laktatsiya davrida Tsitramon-Borimedni qo‘llash zarur bo‘lsa, davolash davomida bolani emizishdan to‘xtatish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Asetilsalisil kislotasi bilan dozani oshirib yuborish
Belgilar
Salitsilatlar bilan yengil intoksikatsiya belgilari bosh aylanishi, quloqda shovqin, karlik, terlash, ko‘ngil aynishi va qusish, bosh og‘rig‘i va ongning chalkashligi kiradi. Ular plazmadagi konsentratsiya 150 mkg/ml dan 300 mkg/ml gacha bo‘lganda paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu belgilar dozaning kamaytirilishi yoki davolashni to‘xtatish orqali nazorat qilinishi mumkin.
Yanada jiddiy intoksikatsiya plazmadagi konsentratsiya 300 mkg/ml dan yuqori bo‘lganda yuz beradi. Og‘ir intoksikatsiya belgilari giperventilyatsiya, isitma, bezovtalik, ketoz, respirator alkaloz va metabolik atsidozni o‘z ichiga oladi. Markaziy asab tizimi susayishi koma holatiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, yurak-qon tomir kollapsi va nafas yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Davolash
Bemorni darhol shifoxonaga yetkazish kerak.
Agar bemor so‘nggi bir soat ichida 120 mg/kg dan ortiq salitsilatlarni qabul qilganiga shubha bo‘lsa, og‘iz orqali faollashtirilgan ko‘mirning takroriy dozalarini kiritish kerak.
Plazmadagi konsentratsiyalarni 120 mg/kg dan ortiq salitsilatlarni qabul qilgan bemorlarda o‘lchash kerak, garchi zaharlanish og‘irligini faqat ular asosida aniqlab bo‘lmaydi. Klinik va biokimyoviy xususiyatlarni hisobga olish kerak.
Plazmadagi konsentratsiya 500 mkg/ml dan (5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 350 mkg/ml) oshganda natriy bikarbonatning tomir ichiga yuborilishi samarali hisoblanadi.
Gemodializ yoki gemoperfuziya plazmadagi salitsilatlar konsentratsiyasi 700 mkg/ml dan yuqori bo‘lsa yoki bolalar va keksalarda undan past bo‘lsa, shuningdek, og‘ir metabolik atsidozda dozani oshirib yuborishni davolashning afzal usullari hisoblanadi.
Paratsetamol bilan dozani oshirib yuborish
Belgilar
Dozani oshirib yuborish (> 10 g umuman kattalar uchun yoki > 150 mg/kg bir marta qabul qilishda) jigar sitolizini keltirib chiqarishi mumkin, bu to‘liq va qaytarilmas nekrozga (jigar yetishmovchiligi, metabolik atsidoz, buyrak yetishmovchiligi) va oxir-oqibat komaga va ehtimol o‘limga olib kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda buyrak kanalikulyar nekrozi rivojlanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborishning erta belgilari (ko‘pincha ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, oqarish, letargiya va terlash) odatda dastlabki 24 soat ichida rivojlanadi.
Qorin og‘rig‘i jigar shikastlanishining birinchi belgisi bo‘lishi mumkin, odatda dastlabki 24-48 soat ichida namoyon bo‘lmaydi va dozani oshirib yuborishdan 4-6 kun o‘tib paydo bo‘lishi mumkin. Jigar shikastlanishi odatda dozani oshirib yuborishdan 72-96 soat o‘tib maksimal darajaga yetadi. Glyukoza almashinuvi buzilishi va metabolik atsidoz yuzaga kelishi mumkin. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi va o‘tkir kanalikulyar nekroz jigar jiddiy shikastlanmasdan ham rivojlanishi mumkin. Yurak aritmiyalari va pankreatit rivojlanishi holatlari qayd etilgan.
