Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og'rig'i, meteorizm, anoreksiya, xolestatik sariqlik (ayniqsa, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda), gepatit, gepatonekroz. Markaziy asab tizimi va periferik asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, charchoqlik, xavotir, tremor, uyqusizlik, "daxshatli" tushlar, periferik paralgeziya (og'riq hissiyotining anomaliyasi), terlash, bosh ichki bosimining oshishi, xavotir, ongning chalkashligi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, psixotik reaksiyalar namoyon bo'lishi (ba'zan bemor o'ziga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatlarga o'tadi), migren, hushdan ketish, miya arteriyalarining trombozi. Sezgi organlari tomonidan: ta'm va hid bilish buzilishi, ko'rish buzilishi (diplopiya, ranglarni idrok etishning o'zgarishi), quloqda shovqin, eshitishning pasayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmi buzilishi, arterial bosimning pasayishi, yuz terisiga qon quyilishi. Qon yaratuvchi tizim tomonidan: leyopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykozitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya. Laborator ko'rsatkichlar tomonidan: gipoprothrombinemiya, jigar transaminazalari va SHF faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (asosan ishqoriy siydik va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydik tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlari, gematuriya, buyraklarning azot chiqarish funksiyasining pasayishi, interstitsial nefrit. Mushak-tayoq tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning yorilishi, mialgiya. Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, toshma, qon ketish bilan kechuvchi pufakchalar, qobiq hosil qiluvchi papulalar, isitma, nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki halqum shishi, nafas qisilishi, eozinofiliya, yuqori yorug'lik sezuvchanligi, vaskulit, tugunli eritema, ekssudativ ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda og'riq va kuydiruvchi hissiyot, flebit. Boshqalar: umumiy holsizlik, superinfeksiyalar (kandidoz, soxta parda koliti).