Karbamazepin, fenitoin, fenobarbital, rifampitsin va zveroboy kabi fermentlarni induktsiya qiluvchi dori vositalarini qabul qilayotgan bemorlar yoki ilgari spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilgan yoki ovqatlanish buzilishi bo‘lgan bemorlar yuqori xavf guruhiga kiradi.
Davolash
Agar bemor so‘nggi bir soat ichida 150 mg/kg dan ortiq paratsetamol qabul qilganiga shubha bo‘lsa, og‘iz orqali faollashtirilgan ko‘mirning takroriy dozalarini kiritish kerak. Biroq, agar asetilsistein yoki metionin og‘iz orqali kiritilishi kerak bo‘lsa, antidotning so‘rilishini kamaytirishni oldini olish uchun ko‘mirni oshqozondan chiqarib tashlash ma’qul.
Antidotlar
N-asetilsisteinni dozani oshirib yuborish holatidan so‘ng imkon qadar tezroq tomir ichiga yoki og‘iz orqali kiritish kerak – u dastlabki 8 soat ichida eng samarali hisoblanadi. Keyinchalik antidot samaradorligi asta-sekin kamayadi. Shunga qaramay, dozani oshirib yuborishdan 24 soat oldin va keyin davolash ham samarali bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Metionin paratsetamol bilan dozani oshirib yuborishdan so‘ng dastlabki 10 soat ichida eng samarali hisoblanadi. Agar metionin bilan davolash dozani oshirib yuborishdan 10 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgach boshlansa, jigar shikastlanishi ko‘proq va og‘irroq bo‘ladi. Og‘iz orqali so‘rilish qusish yoki faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish natijasida kamayishi mumkin.
Kofein bilan dozani oshirib yuborish
Belgilar
Umumiy belgilar bezovtalik, asabiylik, xavotir, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, mushaklarning qaltirashi, ongning chalkashligi va tutqanoqni o‘z ichiga oladi. Kofein bilan katta dozada oshirib yuborishda giperglikemiya ham rivojlanishi mumkin. Yurak tomonidan belgilar – taxikardiya va yurak aritmiyasi.
Davolash
Dozani kamaytirish, kofein qabul qilishni to‘xtatish.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo'llanganda metotreksat, valproevaya kislota, barbiturat preparatlari, narkotik analgetiklar, peroral qandli diabetga qarshi preparatlar, sulfanilamid vositalar, ko-trimoksazol, triyodtironin, digoksin toksikligini kuchaytiradi.
Kombinatsiyalangan og'iz orqali kontratseptivlar, fenitoin, spirtli ichimliklar, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar preparat tarkibiga kiruvchi paratsetamolning gepatotoksik ta'siri xavfini oshiradi.
Makrolid antibiotiklar (klaritromitsin, eritromitsin), interferon preparatlari va zamburug'larga qarshi vositalar (ketokonazol, flukonazol) preparat komponentlarining metabolizmini sekinlashtiradi va ularning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi.
Noposredstven antikoagulyantlar, trombotsit agregatsiyasi ingibitorlari, trombolitik vositalar bilan birga qo'llanganda qon ketish xavfini oshiradi.
APF ingibitorlari, ilgak va kaliy tejovchi diuretiklar guruhiga kiruvchi gipotenziya vositalari ta'sirini susaytiradi.
Glyukokortikosteroidlar preparat komponentlarining me'da shilliq qavatiga toksik ta'sirini kuchaytiradi, atsetilsalisil kislotaning qon plazmasidagi konsentratsiyasini kamaytiradi.
b2-adrenomimetiklar (salmetarol, salbutamol, fenoterol) yuqori dozalarda birga qo'llanganda gipokaliemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Teofillin, aminofillin bilan birga qo'llanganda ularning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshadi va intoksikatsiya xavfi ortadi.
Plazmada litiy ionlari konsentratsiyasini oshiradi.
Urikozurik vositalar ta'sirini susaytiradi.
Spirtli ichimliklarning me'da-ichak trakti shilliq qavatiga toksik ta'sirini kuchaytiradi.